Assalamu alaykum.
Orif akamlar bilan uchrashishimizni Ollohning o`zi xoxlab bizni qo`llagan ekan unga hamd-u sanolar bo`lsin.
Ajoyib voqea:
12- fevral kuni Orif akani kutib olish darslar tufayli yodimdan ko`tarilibdi. Telefonim esa aynan o`sha vaqt ikkinchi nomerimga (Orif aka bilmasdilar) sozlangan edi. Darsda o`tiribman, domlam: "Mana bugun fevralning 12 - kuni 1 avgustga ham kam qoldi" deb qoldilar. Meni esa o`sha vaqt faqatgina 12 - fevral degan gap qulogi`mga kirdiyu beixtiyor telefonimga qaradim telefonim ekranida esa MTS emas UCELL degan yozuv turardi. Orif akaga esa Mts dagi nomerim berilgandi. Shoshilib almashtirdim telefonimni yoqganimda esa bir minut o`tar-o`tmas +99897XXXXXXX chiqib qoldi, ko`tarsam Orif akam...