Shoir Sadriddin Salimdan eshitganlarim
Bandasi Allohning marhamatini chin dildan his etsa, faqat ziyoda bo’ladi, e’zozda bo’ladi. Unga barcha imkonlar eshigi ochiladi.
Alloh tavbani buyurdi, tavbamizni qabul etmasa edi, buyurmas edi.
Alloh bandasining ibodatiga zor emas. Ammo temir zanglagani kabi, insonning qalbini ham zang qoplaydi. Alloh qalbimizni ana shu zangdan poklash uchun ibodatni buyurdi.
Dunyoda sabab yoq, voqea yoki fojia bor. Ularni nimadir atash kerak bo’lsa, biz "œsabab" deb ataymiz.
Aslida-chi, Qonun bor, Azd bor, Inson bor, Adolat bor.
Ba’zan nohaqlikni ko’rib, besabrlik qilamiz: jazosini bugun, hozir bersin deymiz. Yoq, xalqda vaqt bilan bog’liq "œkosa to’lguncha" degan gap bor. Vaqti-soati yetib, Alloh shunday uradiki"¦
Orzu-havas yaxshi narsa, ammo uni to’g’ri yo’naltira bilmasangiz, har ikki dunyoda majruh qiladi.
(Taqvim kitobchasidan)