
Yaqinda bir buxorolik shoirning she'rlarini o'qib qoldim, menimcha forumga kiritsa bo'ladi:
Buxoroliklar 
Tarixi bir jahon, o’zi bir jahon,
Lafzi halollikda, so’zi bir jahon.
Alpomish kelbatli, izi bir jahon,
Dunyo mehrin tuyar, buxoroliklar.Ishonsa, tog’im deb, suyangani rost,
Chamanzor, bog’im deb suyangani rost,
Sensan qarog’im deb suyangani rost,
Suysa jondan suyar buxoroliklar.
Askiya, payrovga to’g’ri no’noqroq,
Soxta muruvvatdan xolis, yiroqroq,
Har biri sinovga yaqin, tutashroq,
Kuysang, birga kuyar buxoroliklar.Yolg’on — yashiqlarga sira tobi yo’q,
Aldansa bir umr uyqu — xobi yo’q,
So’zlar: nomardlarning oftobi yo’q,
Qadrin baland qo’yar buxoroliklar.Azaldan u o’tga, quyoshga o’rtoq,
Goh yaxshi, goh yomon yo’ldoshga o’rtoq,
Sabrga, chidamga,bardoshga o’rtoq,
Nur o’qib, nur kiyar buxoroliklar.
Har qizi, yigiti — bitmagan g’azal,
Tilini topmagan bo’ladi o’sal,
Sevsa jondan sevar, sevmasa — ajal,
Shundan o’zin tiyar buxoroliklar. Safar Barnoyev.