Mana uzoq kutgan uchrashuvimiz bir kundayoq tugadi, nihoyasiga yetdi.
Hozirgina hammani uy-uyiga jo'natib keldim. Fahita Honiy bilan ikkimiz Fatima va NafisaBonuni marshrutkaga o'tqazib,ularni kuzatgach, o'zimiz ham sekingina uyga yo'l oldik. Men esa yo'l-yo'lakay internetga tushib qoldim, uchrashuv yakunlaridan sizlarni boxabar qilish uchun.
Aytganimdek, zo'r joyda o'tirdik... Labi-Hovuzni eshitgan bo'lsangiz kerak!? Mana shu yerda to'rt qiz maza qilib ovqatlandik, suhbatlashdik, atrofni tomosha qildik (rasmga ham tushirdik, tez kunlarda ularni ham kiritaman).
O'tirib shu narsa xayolimga keldi, shu paytgacha nega bu yerga kelmagan ekanman-a...? Afsuslanib, ham uyalib ketdim. Qayoqdan-qayoqqa turistlar keladiyu, o'zimiz shu yurtda yashab turib bora olmasak,... Ollohga shukr, bugungi uchrashuv sabab,shahrim bilan yana bir marta diydorlashdim

.
Turistlarning hayrat to'la ko'zlarini,shahar obidalarini tinmay rasmga tushirishlarini ko'rib, shunday degim keldi: "Yurtim, jonajon Buxorom, aziz O'zbekistonim! Senga hech qachon ko'z tegmasin. Doim hozirgidek chiroyli, boshqalarni o'zingga maftun etaver!..."
PS.: boshqa barcha yuserlarni qadimiy shahrimiz Buxoroga taklif etaman. Buxoroga xush kelibsizlar...