Kimdir qimor o'ynab orom oladi, kimdir shahvoniy tuyg'ularni qo'zg'atuvchi kinolarni ko'rib orom oladi, kimdir o'sha aynan iflos - buzuq ishlarni qilib orom oladi va h.k. Kimlardir bunday yomon ishlarni qilmasada, ana shu yomon oqibatlarga olib boradigan ishlarni qilib, yoki tarbiyani buzuvchi kinolarni ko'rib orom oladi. Ammo savol tug'iladiki, bu haqiqatdan ham orom olishmi? Orom o'zi nima? Orom - qalban dam olishdir! Ashula va raqsdan orom olayotgan ko'ngil, agarda bir noxush xabarga yo'liqib qolsa, u ko'ngil o'sha orom olayotgan narsalari - ashula va raqsni o'ziga sig'dira olmay qoladi. Ammo xoh tili bilan, xoh dili bilan Allohni zikr qilib orom olayotgan inson biror noxushlikka yo'liqsa, "Allohdanmiz..." deya oladi, chunki uning qalbi Allohni zikr qilish ila dunyo g'amidan haqiqatdan uzoqlashgan. Siz dam olish uchun, biroz g'amlarni unutish uchun yuqoridagi ikki yo'ldan qaysi birini tanlagan bo'lardingiz? Ayniqsa, butun olamlarni yaratgan, butun ilmlarni Egasi bo'lgan Zotning: "Ogoh bo'lingizkim, Allohni zikr qilish bilan qalblar orom olur" (Ra'd, 28) degan so'zidan voqif bo'lganingizdan so'ng?