Afsuski, inson tabiatan to‘g‘ri gapdan ko‘ra noto‘g‘ri gapga ko‘proq ishonadi. Aytaylik, falonchi falonchining uyiga yordam sifatida ikki xalta bug‘doy eltib beribdi, degandan ko‘ra, falonchi falonchining uyidan ikki xalta bug‘doÂyini o‘g‘irlab ketibdi, deganga ko‘proq ishonishadi. Yoki...
Psixologlar tahliliga ko‘ra, g‘iybat va tuhmatning 57 foizini sergap, xushtavoze-mahmadonalar, 26 foizini kamgap-pismiqlar tarqatar ekan. Ig‘vogar-tuhmatchilar tabiatan qo‘rqoq, tez ta’sirchan, sergumon (gumon iymondan ayiÂrar), sershubha, xayoliga kelganini orqa-oldiga qaramasdan vaysayveradigan, asabiy, qiziqqon, o‘zini boshÂqalar nazaridan chetda qolayapman deb talmovsiraydigan, hasadgo‘y kimsalardir.
Ruhshunoslarning bildirishlaricha, g‘iybatchi-tuhmatchining bolaligiga nazar solsangiz achinib ketasiz. Bu oilada ota-ona, qaynona-kelin, yanga, qo‘shnilar bilan gap-so‘zlar, ig‘volar, aytdi-aytdilar, kelishmovchiliklar, nizolar iskanjasida o‘tgan bo‘ladi. Tengdoshlari orasida ham hayoti erkin, bolalarcha emas, siqiq, soxta kechgan.