Hikmatlar shodasi  ( 359920 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 ... 92 B


Munira xonim  10 Sentyabr 2006, 11:39:44

Namozda kishining vujudi va qalbi poklanadi. Bu esa mo'minning haqiqiy me'roji bo'ladi.
Til duoda, vujud ruku sajdada bo'lsa-yu, qalb Haqdan g'ofil bo'lishi kishining haqiqy me'roji - ibodatdan uzoqlashtiradi.

Bandaning Allohni huddi ko'rib turgandek iodatda bo'lishi qurbiyatning alomatidir. Qayrda turganlikning bilmasligi esa g'aflatning alomatidir.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Sentyabr 2006, 11:42:59

Inson Haq bergan hidoyat nuri bilan haqiqatni biladi.Uning qalbiga hidoiyat shamini yoqqan Udir.

Inson namoz o'qisa,ibodat qilsa, buning hammasi Unig hidoyatidandir.

Komil inson hidoyat nuri bilan kamolotga erishgan zot demakdir. U nuri hidoyat tufayli mukammal bo'lgan kishidir.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Sentyabr 2006, 11:46:05

Qo'rqoq insonning do'tligidan qo'rq. Uning qo'rqoqligi senga o'tsa, bu seni turli yomonliklarga mubtalo qiladi.

Insoniylikni haqiqiy iymonlilardan o'rgan.

Vujudi hasta kishining ruhi ham hasta bo'ladi.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Sentyabr 2006, 11:47:48

Haqiqiy ilmni oriflar davrasidan qidir.

Dori kasallikni bartaraf qilish uchundir. Hastalik kelmasdan burun parhez qilishni bil.

Quyosh olamni yoriganidek,ilm ham haqiqiatlarni yoritadi.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Sentyabr 2006, 11:51:09

Dunyoda saodat qidirgan hayolga berialadi. Tarixga boq-da, ulardan ibrat ol. O'lganlarni qaysisi haqiqy saodatga erishdi?!Hozir hammalari tuproq bo'lib yotishibdi.

Dunyo bamisoli maktabga o'hshaydi. Unda o'qimagan johillar siqilib qoladi.

Insoniytning saodatga erishtiruvchi dindir. Bundan g'ofil bo'lganlarni saodatlari ro'yodir.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Sentyabr 2006, 11:53:23

Senga kim din yo'lini ko'rsatsa, uning sendagi haqqi ota-onaning haqqidan ko'proqdir. Kim senga dinsizlik yo'lini ko'rsatsa, uning zulmi Fir'an zulmi kabidir.

Olim haqiqt sandig'i bo'lgani bois u kishilarga odob va tarbiya brishi lozim.

Jon taningni tark qilmay turib, sen odatlaringni tark et!

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Sentyabr 2006, 11:55:36

Ilmga intilgan kishi eng chiroyli insondir. Ilmdan yuz o'girish insoniylikdan yuz o'girish demakdir.

Nima uchun dunyoga kelganini bilmagan, so'ramagan,tinglshni istamagan kishi eng havfli johil kishidir.

Boshqalarni yomonlama. Ular haqida yahshi gapirib, ezgulik yo'lini tut. Bu kishilarga qilinadigan eng katta yahshilikdir.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Sentyabr 2006, 11:57:38

G'iybatlardan uzoq kishi gunohlardan uzoq bo'ladi. G'iybat to'lqini dengiz to'lqini kabi kishilarni o'z domiga tortib, mahv etadi.

"LA ILAHA ILLALLOH" degan vaqtingda, bu ovozni qalban his qil. U bilan qalbing tasalli topsin. Haqqa tavakkul qil.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Sentyabr 2006, 11:59:32

Ahloqsiz olim iymonsiz johil kabidir. Kishilarga johil qilolmagan yomonliklarni ahlqosiz olim qilishi mumkin.

Eng katta tijorat - yo'lsizlarga yo'l ko'rsatish, o'ksik qalblarni shodlantirish, kishilarga Haqni ildirish va sevdirishdir.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Sentyabr 2006, 12:05:17

Ey, inson! Tug'ilganing, nimjon, zaif bo'lganing, yig'lagan kunlaringni o'yla. Bugun nima bo'ldim, deb o'zingni mag'rur tutma. Ertaga beling bukilib odamlarga muhtoj bo'lasan, tuproqqa qorishasan.Bularni doimo o'yla, yodingdan chiqarma.

Oqil kishini nima bo'lishini biladi. Aqlsiz sarhush kabi nima bo'lishini bilmaydi, nima bo'lishii o'ylamaydi.

Qayd etilgan