Hikmatlar shodasi  ( 359918 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 ... 92 B


Munira xonim  10 Sentyabr 2006, 12:09:56

Hamma mavqega erishgach,puliga qarab g'ururlanadi. Baliq ham dengizda ekan, tirikligini namoyish qiladi.

Umring sel kabi tezlik bilan oqib ketyapti. Yuzindagi ajinlarning hammasi uning alomatidir. So'nggi so'zing tavhid kalimasi bo'lsa, seni qutqaradi.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Sentyabr 2006, 12:13:16

Haqiqiy do'st mushkul paytda qo'lini chop'zadi. Yolg'onchi do'st esa uzr so'rab qochib qoladi.

Atrofingga tanimagan, bilmagan kishilarni to'plama. Sen tanimagan, bilmagan kishilar go'shtingni yegani chopgan bo'rilar to'dasiga o'hshaydi.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Sentyabr 2006, 10:37:35

Qabristonga bir on ibrat ko'zi bilan boq. O'zingga dars ol. Bilgilki, ular sen kabi edilar, o'ynab kuldilar, yig'ladilar. Keyin esa tuproqqa qorishdilar.

Oshiqalarning "ohi" ko'k qulfining ochgan qulfdir. Sen Rabbingga "oh" qilgilki, bu qulflar ochilsin,rahmat oldingga sochilsin.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Sentyabr 2006, 10:43:45

Dunyoni madh etishdan saqlan. Dunyoni Yartuvchini esa doimo madh et. Unga yuksak muhabbat doimo qalbingda bo'lsin.

Eng rasvo ahmoq kishi o'zini yuqori qo'yib, halqqa past nazar bilan qaragan kishidir.

Harom bilan boyigan kishining joyi jahannam bo'lgay.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Sentyabr 2006, 10:45:36

Haqning ne'mti ta'magirning qo'liga tushsa chiriydi, iymoni butunlarning qo'liga tushsa ko'payadi.

Kishilarga yahshilik bilan hizmat qil. Agar ta'sir qilsa nasihat qil, ta'sir qilmasa uni tark qil.

Iymon bilan to'la qalblar rohatda yashaydi.Iymonsiz hayoti hayvoniy yashashdir.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Sentyabr 2006, 10:50:06

Ahloqdan uzoq bo'lgan Iymondan uzoq bo'ladi.

Yahshi odamlarni tinlagan, so'zlariga amal qilgan yahshi odam bo'ladi.
Yomon odamlarni tinglagan kishi umrini zoye ketkazadi.

Haq yo'lida Halqqa hizmatchi bo'l.Bu sen uchun eng buyuk bahtdir.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Sentyabr 2006, 10:52:03

Hammaga yahshilik qil. Yahshilik qilishni o'yla. Bu seni Haq yo'liga olib boruvchi eng zarur yo'ldir.

Nafsni maqtama. Uni maqtagan kuning halokatga uchraysan. Chunki nafs seni yomonlikka olib boradi.

Sen Haq yo'lida bo'lsang, senga dushman bo'lganlar senga emas, Haqqa ham dushman bo'ladilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Sentyabr 2006, 10:54:34

Hushomadgo'ylarning so'zalriga ishonma. Ularning so'zida zahar bo'ladi.

Ilmni og'izda qoldirib, yomon amallar qilganlarni Qur'oni Karimda kitob yuklangan eshakka o'hshatilgan. Sen ilmingga muvofiq yashamas ekansan, bu eshaklikdan qutulolmaysan.

G'iybat, g'azab kishilarni qalbini o'ldiradi. G'iybatdan, nafsoniy g'azabdan saqlan.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Sentyabr 2006, 10:57:24

Amal qalbga bog'liqdir. Qalb yomon bo'lsa,uning "mevasi" bo'lgan amal ham yomon bo'ladi. Qalb yahshi bo'lsa, amali ham yahshi bo'ladi.

Yordamning eng yahshisi ilmdan keladi. Ilm ila qalb tiriladi. Taom ila vujud jonlanadi.

Birovdan yomonlik ko'rishni istamagan kishi, birovga yomonlik qilmaydi.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Sentyabr 2006, 10:59:38

Farzndlarining tarbiyasdiga ahamiyat bermagan kishi uysiz va oilasiz qoladi.

"Allohnig aytgani bo'ladi" degan qoidani bilgan kuning g'amdan uzoq bo'lasan. Chunki Uning buyurgani bo'ladi.

Askar qo'mondonning gapiga itoat qilgani kabi, sen ham olimning so'ziga amal qil.

Qayd etilgan