Umumiy bo'lim > Madaniyat

So'zlashish madaniyati

<< < (2/5) > >>

Robiya:
Тил кснгил таржимони. Тафаккур оламида юзага келган, хаёлда кезинган фикр-мулоҳазалар тил воситасида ифода қилинади. Тил Аллоҳ таоло инсон зотига ато стган снг улуғ неъматлардан бири. Инсонлар тил воситасида муомалага киришадилар.
Ҳар инсон сз қарашларини осон услубда, тушунарли шаклда ифода қилса, нур устига нур. Акс ҳолда муаммолар пайдо бслади, мужмаллик асабга тегади, билим сависмизга, дунёқарашимизга салбий таъсир стади.
Аотиқнинг айтганлари ҳикматли ссзлар, мақолалар билан безалса фикри тушунарли, таъсирчан ост ва ҳадисларга таснса асосли бслади.

Алломалар тилида, ссзи ёки ёзувида сунъийлик, ғайритабиийлик сезилмайди. Улар тилидан ҳикмат ёғилади. А­шитган киши ксп саволларига жавоб топади.
Аниқ айтадиган гапи бслмаган одам чайналади, бир гапириб икки тсхтайди. Аафақат сзини, балки тингловчини ҳам қийнаб юборади. Бундай "Аотиқ"нинг жим тургани маъқул смасми? Аслида, баъзан инсон сукут сақлаб ҳам схшигина "гапириши" мумкин. Кимдир қош чимириб, кимдир мийиғида кулиб, умуман юзидаги имо-ишора билан ҳам ссзлайди одам. Гоҳида бу ҳолат, съни, инсон юзидаги ифода тинимсиз гапирган кимсанинг нутқидан таъсирли чиқади. Баъзида гапнинг сга-кесимини жойига қсйиб, сунъий бир куюнчаклик билан адабий тилда тарақлатиб гапирган кишининг гапидан ксра, шева ссзларини аралаштириб, юракдан ссзлашган кишининг гаплари кспларга маъқул келади.
Машғулот жараёнида фикри чалғиган муаллим сқувчини авраб бир амаллаб вақтни стказиши мумкин. Иложини топмаса, таълим жараёнини танбеҳга, миш-мишларга буриб қссқолади...
Аутқ гсзал, тушунарли ва маъноли бслиши керак. Айниқса, киши халқ оммаси олдида туриб гапирса, одамлар кснглига сқин тилда ссзлашиши лозим. Шунда айтилган гап таъсирли чиқади, унга сшитувчи амал қилади. Manba

Amina:
albatta suzlashish bu kishining madaniyatini bildiruvchi eng asosiy belgi hisoblanadi. Inson hayot ekan, u turli xil vaziyatlarda, turili xildagi insonlar bilan suzlashib turadi., Ayni shu paytda u birgina suz bilan uzining "qanday" ekanligini aytib beroladi. ammo bugungi kunga kelib, bu juda dolzarb muammo sanalmoqda. negaki kishilar "suzlashish madaniyati" degan tushuncha borligini unutib quymoqdalar...

Bobomurod-max:
Assalomu alaykum ahli Turkiston!! Yuqorida suzlashish borasidagi ajoyib fikrlardan bahra olish bahti nasib qilibdi, shu borada men ham ikki og'iz aytar su'zimni yozsam degandim. Suzlashuv deganda hali ham ku'p chilik ovoz chiqarish orqali u'z fikrini tushuntirishni tushunadi. Su'zlashuv sa'natidan yiroq kishilar hatto u'z ona tilida uddalab gapira olmaydi. Juda ku'p ruscha su'zlarni ishlatish oqibatida juda hunuk lahja paydo bulgan!! bu tilni u'zbek tili deyishga og'iz bormaydi. yaqinda bir qizginani dadasiga " papa maktabimgacha otvezyosh? " deganini eshitib qoldim... buni qanday sharhlashga ojiz qolasan kishi

_NOSTRA_:
Assalomu alaykum.Bu hozirgi kundagi eng dolzarb mavzulardan.Chunki har bir aytilgan gap otilgan o'q demakdir,afsuski ayrim birodarlarimiz bu haqida o'ylashmaydi.Insonni har bir aytgan so'zi uni ichki dunyosi tasvirini suxbatdoshiga chizdirish demakdir.Suxbatdosh sizni gaplaringizga qarab siz haqingizda fikrga ega bo'ladi.Siz fikr bildirayotgan paytda suxbatdoshingizni faqat ijobiy emas balki salbiy fikr bildirishiga ham tayyor turish sizni bildirmoqchi bo'lgan fikringizdan qaytarmaydi.
.Ko'p gapirgan ko'p tutiladi.Gapni qisqa va lo'nda aynan  fikrlarni jamlab suxbatdosh hozir va keyin ham so'zlagan so'zingizdan hafa bo'lmaydigan darajada o'ylab so'zlash durustroq.

JaviK:
Telefonda so’zlashish odobi
Hayotimizga telegraf, radio, keyin telefon kirib keldi. Radiotelefon, peydjer, uyali aloqa telefoni"¦ Inson hayotining turmush tarzi rivojlanib bormoqda.
Muhim telefon so’zlashuvlari qisqa, muloyim va hurmat yuzasidan bo’lishi kerak. Tadqiqotlarga ko’ra, tik turgan holda gaplashsangiz, ovozingizdagi ohang qat’iyroq bo’ladi. Agar o’tirgan holda gapirsangiz, ovozingiz yumshoqroq va muloyimroq chiqadi.
Telefonda gaplashishning bir nechta umumiy qoidalari bor. Raqam terishdan avval o’ylab ko’rishingiz kerak. Sizning qo’ng’irog’ingiz xush kelarmikan? Telefon qilayotgan kishingizni bezovta qilib qo’ymasmikansiz? Shu tobda siz qo’ng’iroq qilayotganingizda uni kimdir bezovta qilmayotganmikan?
Har qanday qo’ng’iroq salomlashish va tanishishdan boshlanadi, keyin gaplashishingiz kerak bo’lgan odamni chaqirib berishlarini iltimos qilasiz.
Suhbatni boshlashdan oldin, muhim ishdan qoldirmadimmi deb so’rang.
Yodda tuting, tanishingiz yoki dugonangiz bilan shoshilmasdan suhbat qurayotgan paytingiz, sizga muhim ish bilan qo’ng’iroq qilayotgan bo’lishlari mumkin. Telefon orqali bekorchi gaplarni gaplashmang. Agar do’stingiz bilan ko’ngildan suhbatlashmoqchi bo’lsangiz, u bilan biror joyda uchrashib gaplashganingiz ma’qul. Judayam kech bo’lib qolganda tanishingizga qo’ng’iroq qilmang. Agar 5-6 marta chaqirgandan keyin telefonni hech kim ko’tarmasa, boshqa qo’ng’iroq qilmang. Agar kimdir raqamni noto’g’ri terib sizga tushib qolsa, qo’pollik qilmay, mayinroq javob bering: "œKechirasiz, boshqa raqamga tushib qoldingiz". Eslab qolish zarur bo’lgan shunday qoida bor: do’stingizning uyiga ogohlantirmasdan bormang. Bu telefonning afzalliklaridan biridir.
Hech qachon telefon qilayotgan insonga "œKim bu gapirayotgan?" deb so’ramang. Bu odobdan emas.
Telefonda gaplashayotgan vaqtda aloqa uzulib qolsa, o’sha odamga qayta qo’ng’iroq qiling. Noto’g’ri ulanib qolgan bo’lsa, gaplashishdan oldin qayerga qo’ng’iroq qilayotganligini aniqlab oling.
Go’shakdan baqirib gapirmang — bu eshitishni yaxshilamaydi; yaxshisi shoshmasdan, so’zlarni aniq ifodalab gapiring. Gaplashayotganda qo’pol ham, o’ta muloyim ham bo’lmang. Uchrashuvga kelishib olayotganingizda, telefonda hamma savollarga javob bermang. Kimnidir telefonga chaqirib berishlarini so’rashsa, "œKim so’rayapti?" deb qiziqmang. Lekin rahbaringiz so’rasa, qanday joy bilan ulanayotganingiz, kim gapirayotgani, qayerdan v anima maqsadda qanday tanishtirish kerakligi haqida bilib olishingiz kerak.
Go’shakni ko’tarib qo’ymang. Yana qo’ng’iroq qilishlari mumkin. Yaxshisi, "œ20-30 daqiqadan keyin qo’ng’iroq qiling", deb ayting. Sherigingizga qo’ng’iroq qilishga kelishgan bo’lsangiz, va’dangizni bajaring. O’ta zarur ishingiz bo’lmasa, ishdagi odamga shaxsiy ishlar bilan qo’ng’iroq qilmang. Ish yuzasidan bo’lsa, bir necha daqiqaga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.
Ogohlantirmasdan turib, ertalab soat 8.00 gacha, kechqurun soat 22.00 dan keyin qo’ng’iroq qilmang. Telefoningiz oldida qayd daftarchasi va qalam turishi kerak. Nimanidir yozib olish zaruriyati tug’ilsa, bu narsalarni qidirib qolmasligingiz zarur.
O’ta muloyimlik ham odobdan emas. Shakarningham ozi yaxshi. Albatta, "œmarhamat qilib", "œrahmat" so’zlarini ishlatasiz, biroq uzoq so’rashib, boshni qotirmaganingiz ma’qul.
Telefonsiz insonga tez yordam ko’rsatib bo’lmaydi. Bunda bo’lib o’tgan voqeani aniq va lo’nda ifoda etish zarur. Ortiqcha gaplar bilan vaqt yo’qotmagan ma’qul. Agar favqulodda hodisa bo’lgan vaqtda qo’lingizda telefon bo’lsa, yordam chaqirish uchun berish zarur. Qarindoshlaringiz, do’stlaringiz, tanishlaringizning boshiga biror ish tushsa, telefon orqali so’rash to’g’ri kelmaydi, bunday vaqtda ularning oldiga qanday yordam kerak, deb ko’ngil so’rab borish zarur.
Odatda, ishga doir qo’ng’iroqlar ishxonaga qilinadi. Agar vaziyat taqozosi bilan kimningdir uyiga telefon qilishga to’g’ri kelsa, avvalo uzr so’rash, shundan so’nggina qo’ng’iroqdan maqsadingizni qisqa bayon qilish lozim. Tafsilotlarni uchrashganda yoki ishxonaga qo’ng’iroq qilganda gaplashishga kelishib oling. Chunki odamlar uyda ish haqida o’ylamay, dam olish huquqiga egalar. Bu huquqni hurmat qilish kerak.
Agar notanish odamga qo’ng’iroq qilayotgan bo’lsangiz, albatta o’zingizni tanishtirib, bu raqamni sizga kim berganini ayting.
G’arbda telefon orqali har qanday suhbat 3-5 daqiqadan ortiq davom etmasligi kerak, deb hisoblashadi. Bunga, hech bo’lmaganda, ish yuzasidan bo’layotgan suhbat jarayonida amal qiling.
Qoida bo’yicha, qo’ng’iroqni qabul qilayotgan shaxs birinchi bo’lib tanitmaslik huquqiga ega. "œKim bilan gaplashayapman?", "œBu kim?", "œMen qayerga tushdim?" kabi so’roqlar bilan gap boshlash odobsizlik sanaladi. Agar qo’ng’iroqqa chaqirilgan kishi joyida bo’lmasa, go’shakni olgan odam kim telefon qilganini aniqlashtirib o’tirmasligi kerak. "œKim so’rayapti?"dan ko’ra "œNima deb qo’yay?" degan so’roq yaxshiroq.
Telefonda so’zlashayotganda tinglash qobiliyati juda muhim. Buni esdan chiqarmang.
Ko’chada, odamlar orasida ba’zida mobil telefon orqali baqirib gaplashayotgan kishini uchratamiz. Yoki tramvay, avtobusda ketayotganimizda mobil telefonida gaplashayotgan odamning ovozini hamma eshitadi. Aytishlaricha, Yaponiyada avtobusda ketayotgan biro dam mobil telefonda baqirib gaplashgani uchun atrofidagi yo’lovchilar uni do’pposlashgan ekan. Bu kabi muammolarga biz duch kelmaymiz, deb bo’lmaydi. Nachora, ehtiyojlarning o’zi qonun-qoidalarni paydo qiladi. Jamoat joylarida mobil telefoningizga qo’ng’iroq qilib qolishsa agar zarur bo’lmasa, yaxshisi, "œHozir transportda yoki biror joyda edim, sal turib o’zim qo’ng’iroq qilaman", deganingiz ma’qulroq. Zero, telefonda so’zlashuv ham sizning nazokatingizni belgilab beradi.

P.s: O`ylaganlarim netda bor ekan mambani keyinroq yozaman ;)

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version