Hikmatlar shodasi  ( 359935 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 ... 92 B


Munira xonim  09 Sentyabr 2006, 09:17:09

Vujud yahshi taomlar bilan jonlanganidek, qalb ham yahhsi so'zlar bilan orom oladi.

Dunyoga berilganni do'stligiga ishonma.

Haqiqat izlovchi bo'l. Uni qayerda topsang,olishga harakat qil, Haqiqiy boylikka erishasan.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Sentyabr 2006, 09:19:05

Go'zal hulq latif shamolga o'hshaydi, hayot beradi. Yomon hulq esa Samum shamoliga o'hshaydi, uylarni vayron,kishilarni halok qiladi.

Tushunmay,o'ylamay gapiradigan kishi sarhush kabidir. U nima deganini bilmaydi, falokat keltiradi.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Sentyabr 2006, 09:20:39

Otning tizgini suvoriyda bo'lgani kabi, nafsning tizgini ham insonning qo'lida bo'ladi. U haqiqat yo'lida advom etadi.

Katta daraxtlar urug'larda yashiringanidek, yahshi insonlar ham o'zlarini yashiradilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Sentyabr 2006, 11:21:14

Ko'okdan qor ham,yomg'ir ham, do'l ham yog'adi. Bu yog'indan yo yerlar ko'karadi yoki falokatga uchraydi. Inson og'zidan chiqqan so'zlar ham bamisoli qor, yomg'ir, do'l kabidir. Ular kishilarga yo hayot bahsh etadi yoki o'ldiradi.

Solihning taomi halol, zolimning taomi harom bo'ladi.
Solih yahshilikdan quvonganidek, zolim ham yomonlikdan zavqlanadi.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Sentyabr 2006, 11:23:33

Kofir "Alloh" deb butga sig'inadi, mo'min Alloh deb Haqqa iltijo qiladi.

Hamma yaratilmishlarni Haq yaratadi. Butlarni ham yaratgan Udir.

Suvning sofligi unga qiymat bergani kabi, insonning samimiyligi ham unga qadr keltiradi.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Sentyabr 2006, 11:25:11

Sergap odamning aqli tilida bo'ladi. U nima deganini o'zi ham bilmaydi, odamlar ham uning gapiga e'tibor bermaydi.

Aqli joyida bo'lgan kishi o'z so'ziga hokim bo'ladi.

Dunyoda ko'p qiyinchiliklarga duch kelasan, ualrni faqat sabr bilan yengasan.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Sentyabr 2006, 11:27:47

Dunyoda huddi soqchi kabi yashaysan.Yomonlikdan ko'z yumsang, bu yomonlik vujudingni egallab, seni mahv etadi.

Dinsizning so'ziga aldanma. Unig hiylasi, nayrangi ko'p bo'ladi. Dinsizga duch kelsang, hamisha jiddiy turib o'zingni muhofaza qil.

Dinsizdan aslo qo'rqma, sening tayanching, qo'riqching - Alloh borligini unutma.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Sentyabr 2006, 11:30:39

Iymon seni g'am- qayg'uga solmaydi. Dunyo qiyinchiliklariga duch kelganingda doimo unga tayan. Iymoning bilan bog'langaning on Allohni chaqir. Shuning o'zi senga kifoyadir.

Insonlarga yuk bo'lgan kuning erkingni yo'qotasan.
Zolimga ergashganing eng yomon yo'lga kirganingdir.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Sentyabr 2006, 11:32:28

Insonlarning yahshisi yahshilarni sevadi. Yomini esa yomon narsalardan zavq oladi.

Ko'ngil nima bilan mashg'ul bo'lsa, inson ham shu narsa mashg'ul demakdir.

Amali solihlik niyat pokligidan boshlanadi.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Sentyabr 2006, 11:36:25

Faqat chin dildan Iymon keltirib, tili bilan tasdiq ilgan kishi musulmon bo'ladi. Qalbida ishonch bo'lmagan kishining Iymoni yo'qdir.

Ishonch dilga, iqror tilga tegishlidir. Agar kishida har ikkisi mavjud bo'lsa, u ahli Iymonlardandir.
Munofiqning qalbida ishonchi bo'lmagani bois, uning tilidagi iqrori foyda bermaydi.

Qayd etilgan