Assalomu alaykum barchangizga.
Forum haqida yozilgan fikrlarni judayam yaxshi ko'raman, vaqtim oz bo'lsa ham o'qishga harakat qilaman forumdoshlarni fikrlarini.
Bugun Shohjahonni eski forumdoshlar haqidagi fikrlarini o'qib, uzun xayolga toldim.
Men forumga a'zo bo'lganimga 2 yildan oshdi, shu vaqt oralig'ida ehe nimalar bo'ldi, nimalar:)
Ko'pchilik qizlar turmuhga chiqdi, yigitilarimizni ko'pi esa uylandi, baxtli bo'lgurlar. Uylanganlar xatto farzandli ham bo'lishdi, alhamdulillah:)
Bir qiz bor edi, shumtaka, turmushga uzattik, haliyam shumtaka-ya, nima qilsak ekan, Olloh aql fikr bergur...kuyov bolaga Olloh sabr-toqat bersin iloyim...
Forum qiziq narsa ekan: hayotingda hech ko'rmagan insoningni fikrlari ham sen uchun muhim, qadrli. Uning baxti seni sevintiradi, qiyinchiliklari esa hafa qiladi.
Balki yuzma yuz ko'rishsak shu onda samimiy bo'lgan insonlarim bilan bunchalar bemalol gaplasha olmasman:)
Qiziq, o'ziga tortuvchi ohangrabo- yer bu.
Vaqti kelib men ham uzoqlasharman bu yerlardan, lekin har doim forumdan olgan foydali ma'lumotlarim, tutingan do'stlarimni xayoli men bilan birga bo'ladi inshalloh.
Bu yer shunchaki internet olami, kompyuterni qarshisi emas, bu yerda minglab insonni qalbi otadi, minglab jon bor, men qo'limdan kelgunicha shuni unutmaslikka harakat qilaman. Agar buni unutgan bo'lsam, avf eting azizlarim.
Xozirgi kunda dunyo alg'ov dalg'ov bo'lgan kunlarda-Tinchlik, huzur sizlarni tark etmasin.