Hikmatlar shodasi  ( 359891 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 92 B


mubashshir  11 Iyul 2006, 07:07:42

Yahshilik qilish yomonlik tufayli keladigan halokatdan saqlaydi.
Ohiri do'zah bo'lgan yahshilik yahshilik emas. Ohiri jannat bo'lgan yomonlik yomonlik emas.
Iymoni yo'qnng dini yo'q, hisobi yo'qning ajri yo'q, niyati yo'qning amali yo'q.

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 07:12:51

Koshki barglari yulib-yulib olinib, keyin yeiladigan daraht bo'lsam.
Bir kishi Abu Bakr r.a. dedi:"Men seni shunday so'kman, shu so'kishim sen bilan qabrga kirib ketsin!" Shunda Abu Bakr r.a:" Yo'q so'kishing men bilan emas, o'zing bilan qabrga kiradi",- dedilar.
Ey insonlar kizb-yolg'onchilikdan saqlannglar,chunki yolg'on gapirish iymondan chekinishdir.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Iyul 2006, 20:12:23

Tanballik ham bir o'limdir. Inson bu o'limda borlig'ini yo'qotadi.
Ne'matni sevgan shu ne'matni berganni ham sevadi.
Muhammad Kamol.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Iyul 2006, 20:17:03

Hattoki sher ham o'zini pashshadan himoya qiladi.
Olmon maqoli.
"Bilmayman" deya olish,ilmni muhofaza qilgan bir qalqondir.
La Edri.

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Iyul 2006, 09:05:14

Ilm insoniylik tojidir. Insonlar faqat uning bilan ulug'lanadi. Mol-mulk esa johilning g'ururlangan narsasidir. Bumol-mulk sarf bo'lishi bilan johillar halokatga uchraydi.

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Iyul 2006, 09:07:02

Hunarsiz odam doimo qo'rquv ichida yashaydi.
Solih kishi yahshilikdan zavqlanganidek, zolim yomonlikdan zavqlanadi.
Insonlar o'z g'oyalari bilan qadrlidirlar.

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Iyul 2006, 09:09:47

Orifga muhtojlik doktorga muhtojlikka o'hshaydi. Doktorlar moddiy hastalikni, oriflar esa ma'naviy hastalikni muolaja etadilar.
Pulning qo'lga kiritilishi savdogarni sevintirgani kai, obidning ibodati ham uni sevintiradi.

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Iyul 2006, 16:15:22

Bir millatda ishonchli kishilar kamaysa,dinini sotib dunyo yig'uvchilar ko'paysa, u millat orasida fitna bolalaydi.
Abdulloh ibn Mas'ud.
Harom yeydigan odamni tana a'zolari hohlasa-hohlamasa gunohga boraveradi, halol yeydigan odamniki esa toatga.
Abdulloh ibn Tustariy.

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Iyul 2006, 07:29:48

Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor.

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Iyul 2006, 07:40:48

Sen jannatga ketsang-u, azob farishtalari bolalaringni jahannamga uloqtirsa, yuraging bardosh beradimi? Shuni o'lmasingdan oldin bir o'ylab ko'r.
Abdulloh ibn Muborakdan so'ralgan uchta savolga bergan javoblari:
1.Komil insonlar kimlar? - Olimlar.
2.Podshohlar kim? - Zohidlar.
3.Pastkashlar kim? - Din nomidan dunyo yediganlar.

Qayd etilgan