Hikmatlar shodasi  ( 359930 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 ... 92 B


Munira xonim  11 Sentyabr 2006, 11:02:06

Erkak uyning - hizmatchisi, hotin esa- soqchisi.

Tarbiyasiz er, badjahl hotin uyni kasalhonaga aylantiradi.

Er-hotinda mehr oqibat bo'lsa, uy jannatga aylanadi. Aks holda uy jahannamga aylanadi.

Oilaga kirib kelgan ahloqsiz kino- teatr, roman va dinsiz gazetalar uyga kirgan mikrobdir.

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Sentyabr 2006, 09:25:16

Kishining moli,joni va dini odob tufayli saqlanadi.

Dinsizni va ahloqsizni do'st tutish,chayonni qo'yniga solib yurish bilan barobardir.

Qimmatli umringni qiymatsiz narsalarga sarflama.

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Sentyabr 2006, 09:28:02

Hirs va ta'ma bilan qarash,yurakka hanjar bilan sanchgan dushmanning qilmishiga o'hshaydi.

Bolalarning yuksalishi diniy tuyg'ular,ilmi urfon tarbiyasi tufayli yuzaga keladi. Bunday tarbiyadan mahrum bolalar kelajak uchun hatarlidir.

Har narsani berguvbchi Alloh ekanligini bil,aniq angla.

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Sentyabr 2006, 09:29:54

Zaif bo'lib siqilganingda ham hech kimga siringni ochma. Chunki bir kuni u siringni senga zahar qilib ichirishadi.

Chorasiz qolganingda birovning eshigini qoqma.Haqning eshigini qoq.Undan so'ra.Uning senga yagona homiy ekanligini o'shanda bilasan.

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Sentyabr 2006, 09:32:17

Yahshi do'st topish oltin hazinasini topishdan yahshiroqdir. Oltin hazinasi faqat moddiyatni ta'minlaydi. Yahshi do'st esa ham moddiyatni, ham ma'naviyatni ta'minlaydi.

Kim bilan tezda do'st bo'lib qolsang,u bilan tezda dushman bo'lib qolasan.

Ichkilik va qimorga mubtalo bo'lganlar o'ziga o'zi suiqasd qilganlardir.

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Sentyabr 2006, 09:34:08

Mol va farzandlari bilan maqtanganlar zaif narsalari bilan maqtanganlar hisoblanadi,chunki ular bir kuni nobud bo'ladi.

Basharasi sovuq badhulqning oldida jiddy bo'l.
Ko'ngilchan bo'lsng badhulqqa yengilasan.

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Sentyabr 2006, 09:37:18

Qanchlik gunohkor bo'lsang ham Allohning avfidan va rahmatidan noumid bo'lma. Uning rahmati va mag'firati butun olamni qurshab olgan.

Qaling Haqda bo'lsa metin bo'lasan. Undan uzoqlashsang shoshqoloq bo'lasan.

Hamma falokatlarni Iymon bilan yengasan.Iymon insonlarni yuksaltiruvchi quvvat manbaidir.

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Sentyabr 2006, 09:38:59

Tajribali kishilarni tingla. Ularning tajribalaridan ibrat ol.

Maqtanishdan lazzatlanganlar sharob ichgan sarhush kabi o'zlarini mahv etadilar.

Hushomaddan rohatlanib, yonon so'zga ahamiyat bermaganlar, nafsiga itoatkorlardir.

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Sentyabr 2006, 09:42:01

Pulga mubtalo bo'lgan kihsilardan vbiror narsa so'rama. Ulardan bir nima so'rash, quturgan itning oldidan bir narsa olgan kabi hatarlidir.

Qalbini,iymonini muhofaza qilishni hohlaganlar, dushmanlarning g'iybatiga ahamiyat bermaydilar.

Dunyoda o'zini baland, boshqani past ko'rgan kihsidan yomonroq kimsa yo'qdir.

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Sentyabr 2006, 09:48:36

Haloldan foyda kam topiladi.Ammo ohirida Haqning rizosiga va Jannatga erishiladi.

Hiylagar kimsa inson qiyofasidagi shaytondir.

Hamma narsani ypo'qdan bor qilgan, Haqni bilish, Uni sevish va Unga ibodat qilish birinchi vazifangdir.

Qayd etilgan