Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi  ( 1069653 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 ... 63 B


AbdulAziz  03 Avgust 2008, 09:52:25



26. Fir'avn dedi: "Menga qo'yib beringlar, Musoni o'ldiray. (Qani) u Parvardigoriga duo qilsin-chi (unga najot berarmikan)! Men (Muso) sizlarning diningizni o'zgartirib yuborishidan yoki yer yuzida buzg'unchilikni avj oldirishidan qo'rqmoqdaman".

27. Muso aytdi: "Men Rabbim va Rabbingiz (bo'lmish Alloh)dan Hisob kuniga imon keltirmaydigan barcha mutakabbirlarning yomonligidan panoh berishini so'rayman.

28. (Shunda) Fir'avn zodagonlaridan bo'lgan, o'zining imonini yashirib yuradigan bir mo’min kishi dedi: "Bir kishini, "Mening Rabbim Allohdir", - degani uchun o'ldirasizlarmi?! Holbuki, u sizlarga Rabbingiz tomonidan hujjatlarni keltirgandir. Agar u yolg'onchi bo'lsa, yolg'oni o'ziga! Bordiyu rostgo'y bo'lsa, (u holda) sizlarga u va'da qilayotgan (azoblardan) ayrimlari yetib qoladi-ku! Albatta, Alloh haddan oshuvchi va yolg'onchi kimsalarni hidoyat qilmas.

29. Ey, qavmim, bugun-ku hukmronlik sizlarniki, (shu) yerda g'olibsizlar. Endi, agar bizlarga Allohning azobi kelsa, kim bizlarga yordam berur?!" Fir'avn aytdi: "Men sizlarga faqat o'zim ra'y qilayotgan narsani (Musoni o'ldirishni) ko'rsatayapman va men sizlarni faqat To'g'ri yo'lga yetaklayman".

30. Imon keltirgan kishi dedi: "Ey, qavmim, men sizlarning ustingizga ham xuddi (o'tgan) firqalar kuni (tushib qolishi)dan qo'rqaman.

31. (Ular) Nuh qavmi, Od, Samud (qabilalari) va ulardan keyingi (kufr yo'lini tutgan) kimsalarning ishi kabidir. Holbuki, Alloh bandalari uchun zulm qilishni istamas.

32. Ey, qavmim, haqiqatan, men sizlarga nidolashuv kunidan (Qiyomat kunidan) qo'rqaman.

33. U Kunda sizlar yuz o'girib qochursizlar, (ammo) sizlar uchun Alloh (azobi)dan saqlovchi bo'lmas. Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas, uning uchun biror hidoyat qiluvchi bo'lmas.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Avgust 2008, 09:53:48



34. Darvoqe, ilgari Yusuf sizlarga (ajdodlaringizga) hujjatlarni keltirganida ham, sizlarga keltirgan narsalarga shak(-shubha)da qattiq turib olgan edingizlar. To qachonki, u halok bo'lganida esa: "(Endi, Yusufdan) so'ng Alloh sira payg'ambar yubormas", - dedingizlar. Haddan oshuvchi va shak keltiruvchi kimsalarni Alloh mana shunday yo'ldan ozdirib qo'yar.

35. Allohning oyatlari haqida o'zlariga kelgan (biror) hujjatsiz tortishadigan kimsalar Alloh nazdida ham, imon keltirgan zotlar nazdida ham katta nafratga duchor bo'lurlar. Alloh har bir mutakabbir va zo'ravonning qalbini mana shunday muhrlab qo'yar.

36. Fir'avn aytdi: "Ey, Homon, men uchun bir (baland) minora qurgin, shoyadki men (uning ustiga chiqib) yo'llarga yetsam,

37. osmonlarning yo'llariga. (Zora) Musoning ilohini ko'rsam, darhaqiqat, men uni yolg'onchi deb gumon qilmoqdaman". Fir'avnga o'zining yomon amali mana shunday chiroyli ko'rsatildi va u (To'g'ri) yo'ldan to'sildi. Fir'avnning barcha makri, albatta, halokatdadir.

38. Imon keltirgan kishi dedi: "Ey, qavmim, menga ergashinglar, men sizlarni To'g'ri yo'lga yetaklayman.

39. Ey, qavmim, bu dunyo hayoti faqat bir (arzimas) matodir. Albatta, oxiratgina (mangu) barqarorlik diyoridir.

40. Kimki biror yomonlik qilsa, unga (oxiratda o'sha yomonligi) barobaridagina jazo berilur. Erkakmi, ayolmi - kimki mo’minlik holida biror yaxshilik qilsa, aynan o'shalar jannatga doxil bo'lurlar. U joyda ularga behisob rizq berilur.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Avgust 2008, 09:54:59



41. Ey, qavmim, nega men sizlarni najotga (jannatga) chorlasam, sizlar meni do'zaxga chorlamoqdasizlar?!

42. Sizlar meni Allohga kofir bo'lishga va o'zim bilmaydigan narsalarni Unga sherik qilishga chaqirmoqdasizlar. Men esa, sizlarni qudratli va o'ta mag'firatli zotga chorlamoqdaman.

43. Shubha yo'qki, albatta, sizlar meni (ibodat qilishga) chaqirayotgan narsalaringiz na dunyoda va na oxiratda (hech kimni) da'vat qila olmas. Albatta, (barchamizning) Allohga qaytishimiz bordir. Darhaqiqat, haddan oshuvchilar - o'shalargina do'zax ahlidirlar.

44. Hali men sizlarga aytayotgan so'zlarni eslaysizlar. Men o'z ishimni Allohga topshirurman. Zero, Alloh bandalarini ko'rib turuvchidir".

45. Bas, Alloh u (imon keltirgan kishi)ni ularning yomon makrlaridan saqladi va Fir'avn zodagonlarini yomon azob o'rab oldi.

46. (U azob qabrdagi bir) olovdirki, ular ertayu kech unga toblanurlar. Qiyomat qoyim bo'ladigan kunda esa, (do'zax farishtalariga): "Fir'avn zodagonlarini eng qattiq azobga kiritinglar" (deyilur).

47. O'shanda ular do'zaxda o'zaro tortishib, zaiflar mutakabbirlarga (sobiq yo'lboshchilariga): "Bizlar sizlarga ergashgan edik, endi sizlar bizlardan do'zax (azobi)ning biror bo'lagini daf qila olurmisizlar?" - derlar.

48. Mutakabbir kimsalar ayturlar: "Bizlarning barchamiz, shubhasiz, unda (do'zaxda)dirmiz. Alloh bandalari o'rtasida O'z hukmini chiqarib bo'ldi".

49. (Shunda) do'zaxdagi kimsalar jahannam qo'riqchilariga: "Parvardigoringizga duo qilinglar, bizlardan biror kun azobni yengillatsin", deganlarida,

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Avgust 2008, 09:55:50



50. ular ayturlar: "Axir, sizlarga payg'ambarlaringiz hujjatlar keltirmaganmidilar?!" "Ha, (lekin ularni yolg'onchi qilgan edik)" - deydilar. (Shunda farishtalar ularga) ayturlar: "U holda duo qilaveringlar. (Lekin) kofirlarning duolari, albatta, zoyedir".

51. Albatta, Biz payg'ambarlarimizga va imon keltirgan zotlarga dunyo hayotida ham, guvohlar (hozir bo'lib) turadigan kunda (qiyomatda) ham yordam berurmiz.

52. U kunda zolim (kofir)larga uzrlari foyda bermas. Ularga la'nat bo'lur va ularga eng yomon joy (do'zax) bo'lur.

53. Biz Musoga hidoyat ato etdik va Isroil avlodiga meros qilib,

54. aqlli kishilarga hidoyat va eslatma bo'lmish Kitob (Tavrot)ni bergan edik.

55. Bas, (ey, Muhammad,) sabr qiling! Zero, Allohning va'dasi haqdir va gunohingizga mag'firat so'rang hamda tunu kun Rabbingiz hamdi bilan tasbeh ayting!

56. Albatta, Allohning oyatlari haqida o'zlariga kelgan biror hujjatsiz tortishadigan kimsalar, aniqki, ularning dillarida shunday kibr bordirki, ular o'shanga yetuvchi emasdirlar. Bas, Siz Allohdan panoh so'rang. Albatta, Uning O'zigina eshituvchi va ko'rib turuvchidir.

57. Albatta, osmonlar va Yerni yaratish insonlarni yaratishdan kattaroq (ish)dir. Lekin, ko'p odamlar (buni) bilmaydilar.

58. Ko'r bilan ko'ruvchi va imon keltirib, solih amallarni qilganlar bilan yomonlik qiluvchi kimsa barobar bo'lmas. Eslatmani esa, kamdan kam olursizlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Avgust 2008, 09:56:44



59. Albatta, qiyomat keluvchidir, u haqda shubha yo'qdir. Lekin, ko'p odamlar (unga) imon keltirmaslar.

60. Parvardigoringiz: "Menga duo qilinglar, Men sizlarga (duolaringizni) mustajob qilay", - dedi. Albatta, Menga ibodat qilishdan kibr qilgan kimsalar yaqinda tuban holatda jahannamga kirurlar.

61. Alloh sizlarga orom olishingiz uchun kechani va (kasb va sayr qilishingiz uchun) yorug' kunduzni yaratib qo'ygan zotdir. Albatta, Alloh odamlarga nisbatan fazl sohibidir. Lekin odamlarning ko'plari shukr qilmaydilar.

62. Mana shu Alloh - Parvardigoringizdir. (U) barcha narsaning yaratuvchisidir. Undan o'zga iloh yo'qdir. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?!

63. Allohning oyatlarini inkor etuvchi kimsalar mana shunday burilib keturlar.

64. Alloh sizlar uchun Yerni qarorgoh, osmonni tom qilib qo'ygan va sizlarga surat(shakl) berib, suratlaringizni go'zal qilgan hamda sizlarni pok narsalardan rizqlantirgan zotdir. Mana shu Alloh - Parvardigoringizdir. Bas, (barcha) olamlarning Parvardigori bo'lmish Alloh barakotlidir.

65. U tirikdir. Undan o'zga iloh yo'qdir. Bas, (ey, mo’minlar,) sizlar (Allohga) dinni unga xolis qilgan holingizda duo (ibodat) qilingiz! Hamd (barcha) olamlarning Rabbi Allohga (xos)dir.

66. (Ey, Muhammad,) ayting: "Men o'zimga Rabbim (tomoni)dan hujjatlar kelgan paytda, sizlar Allohni qo'yib duo qilayotgan narsalaringga ibodat qilishdan man etilganman va (barcha) olamlarning Rabbiga bo'yin sunishga buyurilganman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Avgust 2008, 09:57:44



67. U sizlarni (Odamni) tuproqdan, so'ngra (avlodlarini) nutfadan, so'ngra laxta qondan yaratgan zotdir. So'ngra U sizlarni (ona qornidan) chaqaloq holingizda (dunyoga) chiqarur. So'ngra (U) sizlarni voyaga yetishingizga, so'ngra qarishingizga (qo'yib berur). Sizlarning orangizda (balog'at yoki keksalik yoshidan) ilgari vafot topadigan kishilar ham bo'lur. (U) sizlarni belgilangan ajalga yetishingizga (qo'yib berur). Shoyadki, aql yurgizsangizlar.

68. U tiriltiradigan va o'ldiradigan zotdir. Bas, qachon biror ishni hukm qilsa, unga faqat: "Bo'l!" - der, xolos. Bas, u (ish) bo'lur.

69. Allohning oyatlari haqida tortishadigan kimsalarni ko'rmadingizmi? Qayoqqa burilib ketmoqdalar?!

70. Kitob (Qur'on)ni va Biz payg'ambarlarimiz bilan yuborgan narsalarni (Kitoblarni) yolg'on degan kimsalar yaqinda (qiyomat Kunida) bilajaklar.

71. O'shanda ular bo'yinlarida kishan va zanjirlar bilan sudralurlar

72. qaynoq suv ichiga. So'ngra olovda yondirilurlar.

73. So'ngra ularga aytilur: "Sizlar shirk keltirib o'tgan narsalaring qani,

74. Allohni qo'yib?" Ular: "U (but)lar biz(ning ko'zimiz)dan g'oyib bo'lib qolishdi. Yo'q-yo'q, bizlar ilgari (dunyoda) hech narsaga duo (ibodat) qilgan emasmiz", - deydilar. Alloh kofirlarni shu tarzda yo'ldan ozdirur.

75. Mana shu azobga (yo'liqishlaringiz)ga sabab - sizlar yerda nohaq shodu xurram bo'lganlaringiz va kibr-havo qilganlaringizdir.

76. Jahannam davrozalaridan u joyda mangu qoluvchi bo'lgan hollaringizda kiringiz! Bas, mutakabbirlarning joyi naqadar yomondir!

77. Bas, (ey, Muhammad,) sabr qiling. Zero, Allohning va'dasi haqdir! Bas, agar Biz Sizga o'sha (kofirlar)ga va'da qilayotgan (azob)dan ayrimlarini ko'rsatsak ham yoki Sizni (azob tushishidan oldinroq) vafot etdirsak ham, bas, faqat O'zimizga qaytarilurlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Avgust 2008, 09:58:41



78. Biz Sizdan oldin (ko'p) payg'ambarlarni yuborgandirmiz. Ulardan Biz Sizga qissasini aytganimiz ham bor, yana ulardan Biz Sizga qissasini aytmaganimiz ham bordir. Biror payg'ambarga Allohning iznisiz biror mo''jiza keltirish joiz emas. Bas, qachonki, Allohning amri kelgach, haqqoniy hukm qilinur va o'shanda buzg'unchilar ziyon ko'rgaylar.

79. Alloh sizlar uchun hayvonlardan ba'zilarini minishlaringiz uchun va ba'zilarini yeyishlaringiz uchun paydo qildi.

80. Sizlarga ulardan (ko'p) foydalar bordir. (U hayvonlar) sizlar ularning ustida dillaringizdagi hojatlaringizga yetishlaringiz uchun ham (yaratilgandirlar). Sizlarni (quruqlikda) o'sha (hayvon)lar ustida va (dengizlarda) esa kemalarda eltib qo'yilur.

81. (Alloh) sizlarga O'z alomatlarini ko'rsatur. Bas, sizlar Allohning qaysi alomatlarini inkor qilursizlar?!

82. Axir, ular yer yuzida sayr qilishib, o'zlaridan avvalgi kimsalarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'rsalar bo'lmaydimi?! Ular ko'proq hamda kuch-quvvat va yerdagi osori atiqalari jihatidan ulardan zo'rroq edilar. (Ammo) ularga topgan narsalari asqotgani yo'q.

83. Chunki ularga payg'ambarlari hujjatlarni keltirganlarida ular o'zlarining oldilaridagi (dunyoviy) bilimlari bilan shodlandilar. Ularni o'zlari masxara qilib yurgan (azob) o'rab oldi.

84. Bas, qachonki, ular Bizning azobimizni ko'rishgach: "Yakka Allohga imon keltirdik va (ilgari Allohga) sherik qilib olgan narsa (but)larimizga kofir bo'ldik", - dedilar.

85. (Lekin) Bizning azobimizni ko'rgan vaqtdagi imonlari ularga foyda beruvchi bo'lmadi. (Bu) Allohning (barcha) bandalari haqida (joriy qilgan) yo'lidir. O'shanda kofirlar ziyon ko'rdilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Avgust 2008, 07:45:28



FUSSILAT SURASI

Fussilat so'zi suraning 3-oyatidan olingan bo'lib, mufassal bayon qilindi, degan ma'noni anglatadi. Surada dunyo hayotining foniyligi, oxiratdagi abadiy hayot uchun ezgu amallar qilish bilan unga tayyorgarlik ko'rishlikning muhimligi, bu dunyoda fosh etilmagan ma'siyat va gunohlar oxiratda unutilmasligi, balki inson a'zolarining o'zi qilgan qilmishlarini so'ylab berib, guvohlik berishlari kabi eslatma va nasihatlar, shuningdek, Allohning hikmat va qudratining buyukligi va boshqa narsalar to'g'risida bayon etiladi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Ho, Mim.

2. (Ushbu Qur'on) mehribon va rahmli Alloh tomonidan nozil qilingandir.

3. U biladigan qavm uchun arabiy Qur'on holida (nozil qilinib), oyatlari mufassal bayon qilingan Kitobdir.

4. (U) xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchidir. Bas, (kofirlarning) ko'plari yuz o'girdilar. Demak, ular "eshitmaslar".

5. Ular dedilar: "Dillarimiz sen bizlarni da'vat qilayotgan narsadan to'silgan, quloqlarimizda esa og'irlik (karlik) bordir va sen bilan bizlarning o'rtamizda (bir) parda bordir. Bas, Sen ham (o'z) amalingni qilaver, bizlar ham, albatta, amal qiluvchidirmiz".

6. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Haqiqatan, men ham xuddi sizlar kabi bir bashardirman. Menga "Tangringiz yolg'iz Alloh" deb vahiy qilinmoqda. Bas, sizlar Uning O'ziga to'g'ri (toat-ibodatda) bo'lingiz va Undan mag'firat so'rangiz! Mushriklarga esa halokat bo'lgay!"

7. (Ular) zakot bermaydigan va o'zlari oxiratga ishonmaydigan kimsalardir.

8. Albatta, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlar uchun bitmas-tuganmas mukofot bordir!

9. Ayting: "Haqiqatan ham sizlar Yerni ikki kunda yaratgan zotga kofir bo'lurmisizlar va o'zgalarni Unga tenglashtirurmisizlar?! Ana O'sha (barcha) olamlarning Parvardigori-ku?!

10. U (Yerning) ustida to'la to'rt kunda tog'larni (paydo) qildi va uni barakotli qildi hamda o'sha (yer)da uning yemishlarini belgiladi (taqsimladi). (Bu tafsilot) so'rovchilarga mosdir.


Izoh: Hadisda kelgan ma'lumotga qaraganda, Alloh taolo Yerni yakshanba va dushanba kunlari yaratgan. Tog'larni seshanba kuni, daraxtlar, suv, obodon va xarobalarni chorshanba kuni yaratgan. Shu bilan to'rt kun o'tgan. Juma kuni osmonlarni, shanba kuni esa yulduzlar, quyosh, oy, farishtalar va kunning oxirida Odam (a. s.)ni yaratgan. ("Madorik tafsiri" dan).

11. So'ngra tutun holatda bo'lgan osmonni (yaratishni) qasd etib, unga va Yerga: "(Farmonimga) ixtiyoriy yoki majburiy holda kelinglar!" - degan edi, ular: "O'z ixtiyorimiz bilan keldik", - dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Avgust 2008, 07:46:15



12. Bas, ikki kunda yetti osmonni barpo qildi va har bir osmonga (unga buyurilgan) ishni (vazifasi)ni vahiy qildi. Biz quyi osmonni chiroqlar (yulduzlar) bilan bezadik va (uni ofatlardan) saqladik. Bu qudratli va bilimli zotning taqdiri (o'lchovi)dir.

13. Bas, agar ular (Makka mushriklari) yuz o'girsalar, u holda ayting: "Men sizlarni xuddi Od va Samud (qabilalarini urgan) chaqmoqqa o'xshagan bir chaqmoq (halokat)dan ogohlantirdim".

14. O'shanda payg'ambarlari ularning oldilaridan ham, orqalaridan ham kelishib: "Faqat Allohgagina ibodat qilinglar" (deganlarida), ular: "Agar Rabbimiz (payg'ambar yuborishni) xohlaganida, albatta, farishtalarni nozil qilgan bo'lur edi. Bas, (sizlar odamzot ekansizlar,) sizlar elchi qilib yuborilgan dinga biz kofirdirmiz", - dedilar.

15. Bas, Od (qabilasi) yerda nohaq kibrlandilar va "Kuch-quvvatda bizlardan kim zo'rroq?" - dedilar. Axir, ular o'zlarini yaratgan Alloh kuch-quvvatda ulardan zo'rroq ekanini bilmadilarmi?! Ular Bizning oyatlarimizni inkor etuvchi bo'ldilar.

16. Bas, ularga (mana shu) dunyo hayotida xor qiluvchi azobni totdirib qo'yish uchun nahs kunlarda ustilariga bir dahshatli bo'ron yubordik. Oxirat azobi esa, shubhasiz, yanada xor qiluvchiroqdir va ularga yordam berilmas.


Izoh: Nahs kunlar - Shavvol oyi oxirining chorshanba kunidan kelasi chorshanba kunigacha. Shu hafta mobaynida bo'ron bo'lgan. Boshqa rivoyatda uch yil deyiladi.

17. Samud (qabilasi) esa, bas, ularni (to'g'ri yo'lga) hidoyat qilgan edik, ular hidoyatni qo'yib, ko'rlikni (zalolatni) ixtiyor qildilar. Bas, o'z qilmishlari sababli ularni xor etuvchi azob chaqmog'i urdi.

18. Imon keltirgan va taqvoli bo'lgan zotlarga najot berdik.

19. Allohning dushmanlari do'zaxga (haydalish uchun) to'planib, tizilib turadigan Kunni (eslang).

20. Bas, qachonki, ular (do'zaxga) kelishgach, ularning quloqlari, ko'zlari va terilari ular qilib o'tgan narsa (ish)lari haqida o'zlariga qarshi guvohlik berur.

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Avgust 2008, 07:47:13



21. Ular terilariga: "Nima uchun bizga qarshi guvohlik berdinglar?" - deyishganida, (terilari): "Bizlarni, barcha narsani so'zlatgan zot - Alloh so'zlatdi. Sizlarni ilk bor U yaratgan va sizlar yana Uning O'zigagina qaytarilmoqsizdalar", - deydilar.

22. Sizlar (dunyoda gunoh ishlarda) quloqlaringiz, ko'zlaringiz va terilaringiz sizlarga guvoh bo'lishidan yashirinmas edingizlar. Lekin sizlar qilayotgan amallaringizdan ko'pini Alloh bilmaydi, deb o'yladingizlar.

23. Rabbingiz haqida o'ylagan mana shu gumonlaringiz sizlarni halok qildi. Bas, sizlar ziyon ko'ruvchilarga aylanib qoldingizlar.

24. Endi, agar ular (azobga) chidasalar, ana o'sha do'zax joylaridir. Agar ortga qaytishni talab qilsalar, endi ular qaytariluvchilardan emaslar.

25. Biz ular uchun (yo'ldan ozdiradigan) "do'stlar" tayyorlab qo'ydik, bas, o'shalar ularga oldilaridagi va orqalaridagi (gunohlarini) chiroyli ko'rsatdilar va ularga ham, o'zlaridan avval o'tib halok bo'lgan insu jindan iborat ummatlar qatorida, So'z (azob) muqarrar bo'ldi. Haqiqatan, ular ziyon ko'rgan bo'ldilar.

26. Kofir bo'lgan kimsalar (bir-birlariga): "Muhammad tilovat qilayotgan vaqtda) sizlar bu Qur'onga quloq solmanglar va (uni chalg'itish uchun) javrayveringlar, (shunda) zora g'olib bo'lsangizlar!" - dedilar.

27. Bas, albatta, (o'sha) kofir bo'lgan kimsalarga qattiq azobni tottirurmiz va ularni o'z qilmishlari uchun eng yomon jazo bilan jazolaymiz.

28. Bu (azob) Alloh dushmanlarining jazosi bo'lmish do'zaxdir. Ular uchun oyatlarimizni inkor qiluvchi bo'lganlari sababli o'sha joyda mangu qolish bordir.

29. Kofir bo'lgan kimsalar deydilar: "Parvardigoro, bizlarni (To'g'ri yo'lingdan) ozdirgan insu jindan bo'lmish kimsalarni bizlarga ko'rsatgin, ularni oyoqosti qilaylik, toki ular (do'zaxning qa'ridagi) eng tuban (xor) kimsalardan bo'lsinlar".

Qayd etilgan