Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar  ( 191234 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


munisaxon  16 May 2010, 17:56:47

Hech narsa iliqmas sening qalbingdan
Hech narsa go'zalmas sening ko'zingdek
Hech narsa shirinmas sening so'zingdek
Hech narsa arzimas sening o'zingdek
sevaman deymanu sev deyolmaman
majburiy sevgini tan ololmayman
agar menda emas o'zgada bo'lsa ko'ngling
Baxtli bo'l deymanu unutolmayman !!!

Qayd etilgan


munisaxon  16 May 2010, 17:58:22

Seni dedim ko‘zlaringga qarolmadim,
Hatto sendan hol ahvoling so‘rolmadim,
Sog‘inib men yonginagga borolmadim,
Kechir meni, sevishimni aytolmadim.

Ko‘z yosh bilan yonginamga kelar eding,
Hol ahvolim so‘rab zimdan kular eding,
Sog‘inganim ko‘zlarimdan bilar eding,
Kechir meni sevishimni aytolmadim.

Menga bunday nigoh bilan boqma endi,
Dilginamga o‘t-olovlar yoqma endi,
Baxtsizman deb o‘z-o‘zingni so‘kma endi,
Kechir meni sevishimni aytolmadim.
Sevdim ammo yuragimda asrab keldim,
Qalblarimda, og‘ushimda saqlab keldim,
Ostonangga bordim ammo qaytib keldim,
Kechir meni sevishimni aytolmadim.

Qayd etilgan


munisaxon  16 May 2010, 17:58:57

Yolg‘izlikda qolsam nogahon,
Go‘yo dengiz uzra suzaman.
Mensiz yashay ololsangiz ham
Biling faqat sizni sevaman.

Qayd etilgan


Sadulla  10 Iyun 2010, 07:59:04

 :as:

Bir do’stim uch yildan beri bir litseyda o’qib yurgan qizni o’qish oxirlarda ko’rib qolib yaxshi ko’rib qolibdi.Ancha yurib dardini menga aytib qoldi.Hatto sevgi dardi zo’rlik qilib she’r ham yozibdi.Uning yozgan she’rini o’qib menda ham yoshlik xotiralari yodga tushib qo’lga qalam oldim.Natijada quyidagi she’r dunyoga keldi.


                                  O’n sakkiz yoshingda

Aylayin xitob senga dunyoi jannatin.
Olloh bandalariga ko’rsatgan marhamatin,
Bir kunmas bir kun totarding lazzatin.
Sevgi dardi tushdi otashin qalbinnga,
Bo’lding Majnuni devona o’n sakkiz yoshingda.

Yurar eding shu kungacha oddiygina,sho’x bola,
Sevgi dardin anglamay,ishq o’tidin begona.
Hayot yo’linnga qadam qo’yadigan bir damda,
Sevgi dardi tushdi otashin qalbinnga,
Bo’lding Majnuni devona o’n sakkiz yoshingda.

Kechadan to tonggacha ,endi yo’q ko’zda uyqu.
Qalbingga tig’ urganday tilkalaydi bir tuyg’u,
Bedavo dard ekan deb,chekasan ming bir qayg’u
Sevgi dardi tushdi otashin qalbinnga,
Bo’lding Majnuni devona o’n sakkiz yoshingda.

Suygan bandaga berar,Olloh bu ishq o’tini.
Quvonarsan,yayraysan totganda ishq mayini,
Bo’lib mast ishq o’tidin,yo’qotmagin sevgingni.
Sevgi dardi tushdi otashin qalbinnga,
Bo’lding Majnuni devona o’n sakkiz yoshingda.

Odamlar kelib ketar bu dunyoga bir bora.
Kelishimiz bo’lgandek,ketish ham bor bir onda,
Iymonsiz ketishlikdan,Ollohim o’zing asra.
Sevgi dardi tushdi otashin qalbinnga,
Bo’lding Majnuni devona o’n sakkiz yoshingda.

Qayd etilgan


shirin_a  16 Iyun 2010, 09:14:39

Assalomu alekum dindoshlar, Payg`ambarimiz s.a.v dan kelgan muhabbat (sevgi) haquda eng mashxur hadis? kim  biladi? :3

Qayd etilgan


_IYMONA_  11 Oktyabr 2010, 09:31:02

Билғилким, "сотка" ишвали жоноға схшайдур, қанча ксп мулоқот айласанг, шул қадар ксп пул йсқотурсан.

Qayd etilgan