Xurmatli Munira xonim va forumning faol ayol-qizlari!
Orangizda hech kim 8-mart-Xalqaro xotin qizlar bayrami uchun sovg'a olmaganmi?Yoki zagsga oq libosda chiqib,turmush o'rtog'izngizning qo'liga tilla uzuk taqmaganmisiz?
Hech bo'masa, 1-iyun, Bolalar kunida farzandingizni parkka opchiqmagan bo'lsangiz?
Va oxirgisi, tug'ilgan kunlarga bormaganmisiz?
PS:Birortangiz shu savollarning barchasiga yo'q deb javob bersangiz, unda baxslashamiz:)
Assalmau alaykum.
Birinchidan siz bilan bahslashish niyatim yo'q.
Ikkinchidan shuncha opa-singillarimizni javoblari yetarli edi, menimcha. Lekin birinchi bo'lib menga murojaat qilganingiz uchun javob berishga qaror qildim.
Men hech qachon 8-martda sovg'a olmaganman.Bundan keyin ham olmayman,Inshaalloh.
Turmush qurganimga 12yil bo'ldi, to'yda umuman rasmiy nikohga borgan emasman. Shar'iy nikohdan uch oy o'tib rasmiy nikohdan o'tgani borganmiz.
Turmush o'rtog'imni avvalgi hayotini bilmayman, lekin menga uylanganidan keyin umuman uzuk taqqan emas.
Farzandlarimni kattasi 11,kichigi 7yosh. Ular juda ko'p marta parkka olib borganman,lekin buning uchun 1iyunni kutmaganman va bu kuni hech qachon parkka bormaganmiz.
Tug'ilgan kunga kelsak, 12yoshimda bir dugonamni tug'ilgan kuniga borganman,onamdan yashirib,lekin kelib onamga aytganimdan keyin qattiq tanbeh eshitganman. Shundan keyin umuman bormaganman.
Bu narsalarni siz bilan bahslashish yoki qilgan amallarimni ko'z-ko'z qilish uchun yozmadim.
Savolingizga yarasha javobni berdim,Inshaalloh.
Bu mavzuda "Yangi yil" haqida ham, boshqa narsalar haqida ham faqat va faqat diniy hukmlar, musulmonning qanday bo'lishi haqida haq gaplarni yozilgan.
Haq gaplarni ko'rib hazm qilolmasdan, shularni yetkazuvchilarga nisbatan "qo'pol" deguvchilarga Allohning O'zi kifoya qilsin.
Alloh taolo barchamizga Musulmonga va mo'minga yarashadigan amallarni qilishlikni nasib qilsin.
Alloh taolodan bu muborak oyning hurmatidan duolarimizni ijobatini tilab qolamiz.Amiyyn!!!