Hikmatlar shodasi  ( 359900 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 92 B


Munira xonim  26 Iyun 2006, 12:16:37

Abu Sulaymon ad - Doroniyning Allohga qilgan munojotlari:"Iloho,meni gunoh qilgan holimda ko'rsang,Seni avfingni so'rayman.Agar bahil holimda ko'rsang, Sening sahiyligingni so'rayman. Rabbim, meni do'zahga kirgizsang ham Seni yahshi ko'rishimni aytaman".

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Iyun 2006, 12:20:09

Dunyoni yahshi ko'rma - bu dunyo mo'minlarning hovlisi emas. Shaytonga do'st bo'lma - u mo'minlarga do'st emas.Biror kishiga aziyat berma - u mo'minlar kasbi emas.
Odamiylarning eng bahtlisi - qalbi ilmga tashna, jismi sabr qiluvchi, qo'lida bir narsaga qanoat qiluvchi kishidir.

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Iyun 2006, 12:24:02

Dunyo ne'matlaridan - Islom ne'mati, shug'ullanishlikda - toat-ibodat, ibratda - o'lim ibrati sizlarga kifoyadir.
Hazrati Ali r.a.


Qayd etilgan


Munira xonim  26 Iyun 2006, 12:26:32

Boylikni tark qilgan kishini Alloh yahshi ko'radi. Gunoh;larni tark qilgan kishini maloikalr yahshi ko'radi.Musulmonlardan tama' qilmagan kishini musulmonlar yahshi ko'radi.
Usmon ibn Affon r.a.

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Iyun 2006, 12:29:35

Shahvat - podshohlarni qulga, sabr - qullarni podshohga aylantiradi.
Bunga dalil " Yusuf va Zulayho" qissasidir.
Gunohlarni tark qilgan kishini qalbi yumshaydi, halol yeb, haromdan hazar qilgan kishini fikri toza bo'ladi.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Iyun 2006, 09:29:45

Qozi besh bodring yesa gar pora,
Yuz poliz hukmiga topadi chora.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Iyul 2006, 15:30:49

Alloh taolo sen haqingda qanday hukm chiqarishini bilmay turib kulishing - qilgan gunohingdan ham katta gunohdir. Fursatni qo'ldan boy berib qilolmay qolgan bir gunoh ish uchun hafa bo'lishing - gunohdan ko'ra kattaroqdir.
Abdulloh ibn Abbos.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Iyul 2006, 15:33:40

O'g'ilginam, totimagin bahil nonidan,
Uzoq bo'l bahilning dasturhonidan.

Farididdin Attor.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Iyul 2006, 15:35:34

Haloyiq ikki ish tufayli halokatga yuz tutadi. Birinchisi - mahluqotning hurmatini saqlamasligidan. Ikkinchisi - Alloh taolo bergan ne'matlarni shukronasini qilmaganidan.
Abu Yazid Bastomiy.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Iyul 2006, 15:37:01

Ilmni fursat bo'lganida o'rganish kerak, chunki ilm kerak bo'lganida fursat bo'lmaydi.
Abdulloh ibn Mas'ud.

Qayd etilgan