Assalomu alaykum qadrdon forumdoshlar! Ramazon barchamizga xayrli bo'lsin!
Forum.Ziyouz.com sayti ko'pchilikka, shu jumladan menga ham juda ko'p narsalar berdi. Siz aka-opalarim qoldiradigan chiroyli va ma'noli postlardan o'zimga kerakli ibratlar ola boshladim. Masalan, Javik akani blogidagi uyqu haqidagi postlarini o'qib uxlash rejimimni o'zgartirdim.

Faqat bu emas, forum menga sizlarday joyib aka-opalar berdi, hech kim meni tushunolmagan paytda forumga kirib ko'nglim taskin topadigan bo'ldi. Bilmaganlarimni o'rgandim. Ba'zan noto'g'ri gap aytib qo'yib tanbeh ham eshitdim.

To'g'risi, forumni ko'p a'zolarini o'z oila a'zolarimday ko'raman. Shuning uchun ham ozgina payt saytga kirmasam bir narsamni yo'qotganday bo'lib yuraman. Faqat qo'rqayotganim, Xudo xohlasa sentyabrdan o'qish boshlanadi, shunda forumga kirishga vaqt bo'lmasligi mumkin... Mayli, niyat xayrli bo'lsa, hamma narsani iloji topiladi, InshaAllah.
Ilohim, bitta oiladay hamjihatlikda fikr almashishimiz, bir-birimizga bo'lgan mehrimiz bardavom bo'lsin. Oramizdan oqibat ko'tarilmasin.
Wasallamu alaykum wa rohmatullohu va barokatuhu!