Mir Arab madrasasi XVI asrda, Ubaydullaxon davrida Shayx Abdulla tomonidan qurilgan. Shayx Abdulla (Alloh raxmat aylasin) asli Yamandan bo'lganlar. Shuning uchun u kishini Mir Arab (arabistonlik amir ma'nosida) deb chaqirishgan. Bu madrasa bir kishining mablag'i, Mir Arabning, evaziga qutilgan. Shayx Abdullaning qabrlari madrasada joylashgan, asosiy eshikdan kirganda chap tomonda. Ubaydullaxonning ham qabrlari o'sha yerda (Malumki, Shayboniylarning qabrlari Bohauddin Naqshband hazratlarining qabrlariga yaqin joyda joylashgan).
Shayx Abdulla "Allohim bu madrasada dars hech qachon to'xtamasin" deb duo qilgan ekanlar, Madrasaning sovetlar davrida ham faoliyat ko'rsatganining siri shundadir balki.
Madrasada 114 ta (Qur'ondagi suralar soni) hujra mavjud. Juda ham mukammal arxitekturaga ega. Hujralar havo tozalash tizimi bilan jihozlangan!!!
Madrasaning isitish tizimi esa butun dunyoga "Bizning kuchimizni bilmoqchi bo'lsang, qurgan binolarimizga boq" deb bong urib turibdi (afsuski tizim sirini o'rganamiz deb, unga zarar berishibdi). Barcha 114 hujra maxsus "katelni" hujrasida olov yoqish yoli orqali isitiladi. Bu zamonaviy "otopleniya" tizimidek, lekin suvsiz va quvursiz. Madrasa tashqaridan qaralganda 2 qavatdek ko'rinadi, lekin bu bir kamtarlik, u 4 qavatlidir. Amerikalik arxitektorlar madrasaning loyihasini (proyektini) chizishga harakat qilishdi va bu harakat tarixda faqatgina "harakat" o'laroq yozildi, bechoralar hech narsaga erisha olishmagan.
Bularni menga Masjidi Kalonda peshin namozini qildirgan madrasa tolibi aytib bergan edi. Ismini so'raganimda "Buxoriyev desangiz hamma biladi" degan edi.
Sayx Abdullaning ruhiga fotiha o'qishni unutmang