O;zbek adabiyotida katta yoqotish  ( 8829 marta o'qilgan) Chop etish

1 B

gayrat17  11 Dekabr 2007, 15:58:09

O‘zbek adabiyoti va madaniyati og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi, atoqli adib va dramaturg Said Ahmad shu yilning 5 dekabr kuni 87 yoshida vafot etdi.
Said Ahmad Husanxo‘jayev 1920 yili Toshkent shahrida tavallud topdi. 1937 yili o‘rta maktabni tugatib, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida tahsil oldi. U o‘z mehnat faoliyatini "œMushtum" jurnalida boshladi, so‘ng respublika radiosida, markaziy gazeta va jurnallar tahririyatlarida, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida xizmat qildi. 1962 yildan asosan ijod bilan shug‘ullanib, o‘zbek adabiyoti xazinasidan munosib o‘rin olgan ko‘plab yetuk asarlar yaratdi.

Adibning "œTortiq" nomli dastlabki hikoyalar to‘plami 1940 yili chop qilingan edi. Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda nashr etilgan "œEr yurak", "œFarg‘ona hikoyalari", "œMuhabbat" kabi kitoblarida yozuvchi xalqimizning azaliy fazilatlarini yuksak pardalarda tarannum etdi. Keyinchalik yaratilgan, xalqimiz hayotining turli murakkab davrlari yorqin aks ettirilgan "œQadrdon dalalar", "œHukm" qissalari, "œJimjitlik" romani, ayniqsa, mashhur "œUfq" trilogiyasi kitobxonlar qalbidan chuqur joy oldi.
Said Ahmad o‘zbek adabiyotida hikoya janrining mohir ustasi sifatida ham tanilgan edi. Uning yuksak badiiy mahorat namunasi bo‘lgan ko‘plab hikoya va hajviyalari adabiyotimiz rivojiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shildi.
Adib qalamiga mansub bo‘lgan dramatik asarlar, ayniqsa, "œKelinlar qo‘zg‘oloni" pyesasi mamlakatimizda va chet ellardagi bir qator yetakchi teatrlarda katta muvaffaqiyat bilan namoyish etib kelinmoqda.
Said Ahmad mustaqillik yillarida ham barakali ijodini davom ettirdi. Ulkan adib, hozirjavob publitsist sifatida yurtimizning ijtimoiy va madaniy hayotida faol ishtirok etdi, ko‘plab iste’dod sohiblariga ustozlik qildi.
Bu davrda uning ma’naviy hayotimizda muhim voqea sifatida e’tirof etilgan "œYo‘qotganlarim va topganlarim", "œQorako‘z Majnun", "œKiprikdagi tong" singari yangi asarlari o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi.
Said Ahmadning adabiyotimiz va madaniyatimizni yuksaltirish yo‘lidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib baholandi. U "œO‘zbekiston Qahramoni", "œO‘zbekiston xalq yozuvchisi", "œO‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi" faxriy unvonlariga sazovor bo‘lgan, "œBuyuk xizmatlari uchun" va "œDo‘stlik" ordenlari bilan taqdirlangan edi.
Atoqli adib va ajoyib inson Said Ahmadning porloq xotirasi xalqimiz qalbida hamisha saqlanib qoladi.

Qayd etilgan

gayrat17  22 Mart 2008, 04:32:50

xech fikr bildirmabdi. taziya bildirib o'tsalaring xam bo'lardi

Qayd etilgan

UighurDadxah  25 Mart 2008, 15:12:54

kechikib xabar topib qolgan b'olsammi bu buyuk inson uchun qoyg'uli taziyamni bildiraman ! man bu mashhur O'zbek yozuvchisining hajviylarni << Shinjang Gazetasi >> din oqup bahrlanganman,
"œKelinlar qo‘zg‘oloni" ni Shinjang operasinin ijrasida ko'rganman !

Qayd etilgan

UighurDadxah  25 Mart 2008, 15:16:10

Qayd etilgan

UighurDadxah  25 Mart 2008, 21:11:56

Shinjang xalq neshriyotidagi  Abduvali Xalpatov  degan zod Said Ahmad hajviylaridan Uigurchilashtirar edi !

Qayd etilgan