Forum.Ziyouz.com - Uni qanday ta'riflaysiz? U Sizga nima berdi?  ( 123807 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 20 B


Laylo  24 Noyabr 2007, 20:26:03

Forum.ziyouz.com - menga judayam qadrdon bo'lib qolgan forum.
Uch yildirki, shu forum bilan birgaman.
Forum menga nima berdi?
Ko'p narsani berdi. Ko'p narsani o'rgatdi!
Ilm oldim forumdan. Yaxshi, ikki dunyoda ham topilmaydigan muslima birodarlarimni topdim.
Alloh ulardan rozi bo'lsin!
Ko'p narsani o'rgatishdi ular.
Shuncha yildan beri ko'p forumlarga kirmoqchi bo'ldim, a'zo bo'ldim, mavzularini kuzatdim... Userlarning samimiyatini, qadrdonligini, bir-biriga munosabatini kuzatdim.
Yo'q, forum.ziyouz.com ga yetadigani, hatto biroz o'xshaydiganini topolmadim.
Sizni jon qulog'i bilan tinglaydigan, seni har doim qo'llab quvvatlab turadigan islomiy birodarlarni topolmadim...
Hammangizni hurmat qilaman, barchangizni Alloh uchun yaxshi ko'raman.
Omon bo'linglar!
Wassalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Qayd etilgan


AL_laziz87  30 Noyabr 2007, 02:34:05

Assalomu alaykum!!! Forumdoshlar. Forum.ziyouz.com- men bu sayitga yaqindagina a'zo bo'lgan bo'lsam xam, juda ko'p narsani o'rganib oldim. Ajoyib do'stlar ortirdim. Kundan kunga qadrdon bo'lib bormoqda, Forum.ziyouz.com bilan vaqt ajoyib o'tadi. Xammaga omad tilayman Ollox yor bo'lsin!!

Qayd etilgan


lolo  30 Noyabr 2007, 07:28:11

forum.ziyouz.comni bir qop bodroga o'xshataman, hajmi katta, ichidagilar juda yengil va to'yimli emas, hamda ancha vaqtni ham oladi. Bodroqlarni sekin asta yong'oqqa almashtirish mumkin. Bu esa har bir userga bog'liq. Ya'ni bu yerga masalan, yangi mavzu  qo'yayotganlar odamlar hayoti va oxirati uchun foydali bo'lgan qisqa va serma'no narsalarni qo'yishi (duch kelgan safsatalarni emas) lozim. Fikr bildiruvchilar esa jiddiy va foydali fikri bo'lsagina qisqa holda bayon etishi kerak bo'ladi. Shundagina vaqt ham zavol bo'lmaydi, odam nimanidur olib o'rganib ketadi va hokazo. Maqsad "To'ldirish" emas, "Foydali Bo'lish" bo'lishi kerak.

Qayd etilgan


shoir  30 Noyabr 2007, 18:46:35

forum.ziyouz.comni bir qop bodroga o'xshataman, hajmi katta, ichidagilar juda yengil va to'yimli emas, hamda ancha vaqtni ham oladi. Bodroqlarni sekin asta yong'oqqa almashtirish mumkin. Bu esa har bir userga bog'liq. Ya'ni bu yerga masalan, yangi mavzu  qo'yayotganlar odamlar hayoti va oxirati uchun foydali bo'lgan qisqa va serma'no narsalarni qo'yishi (duch kelgan safsatalarni emas) lozim. Fikr bildiruvchilar esa jiddiy va foydali fikri bo'lsagina qisqa holda bayon etishi kerak bo'ladi. Shundagina vaqt ham zavol bo'lmaydi, odam nimanidur olib o'rganib ketadi va hokazo. Maqsad "To'ldirish" emas, "Foydali Bo'lish" bo'lishi kerak.

Gapingizga qo'shilolmayman.
To'g'ri, siz ham o'zingiz aytgan toifadan bo'lishingiz mumkin. Har holda postlaringizning 20 foizini ham foydali deb bo'lmaydi. Asosan ko'ngilochar mavzularda mazmunsiz postlar qoldirasiz (Bu meni fikrim, uzr, ishonmasangiz, statistikangizni bir qarab chiqing,)
Biron mulohaza yozishdan avval sal o'ylab, mulohaza qilib yozish kerak, aks holda "nimala haqda gaplashvossanla"dan nariga o'tib bo'lmaydi. Bunaqa postdan kimga foyda? Yaxshilab o'qib chiqing, tushunib olasiz, shunaqa deb yozish shartmi? Siz avval o'zingizning postlaringizni yong'oqqa to'ldiring, to'ldirgandayam puch yong'oqqa emas. Keyin boshqalar haqida fikr yuritsangiz arziydi.
Mening odatim o'zi shunaqa, biron narsa yoqmasa shartta aytib tashaveraman. Hafa bo'lmaysiz degan umiddaman. Zero, yomon gap gapirmadim: avval o'zingga boq, keyin nog'ora qoq. Rozi bo'lasiz.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  30 Noyabr 2007, 23:39:57



Assalomu alaykum!
Forumni eng eng ulig' tamoni shundaki, bu erda buyuk robbimizni so'zi yani "Quroni Karim" joy olgan, va shuning o'zigina forumni eng zo'r deb aytishga munosib ekani.Masalan man bu forumdan ancha narsa oldim desam yangishmagan bo'laman.Bu erda ko'p narsalar ibrat uchun,ilm kuchaytirishga va islomgai, sahobalar hayotiga , umuman dinimizga oid ko'p narsalar mavjud.Har bir insonni qanday foydalanayotganiga ham bog'liq deb o'ylayman.





Qayd etilgan


Huseyn  01 Dekabr 2007, 14:51:28

Forumga baho berishga hali o'zimni haqqim yo'q deb hisoblayman. chunki, uni hali men o'zim uchun to'la kashf etib bo'lmaganman.

Men uchun Ziyouz hali kashf etilmagan xazina.

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Dekabr 2007, 11:09:24

Assalamu alaykum.
Bu Forum hizorgi kunda mening hayotimni bir bo'lagi bo'lib qolgan desam mubolag'a bo'lmaydi.
Ko'p ilm o'rgandim. Ajoyib birodarlarni topdim. O'zlarini ko'rmasam ham, meni jonu qulog'i bilan tinglovchi, menga dalda berguvchi, yo'l ko'rsatuvchi opaxonimni topdim.
O'zlarini ko'rmagan bo'lsam ham meni o'z opalaridek hurmat qilguvchi ukalarimni-singillarimni topdim. Alloh ulardan rozi bo'lsin.
Ko'rgan singillarimni gapirmasam ham bo'ladi. Ular menga o'z singlimdan ham yaqindir...
Xullas, bu forum menga juda qadrdon. Undan juda ko'p narsalarni o'rgandim...Ilm ummoni - bu. Undan xohlagncha olib foydalanish esa. o'z qo'limizda.
Albatta, bu hayoti dunyoda mukammal bo'lgan narsani o'zi. Forumni ham kamchiliklari, ojiz tomonlari bor. Bu ayniqsa keyingi kunlarda bilinib qolyapti. Chunki har xil ma'nosiz postlarni qoldirayotgan birodarlarimiz ham ko'payib qolishdi. Lekin biz ularni ham ayblamaymiz, chunki ular hali Islomni va islomiy ilmni naqadar bebaho ekanligini anglab yetishmagandir,balki.
Lekin umid qilamizki, buni sekin astalik bilan bo'lsa ham tushunib yetishadi va vaqtlarini qadrlashadi...

Qayd etilgan


Murod_bek  16 Dekabr 2007, 22:37:32

Assalomu Alaykum!
Bu forumga birinchi kirganimdayoq boshqacha taasurot olganman.Shu paytga qadar qanchadan qancha forumlarni ko'rgan bo'lsam negadir bu forumga o'xshagan fayzli forumni ko'rgani yo'q!Hatto Internetga kimayman endi deganimdayam shu forum sabab qaytib keldim...NImasidir tortadi bu forumni!Bu forumda topgan birodarlarim, akalarim, ukalarim, opalarim singillarim boshqa forumdagidan tudan farq qiladi.Bir birimizniu ko'rmagan bo'lsakda huddi aka ukaday yaqinmiz...ziyouz forumini man hech qaysi forumga 10% ni ham solishtira olmayman...
BU forumdan haqiqatdan ilm olsa bo'ladi.Sharoitlar keng!Ma'lumotlar ko'p...
Ushbu forumni ochganlari uchun hurmatli administrator janoblari AbdulAziz, ya'ni Davron akamizga tashakkurlar aytaman.Alloh o'zi ajrini bersin!Ziyouz forumi bundanda fayzliroq bo'lsin...

Qayd etilgan


Muzayyana  21 Dekabr 2007, 15:38:09

Assalomu alekum, aziz forumdoshlarim!
Man xozir bu forum azosi ekanligimga tangri Taolloga shukronalar aytaman. Mana Xudo xoxlasa forumga azo bo'lganimga 1 yil bo'ladi, mana shu forum shuncha vaqt ichida juda-juda ko'p narsalanitopdim shu forumdan.......Biri-biridan ajoyib do'stlar, kiyin ancha narsalani o'rgandim, xam diniy, xam dunyoviy. Xozirda netga bo'lgan qiziqishni asosiy sababchlaridan biriga aylandi bu forum va forumdoshlar!

Qayd etilgan


lolo  22 Dekabr 2007, 23:23:58

Aslida olganda forum odamni juda vaqtini olib qo'yadi. Balki yaxshi va foyda tamonlari ham bordur, lekin o'sha foydani boshqa yerdan ham olsa bo'ladi. Bu ham kamnamoligimning sabablaridan biridir. Inson doimo qiyomatda ham ayta oladigan gapini etishi kereligini unutmagan holda fikrimni (asosli) bayon etishga odatlanganman doyim.

Qayd etilgan