Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)  ( 506020 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 20 B


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 11:09:44

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1-10

Adabiyot
1. AbdulAziz: Abdullo Qodiriyning "Mehrobdan chayon" romanida Anvarning otasi ismi nima edi?
Javob: Salim bo'yoqchi. - Maknuna 3 ball, Qaysar 2 ball;

Geografiya
2. AbdulAziz: Dunyodagi maydoniga ko'ra eng katta dengiz qaysi?
Javob: Filippin dengizi. - Assalom 5 ball;

San'at
3. AbdulAziz: "Dovud" haykali muallifi kim?
Javob: Mikelanjelo. - Webmonster 4 ball;

Kosmonavtika
4. AbdulAziz: Koinotga ko'tarilgan birinchi ayol kim?
Javob: Valentina Tereshkova. - Webmonster 5 ball;

Islom tarixi
5. AbdulAziz: Islom tarixidagi birinchi shahidlar kimlar edi?
Javob: Ammor r.a.ning onasi Sumayya r.a. - Assalom 5 ball;

Islom tarixi
6. Assalom: Qur'oni karimda nomi zikr qilingan yagona sahoba kim?
Javob: Zayd ibn Horisa r.a. - Behzodbek 5 ball, Assalom 1 ball;

Olam
7. Assalom: Dunyoning yetti mo'jizasini sanang
Javob: 1. Misr ehromlari. 2. Bobil osma bog'lari. 3.Artemida ibodatxonasi. 4. Galikarnas dahmasi. 5. Zevs haykali. 6. Rodosdagi haykal. 7. Iskandariya minorasi. - WebMonster 5 ball, Assalom 1 ball;

Islom
8. Behzodbek: Ma'lumki, quyosh tikkaga kelgan payt namoz o'qib bo'lmaydi. Ulamolarimiz buning sababini nimada deb aytishadi?
Javob:  Quyosh tikkaga kelganda jahannam eshiklari ochiladi. Webmonster 5 ball; Behzodbek 1 ball;

Falsafa
9. AbdulAziz: "Insonni qidiryapman!" deya kunduz kuni ham sham ko'tarib yurgan qadimgi yunon faylasufi kim edi?
Javob: Diogen. - Bekmirzo 5 ball;

Musiqa
10. AbdulAziz: Ayollarning eng baland ovozi nima deb ataladi?
Javob: Soprano. - Maknuna 5 ball;

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 11:42:14

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 11-20

Astronomiya
11. AbdulAziz: Eng katta astroid qaysi?
Javob: Serera (Cerer). - Bekmirzo 5 ball;

Zoologiya
12. AbdulAziz: Kemiruvchi chumoli?
Javob: Termit. - Assalom 5 ball;

Geografiya
13. AbdulAziz: Everest cho'qqisiga birinchi bo'lib ko'tarilgan yangi zelaydiyalik alpinist?
Javob: Hillari. Bekmirzo 5 ball;

San'at
14. Qaysar: Dunyoning yetti mo'jizasidan biri Zevs haykalini kim yasagan?
Javob: Fidiy (Fidias). Bekmirzo 5 ball; Qaysar 1 ball;

O'zbekiston tarixi
15. Qaysar: Buyuk Amir Temurning onasi ismi nima edi?
Javob: Takinaxotun. Maknuna 5 ball; Qaysar 1 ball;

Tasviriy san'at
16. AbdulAziz: Mashhur fransuz rassomi, "Qayerdanmiz? Kimmiz Qayoqqa ketayapmiz?" asari muallifi?
Javob: Gogen. Bekmirzo 5 ball;

TV tarixi
17. AbdulAziz: 1928 yili Toshkentda televizorni kashf qilgan olim kim?
Javob: Grabovskiy. Behzodbek 5 ball;

Tarix
18. Bekmirzo: Moskva shahriga asos solgan knyaz kim edi?
Javob: Yuriy Dolgorukiy. AbdulAziz 5 ball; Bekmirzo 1 ball;

TV-tarixi
19. Bekmirzo: Eng birinchi diktorning (ayol kishi) ismi-familiyasi?
Javob: Ursula Patschke. Bekmirzo 1 ball;

Din tarixi
20. AbdulAziz:  "Tavrot"va "Injil"da yozilishicha, Odam atoning Qobil ha Hobildan keyingi uchinchi o'g'li, 50 sahifali ilohiy oyatlar nozil qilingan, 912 yil yashagan payg'ambar kim?
Javob: Shis (Sif) payg'ambar.  Assalom 5 ball;

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 11:42:33

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 21-30

Islom tarixi
21. AbdulAziz:  Ma'lumki payg'ambarimiz hayot paytlarida hijriy yil hisobi yuritilmas edi. Savol: hijriy-qamariy yil hisobini kim joriy qilgan?
Javob: Umar ibn Hattob r.a. Qaysar 5 ball;

Astronomiya
22. AbdulAziz:  Kosmonavtikaning asoschisi, kosmik kemalar ixtirochisi?
Javob: Siolkovskiy. Maknuna 5 ball;

O'zbekiston tarixi
23. Qaysar: Ma'lumki Qu'oni karim o'zbek tiliga 5 marta tarjima qilingan. Kalomullohni o'zbekchga o'girgan 5 ta ulamoni sanang.
Javob: 1. Oltinxonto'ra Taroziy. 2. Domla Hindustoniy. 3. Shayx Alovuddin Mansur. 4. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. 5. Shayx AbdulAziz Mansur. Behzodbek 5 ball; Qaysar 1 ball;

Biologiya
24. Qaysar: O'rgimchaklarni o'rganuvchi fan?
Javob: Araxnologiya. AbdulAziz 5 ball; Qaysar 1 ball;

Din tarixi
25. AbdulAziz:  "Isroil" so'zi kimdan va qayerdan kelib chiqqan?
Javob: Yahudiylarning tarixiy otasi Yoqub a.s.ning laqabi "Isroil" (Allohning quli) edi. Yoqub a.s.ning 12 o'g'lidan 12 yahudiy qabilalari tarqagan. Webmonster 5 ball;

Pul
26. AbdulAziz:  500 $, 1000$ va 5000$ lik pullar(bank notalari)da qaysi AQSh prezidentlarining rasmi bor?
Javob: 500$ da - Villiam MakKinli, 1000$ da - Grover Klivland, 5000$ da - Jeyms Medison. Webmonster 5 ball;

Islom tarixi
27. AbdulAziz:  Ma'lumki Islom kelgan payt Arab yarim orolida johiliyat avjiga chiqqan payt edi. Payg'ambarimiz ham dastlab da'vatni yashirin olib bordilar. Bu paytda Makkai mukarramadagi Ka'batulloh atrofi turli butlar bilan to'lgan edi. Mushriklar ana shu butlarga sig'inishardi. Bunday paytda Baytullohda Islom haqida so'z ochishning o'zi katta falokatga olib kelardi. Mana shunday paytda ham Baytullohda "La ilaha ilallohu, Muhammadur Rasululloh"ni oshkora aytgan sahoba kim edi?
Javob: Abu Zarr G'iforiy r.a. Maknuna 5 ball;

Geografiya
28. AbdulAziz:  Dunyodagi eng uzun ko'l qaysi?
Javob: Tangan'ika. Webmonster 5 ball;

Etimologiya
29. AbdulAziz:  Eskimoslarning turar joyi nima deb ataladi?
Javob: Iglu. Webmonster 5 ball;

Ajoyibotlar
30. Noza: Dunyodagi eng kichkina kitob kimga tegishli va uni kim yaratgan?
Javob: Anton Chexovning "Xameleon" kitobi bo'lib, uni Omsklik mikromuniaturachi Anatoliy Koenko yaratgan. Mohinur 5 ball; Noza 1 ball;

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 11:42:53

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 31-40

Zoologiya
31. Noza: Dunyodagi eng tez ilon qaysi?
Javob: Qora mamba. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball;

Islom
32. AbdulAziz:  Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ning "Injil"dagi ismlari?
Javob: Forqilit (Fraklit). Assalom[/b] 5 ball.

O'zbekiston tarixi
33. AbdulAziz:  O'zbekistonda 1997 yil qanday nom bilan atalgan edi?
Javob: Inson manfaatlari yili.  Behzodbek 5 ball;

Geografiya
34. AbdulAziz:  Dunyodagi eng balandda joylashgan ko'l?
Javob: Titikaka. Margiloniy 5 ball; Bekmirzo 5 ball;

Fizika
35. AbdulAziz: Edison kashf qilgan 3 ta ixtironi sanang.
Javob: Fonograf, kineskop, telegraf. Webmonster 5 ball;

Adabiyot
36. AbdulAziz: Don Kixotning sevgan yori? (Servantes)
Javob: Dyulsineya. Shoir 5 ball;

Islom tarixi
37. Margiloniy: Rasululloh umrlari bo'yi qilgan g'azotlarida faqat bir kishini o'z qo'llari bilan o'ldirganlar. O'sha kishi kim edi ?
Javob: Ubay ibn Xalaf AbdulAziz 5 ball; Margiloniy 1 ball;

Falsafa
38. Behzodbek: "Gunohdan nafratlan, gunohkordan emas", iborasi kimga tegishli?
Javob: Lev Tolstoy AbdulAziz 5 ball; Behzodbek 1 ball.

Falsafa
39. Behzodbek: Insonga "siyosiy hayvon" deya ta'rif bergan faylasuf kim?
Javob: Aristotel. Bekmirzo 5 ball; Behzodbek 1 ball;

Futbol
40. Jadid: Ham Jahon Chempioni, ham Yevropa, ham Osiyo chempioni bo`lgan dunyodagi yagona futbolchi kim?
Javob: Mirjalol Qosimov Otabek 5 ball; Jadid 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 11:43:21

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 41-50

O'zbekiston tarixi
41. AbdulAziz: Turkiston jadidlarining birinchi gazetasi qaysi?
Javob: "Taraqqiy". Shoir 5 ball;

Adabiyot
42. AbdulAziz: O'zbek adabiyotidagi birinchi epopeya qaysi?
Javob: "Qullar". Shoir 5 ball;

Tarix
43. Maknuna: Chingizxonning asl ismi nima edi?
Javob: Timuchin.  Margiloniy 5 ball; Maknuna 1 ball;

Tarix
44. Maknuna: Qadimgi rimliklar nima uchun g'ozni muqaddas sanashgan?
Javob: Rimga forslar bostirib kirganda g'ozlar g'o-g'olab ularni ogoh qilgan va "Rimni qutqargan".  Behzodbek 5 ball; Maknuna 1 ball;

Adabiyot
45 Muxbir: Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romanini o'zbekchaga kim tarjima qilgan?
Javob: Asil Rashidov. Maknuna 5 ball; Muxbir 1 ball.

Geografiya
46. Muxbir: Dunyodagi eng baland to'g'on qaysi? Uning balandligi qancha?
Javob: Rogun (Tojikiston), balandligi 335 metr. Bekmirzo 5 ball; Muxbir 1 ball.

Futbol
47. Muxbir: Futbol bo'yicha ayollar o'rtasida birinchi jahon chempioni qaysi davlat? Finalda qaysi davlat bilan kuch sinashgn?
Javob: AQSh (1991-yil, Guanchjou, Xitoy). Finalda Norvegiyani 2-1 hisobida mag'lub etgan. Bekmirzo 5 ball; Muxbir 1 ball.

Shaxmat
48. Muxbir: Shaxmat bo'yicha birinchi jahon chempioni kim? U qayerlik?
Javob: Adolf Anderssen 1859-1866 yillarda shaxmat bo'yicha jahon chempioni bo'lgan; germaniyalik. Muxbir 1 ball.

Geografiya
49. Muxbir: Dunyodagi turistlar eng ko'p tashrif buyuradigan mamlakat qaysi? Yiliga qancha turist tashrif buyuradi?
Javob: Fransiya; yiliga 77,010,000 (2002) turist tashrif buyuradi. Bekmirzo 5 ball; Muxbir 1 ball.

Geografiya
50. Muxbir: Dunyodagi aholisi eng ko'p shahar qaysi? Uning aholisi qancha?
Javob: Tokio, Yaponiya; 26.4 million (2000). Bekmirzo 5 ball; Muxbir 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 11:43:44

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 51-60

Arxitektura
51. Muxbir: Hozirgi kunda dunyodagi eng baland bino qaysi? Uning balandligi qancha, necha qavatdan iborat?
Javob: Taipei 101 (Taipei, Taiwan),  2003yili ishga tushirilgan, balandligi 508 metr, 106 qavat. Bekmirzo 5 ball; Muxbir 1 ball.

Arxitektura
52. Muxbir: Dunyodagi eng uzun temiryo'l tunneli qaysi? Uning uzunligi qancha?
Javob: Seykan (Yaponiya); 54 metr. Bekmirzo 5 ball; Muxbir 1 ball.

Tarix
53. Muxbir: Sobiq SSSR Kommunistik partiyasi liderlarini tartib bilan sanang.
Javob: 1. Vladimir Ilich Lenin (1917—22). 2. Jozef Stalin (1922—53). 3. Nikita Hrushchev (1953—64). 5. Leonid Brejnev (1964—82). 6. Yuriy Andropov (1982—84). 7. Konstantin Chernenko (1984—85). 8. Mikhail Gorbachev (1985—91). Bekmirzo 5 ball; Muxbir 1 ball.

Fizika
54. Muxbir: Nyutonning boshiga olma tushib, butun dunyo tortishish qonunini yaratgani haqida birinchi marta hikoya yozgan fransuz yozuvchishi kim?
Javob: Volter. Shoir 5 ball; Muxbir 1 ball.

Islom tarixi
55. Sohibjon: Payg'ambar (s.a.v) Madinaga qilgan hijrat safarlarida Eron shohi Kisroning uzugini kimga va’da qilganlar?
Javob: Suroqa ibn Molik. Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. ga Madina safarida yo'l ko'rsatgan Suroqa ibn Molikka Eron podshohi Kisroning bilaguzugi bir kun senga tegajak, olam ahli buyrug'ingga bo'ysungaylar, deya bashorat qiladilar. Hazrati Umar davrlarida butun Eron fath qilinadi. Shunda hz. Umar Kisroning bilaguzugini Suroqaga taqib qo'yadilar. AbdulAziz 5 ball; Sohibjon 1 ball.

Zoologiya
56. Noza: Dunyodagi eng yeb to’ymas mavjudot qaysi?
Javob: Ninachi. U 2 soat ichida 40 ta pashsha va mayda chivinlarni paqqos tushiradi. Noza 1 ball.

Adabiyot
57. Noza: "œUmid qilamanki umidimiz tongi otajak, balo zindonlarining qora tuni yo’qolajak" satrlari kimga tegishli?
Javob: Nodirabegimga. Noza 1 ball.

Fanlar
58. Noza: "œNomlar haqidagi fan" nima deb ataladi?
Javob: Onomastika Bekmirzo 5 ball; Noza 1 ball.

Geografiya
59. Noza: Yer kurrasida g’aroyib bir dengiz bor. Uning sohillari yoq. U qaysi dengiz va qayerda joylashgan?
Javob: Sargasso AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Adabiyot
60. Noza: V.F.Odoevskiyning "œRus she’riyatinig qoyoshi so’ndi" deb aytgan so’zlari kimga qaratilgan?
Javob: Pushkinga. Shoir 5 ball; Noza 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 11:44:29

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 61-70

Zoologiya
61. Noza: Dunyoda mavjud toshbaqaning eng yirigi qaysi?
Javob: Terili dengiz toshbaqasi. Uning og’irligi 544 kg, zirhining uzunligi 183 sm, panjalari uchlari o’rtasidagi kengligi 274 sm. U Yangi Zellandiya sohillarida, Atlantika, Tinch va Hind okeanlari kengliklarida uchraydi. Noza 1 ball.

Zoologiya
62. Noza: Quruqlikda yashaydigan eng kichik toshbaqa qaysi?
Javob: Madagaskarda yashaydigan o’rgimchak toshbaqa. Noza 1 ball.

Zoologiya
63. Noza: Yer yuzidagi eng katta timsoh qaysi?
Javob: Gvial. Uzunligi 7m dan oshadi. Noza 1 ball.

Futbol
64. Otabek: 1999 yili "Oltin to'p" sohibi bo'lgan futbolchini aniqlang.
Javob: Rivaldo. AbdulAziz 5 ball; Otabek 1 ball.

Futbol
65. Otabek: Germaniyaning "Bavariya" klubida o'ynayotgan gollandiyalik xujumchini aniqlang.
Javob: Roy Makaay. Bekmirzo 5 ball; Otabek 1 ball.

Futbol
66. Otabek: 1994 yilgi Jahon chempionatida Rossiya-Kamerun o'yinida qanday natija qayd etilgan?
Javob: Rossiya 6:1 hisobida g'alaba qozongan. Bekmirzo 5 ball; Otabek 1 ball.

Futbol
67. Otabek: Chexiya terma jamoasi xujumchisi Milan Barosh hozirda qaysi klub sharafini himoya qilmoqda?
Javob: "Aston Villa". Otabek 1 ball.

Futbol
68. Otabek: Kim Xitoy terma jamoasiga 2002 yilgi Jahon Chempionatida bosh murabbiylik qilgan?
Javob: Serbiyalik Bora Milutinovich. Otabek 1 ball.

Siyosat
69. Behzodbek: Mahatma Gandining Hindiston ozodligi yo'lidagi kurashda qo'llagan mashhur g'oyaviy usuli qanday edi?
Javob: "Kuch ishlatmaslik - e'tiqodimning birinchi ustunidir!" ("Non-Violence Is the First Article of My Faith"). AbdulAziz 5 ball; Behzodbek 1 ball.

Falsafa
70. Assalom: Inson baliqdan dunyoga kelgan degan evolyustsion nazariya asoschisi bo'lgan qadimgi yunon faylasufi kim?
Javob: Anaksimandr. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 11:44:47

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 71-80

Islom tarixi
71. Assalom: Handaq g'azoti musulmonlar uchun g'alaba bilan yakaunlanganini bilamiz. Ma'lumki arablarda shu paytgacha jangda handaq qazish usuli bo'lmgan. Savol: Handaq qazishni taklif qilgan sahoba kim?
Javob: Salmon Forsiy r.a. Behzodbek 5 ball; Assalom 1 ball.

Geografiya
72. Assalom: Geografiya atamasini birinchi bo'lib qo'llagan qadimgi yunon mutafakkiiri kim?
Javob: Eratosfen. Maknuna 5 ball; Assalom 1 ball.

Tarix
73.  Maknuna: AQSh tarixida muddati tugamay iste'fo bergan birinchi prezident kim?
Javob: Richard Nikson (1968-1974 yillar mobaynida prezidentlik qilgan). Webmonster 5 ball; Maknuna 1 ball.

Tarix
74.  Maknuna: 1865-1869 yillarda AQSh prezidenti bo'lgan Andryu Jonson siyosatga kirmasdan oldin qaysi kasb bilan shug'ullangan?
Javob: Tikuvchi bo'lgan. AbdulAziz 5 ball; Maknuna 1 ball.

Tarix
75. Webmonster: Oq uyda birinchi bo'lib avtomobili bo'lgan prezident kim?
Javob:  Teodor Ruzvelt. Kumushbibi 5 ball; Webmonster 1 ball.

Tarix
76. Webmonster: Birinch bo`lib qo`l ushlashib ko`rishishni joriy qilgan AQSh prezidenti kim? Undan oldin erkaklar egilib ko`rishishar edi.
Javob: Tomas Jeferson. Kumushbibi 5 ball; Webmonster 1 ball.

Futbol
77. Otabek: Angliya terma jamoasi xujumchisi Maykl Ouen hozir qaysi klub libosida harakat qilmoqda?
Javob: Nyukasl. Otabek 1 ball.

Futbol
78. Otabek: Argentina tarixida eng qimmatli futbolchi Xavier Saviolaning ayni paytdagi klubini aniqlang.
Javob: Sevilla Assalom 5 ball; Otabek 1 ball.

Futbol
79. Otabek: "Chelsi" (Angliya) xujumchisi Didie Drogba qaysi terma jamoa sharafini himoya qiladi?
Javob: Kot d'Ivuar Kumushbibi 5 ball; Otabek 1 ball.

Futbol
80. Otabek: Angliyaning eng qari futbol jamoasini aniqlang.
Javob: Angliyaning eng qari jamoasi "Sheffild Yunayted". Bu jamoa nafaqat Angliyada, balki butun dunyoda eng qari hisoblanadi. Otabek 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 11:45:51

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 81-90

Futbol
81. Otabek: Argentinalik Ariel Orteganing muxlislar o'rtasidagi laqabi nima?
Javob: El Burrito. Kumushbibi 5 ball; Otabek 1 ball.

Din tarixi
82. AbdulAziz: Ma'lumki yahudiylardan juda ko'p payg'ambarlar chiqqan. Ular oxirgi payg'ambarning ham o'zlaridan chiqishini umid qilib yashardilar. Allohning taqdirida esa oxirgi payg'ambar arabdan chiqishi yozilgan edi. Savol: Arablardan chiqqan 5 payg'ambarni sanang.
Xint: Ulardan birining o'zi va tili ibroniy bo'lsa-da, keyinchalik u arablardan xotin olib, arabchani to'liq o'zlashtirgani uchun o'zi va avlodlari "musta'riba" (asli arab bo'lmay, arablikni qabul qilgan) bo'lgan.
Javob: Hud a.s., Solih a.s., Ismoil a.s., Shuayb a.s., Muhammad s.a.v. Maknuna 5 ball;

Islom
83. AbdulAziz: Arablarda insonni o'z nomi bilan emas, kunyasi bilan chaqirish odati bor. Masalan, Abu Abdulloh, Ibn Hakam, Ummu Gulsum va h. Mashhur sahobalardan Abu Hurayraning ma'nosi nima? Bunga qaysi voqea sabab bo'lgan?
Javob: Abu Hurayraning ma'nosi "Mushukchaning otasi" demakdir. Abu Hurayra mushuk boqardilar. Englariga mushukchalarini solib yurardilar. Shuning uchun ham Payg'ambarimiz s.a.v. ul zotni shunday ataganlar. Behzodbek 5 ball;

Adabiyot
84. AbdulAziz: Shekspir yozgan 5 ta tragediyani sanang.
Javob: "Hamlet" ("Gamlet"), "Othello" ("Otello"), "King Lear" ("Qirol Lir"),  "Macbeth" ("Makbet"),  "Timon of Athens" ("Afinalik Timon"). Webmonster 5 ball;

Tarix
85. AbdulAziz: Qaysi Angliya qirolichasi "Yevropaning momosi" ("Grandmother of Europe") nomi bilan mashhur bo'lgan va nima uchun?
Javob: Qirolicha Viktoriya. Uning bolalari va nevaralari boshqa Yevropa qirollari farzandlari bilan oila qurishgani uchun. Webmonster 5 ball;

Sport
86. AbdulAziz: 2004 yil, Afinada o'tkazilgan yozgi olimpiada o'yinlarida yurtimiz sportchilari nechta medal bilan taqdirlandilar (nechta oltin, kumush, bronza)?
Javob: 5 ta: 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumiy hisobda 34-o'rin. Manba: Xalqaro Olimpia Qo'mitasi (International Olympic Committee (IOC). Webmonster 5 ball;

Tarix
87. Feruza: Gavay orollari AQSH tomonidan olinishidan oldin uning qirolichasi kim bo'lgan?
Javob: Qiqolicha Liliuokalani. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.

Futbol
88. Otabek: Mashhur italiyalik futbolchi Dino Badjoni butun dunyoda xushlashmaydi. Sababini bilasizmi?
Javob: Dino Badjo o'z singlisiga uylangan va shu tufayli uni butun dunyoda yoqtirishmaydi. Otabek 1 ball.

Futbol
89. Otabek: Gollandiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Edgar Davids asli qaysi davlatda tug'ilgan?
Javob: Surinam. Bekmirzo 5 ball; Otabek 1 ball.

Futbol
90. Otabek: Ispaniyada "Valensiya" nomli futbol klubi bor. Osiyoning qaysi davlatida aynan shu nomdagi futbol jamoasi bor?
Javob: Maldiv orollari. Bekmirzo 5 ball; Otabek 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 11:46:09

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 91-100

Siyosat
91. Maknuna: Jahon tarixida birinchi yollanib o'dirilgan prezident kim?
Javob: Avraam Linkoln (1861-1865 yillarda AQSh prezidenti bo'lgan). AbdulAziz 5 ball; Maknuna 1 ball.

Arifmetika
92. Maknuna: Rim raqamidagi MMMCCLXXVIII sonini arab raqamiga o'giring.
Javob: 3278 (MMM-3000; CC-200; LXX-70; VIII-8;) Bekmirzo 5 ball; Maknuna 1 ball.

Tarix
93. Maknuna: Xiyonati, zino bilan qo'lga tushgani uchun o'z qizi Juliani surgun qilgan Rim imperatori kim edi?
Javob: Oktavian Avgust. AbdulAziz 5 ball; Maknuna 1 ball.

Geografiya
94. Noza: Qadimda Lyutetsiya deb nomlangan shahar qaysi?
Javob: Parij. Kumushbibi 5 ball; Noza 1 ball.

Topishmoq
95. Noza: Qishda uyda nima yaxlaydiyu, ko’chada yoq?
Javob: Deraza. Behzodbek 5 ball; Noza 1 ball.

Topishmoq
96. Noza: Ikkita qo’y-biri boshi bilan shimolga, ikkinchisi esa janubga qarab turibdi. Ular boshini aylantirmasdan bir- birini ko’ra oladimi?
Javob: Ha, agar boshi bilan bir biriga qarab turgan bo’lsa. Noza 3 ball.

Adabiyot
97. Noza: Mixail Bullgakovning "œUsta va Margarita" asaridagi mushukning nomi?
Javob: Begemot. Kumushbibi 5 ball; Noza 1 ball.

Geografiya
98. Noza: 1961 oldin, y’ani eramizning 40 yilida barpo etilgan Evropaning yirik shaharlaridan biri?
Javob: Bu London shahri, dastavval bu shahrning nomi Lodinium bo'lgan. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

San'at
99. Noza: "œMaysaraning ishi" operasini kim yaratgan?
Javob: Sergey Yudakov. Noza 3 ball.

Adabiyot
100. Noza: Shekspirning "œRomeo va Julietta" asaridagi voqealar qaysi shaharda bo’lib o’tadi?
Javob: Verona. Kumushbibi 5 ball; Noza 1 ball.

Qayd etilgan