Hikmatlar shodasi  ( 359931 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 ... 92 B


Munira xonim  26 Sentyabr 2006, 09:42:34

Ey,o'zini ustoz deb o'ylagan halqqa voizlik qilgan inson,avvalo'zingga oz' nafsingga voizlik qil,uning hojasi bo'l.

Ey,minoralarda halqni Haqqa chaqiruvchi muazzin!Shahodat ovozingni kishilar eshitmasdan oldin o'zingga eshittir. Atrofdagilarga Haqning da'vatini qilarkansan, bir oz g'amgin bo'l va ko'z yosh to'k.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  29 Sentyabr 2006, 05:59:02

Ўзига дўст тополмаган киши одамларнинг энг ожизи саналади. Бундан хам ожизроги эса олдинига бирорта дўст топади-ю кейинчалик уни хам йўкотиб кўяди.

Али ибн Абу Толиб

Qayd etilgan


Naqshbandiy  29 Sentyabr 2006, 06:00:25

Миллатимизни заиф ахволга солган сабаблардан бири атрофимизда юрган дўст суратидаги хийлакорларга нисбатан соддалигимиздир. Холбуки, инсон хар кандай ваъдага алданавермаслиги, хар бир йўл кўрсатувчига ишонавермаслиги лозим.

Хикмат Зиё

Qayd etilgan


Naqshbandiy  29 Sentyabr 2006, 06:01:35

Она хаккига диккатли бўл, уни бошингга кўтар. Зеро, оналар тўлгок машаккатини чекишни бўйинларига олмаганларида чакалоклар дунёга келиш учун йўл тополмас эдилар.

Жалолиддин Румий

Qayd etilgan


Naqshbandiy  29 Sentyabr 2006, 06:03:18

Аёлни фаришталардан хам юксакка кўтарувчи ва бекиёс бир олмос (гавхар) холига келтирувчи нарса унинг ички теранлиги, иффат ва викоридир.

Абдулфаттох Шохин

Qayd etilgan


Naqshbandiy  01 Oktyabr 2006, 06:20:43

Alloh ilm bilan qavmlarni yuksaltirib, yetakchi qilib qo‘yadi. Ular odamlarni yaxshilikka yetaklaydi, boshqalar ularning izidan yuradi, qilgan ishlari e’tiborli bo‘ladi. Har bir quruq va ho‘l narsalar, hattoki dengizdagi baliqlar-u hasharotlar, barcha hayvonlar, osmon va undagi yulduzlar ularning haqqiga istig‘for aytadi.

Maoz ibn Jabal

Qayd etilgan


Naqshbandiy  01 Oktyabr 2006, 06:21:21

Ilm ko‘r qalb ko‘zini ochuvchi, qorong‘u zulmatda nur bag‘ishlovchi va zaif badanlarga kuch-quvvatdir. Ilm bilan banda abrorlar darajasiga ko‘tariladi, oliy martabalarga yetishadi. Ilm ustida tafakkur qilish kunduzi ro‘za tutganga, uni muzokara etish kechani ibodat bilan bedor o‘tkazganga tengdir.

Abu Homid al-G’azzoliy

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Oktyabr 2006, 10:56:33

Mo'min kishi gunohlarini ulkan tog'dek,o'zini shu tog' bosib qoladigandek tasavvur qiladi,
Fojir kishi esa gunohlarini burniga qo'ngan va haydasa uchib ketadigan pashshadek tasavvur qiladi.

Ibn Mas'ud.

Kim solighlarni siyratiga nazar solsa, o'zining kamchiliklarini ko'radi va odamlarni orqada qolganini his qiladi.

Alisher Navoiy.

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:22:17

Odamlar kambag‘allikni yomon ko‘radilar, men yaxshi ko‘raman. Ular o‘limni yomon ko‘radilar, men yaxshi ko‘raman. Faqirlikni Rabbimga tavoze’li va o‘limni Rabbimga mushtoq bo‘lganim uchun yaxshi ko‘raman.
Abu ad-Dardo

Qayd etilgan


Muslimaxon  06 Oktyabr 2006, 20:47:21

Gunoh ish qilayotganingda Alloh seni ko‘rib turgani holda qalbing cho‘chib-titramasdan, shamolning eshik pardasini shitirlatishidan qo‘rqishing sodir etgan gunohingdan kattaroqdir.
Abdulloh ibn Abbos


Kishi o‘zi bilan Alloh o‘rtasidagi aloqasini yaxshilasa, Alloh ham bandalari va uning o‘rtasidagi aloqasini yaxshilaydi.
Ali ibn Abu Tolib

Qayd etilgan