Rauf Parfi. Ona Turkiston (sh'erlar to'plami)  ( 36409 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Ansora  27 Sentyabr 2009, 13:33:27

40.

Ey siz, to‘yganlar,
Ey Siz, bashang olomon,
Yuzingizga sepaman so‘zlarimni...
Ha, hech narsa yo‘q menda, hech narsa.

Xotin — yo‘q,
Farzand — yo‘q,
Do‘st — yo‘q
Vatan — yo‘q.

Yo‘qotganlarimning alami-zahri,
Ko‘ksimdagi sanchiq olami,
She’riyatdan boshqa,
Hech narsa, hech narsa, hech narsa.




Qayd etilgan