Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)  ( 428621 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 B


AbdulAziz  20 Noyabr 2007, 21:51:33

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 621-630

621. "Muqaddas kishi" unvoniga ega bo'lgan qadimgi Rim imperatori?
Javob: Oktavian Avgust

622. 1998 yilgi futbol bo'yicha JCHda Shotlandiya terma jamoasi sardori bo'lgan futbolchi va uning klubi?
Javob: Colin Hendry, Blackpool Clyde

623. Rasululloh aytdilar: Har bir din o'ziga xos xususiyatga ega. Islomning o'ziga xos hususiyati ...dir dedilar. Payg'ambarimiz islomning hususiyati deb nimaga aytganlar?
Javob: Hayo

624. Alloh taolo Qur'oni Karimda uning jazosi odam o'ldirgan kishining jazosidan ham og'irroq deb zikr qilgan narsa nima?
Javob: Fitnaga sabab bo'lguvchi insonni jazosi qotilni jasodidan qattiq.

625. Turk futboli afsonasi Hoqon Shukur ayni paytda qaysi jamoa sharafini himoya qilmoqda? (2007)
Javob: Galatasaray

626. Bir necha yil Ispaniyaning 'Real Sosiedad' klubida o'ynagan va bu mavsum 'Villyareal'ga o'tgan turkiyalik xujumchi?
Javob: Nihat Kahveci.

627. "Navoiy" romanini kim yozgan?
Javob: Oybek.

628. Bobur necha yoshida taxtga o'tirgan?
Javob: 12.

629. Kryeg Bellami qaysi terma jamoa sharafini himoya qiladi?
Javob: Kreyg Bellami Angliyani "West ham United" klubi va Uels terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

630. G.G.Markesning "Oshkora qotillik qissasi" asariga qaysi hikmat epigraf qilib olingan?
Javob: «Takabburlik bilan ham mehr-muhabbat qozonish mumkin». Jil Visenti.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Noyabr 2007, 21:51:43

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 631-640

631. Lui Aragon qaysi asarni "Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib qissa" deb atagan?
Javob: Chingiz Aytmatovning "Jamila" qissasi.

632. Pablo Nerudaning asl ismi nima?
Javob: Neftali Rikardo Reyes.

633. T.Murod qaysi asari haqida "Men o'zbek xalqiga haykal qo'yaman!" degan?
Javob: "Otamdan qolgan dalalar".

634. T.Malik "Falak" qissasida kimni "Batlimusi davron" deb atagan?
Javob: Ali Qushchini.

635. U nimadir, darvozasiz qal'adir
U nimadir, derazasiz binodir
U nimadir, odamlarga ko'rinmas
U nimadir, yemadilar to'ydilar
U nimadir, ulug' kunga qo'ydilar
Shoir bo'lsang,shundan bizga ber xabar.
Javob: U ko‘ngildir - darvozasiz qal’adir,
U qabrdir - derazasiz binodir,
Ubalodir - kelsa ko‘zga ko‘rinmas,
U diydordir - yemadilar, to‘ydilar,
U namozdir - qiyomatga qo‘ydilar.
Bizdan salom bo‘lsin, javobimiz shu.

636. "œTarjimanul Qur’on"(Qur’on tarjimoni) nomiga sazovor bo’lgan sahoba kim?
Javob: Abdulloh ibn Abbos

637. Internet kashfiyotchisi kim?
Javob: Tim Berners - Li.

638. Uyali telefonni kim kashf etgan?
Javob: Martin Kuper.

639. Rasuli-Akram S.A.V.ning hadislari bilan ogohlantirilganimiz 7 halok qilguvchi narsalar qaysilar ?
Javob: Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yettita halok qiluvchi gunohdan saqlaninglar», dedilar. «Yo Rasululloh, ular qaysilar?» deb so‘rashgan edi, «Allohga shirk keltirish, sehr, Alloh (o‘ldirishni) harom qilgan jonni nohaq o‘ldirish, yetim molini yeyish, dushman bostirib kelgan kunda (jangdan) qochish va pokdomon mo‘mina ayollarni badnom qilish», deya javob berdilar» (Mutaffaqun alayh).

640. Islom jihodlarida jangdan avval eng kop tilovat qilinadigan qur'oniy sura qaysi?
Javob: Anfol surasi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Noyabr 2007, 21:52:01

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 641-650

641. Har bir jon o'lim sharbatini tortguvchidir. Allohni huzurida go'zal o'lim bor u qanaday o'lim?
Javob: Shahidning o'limi.

642. Allohning huzurida maqbul bo'lgan olimga erishgan insonni barcha gunohi kechiriladi,ammo bir ishi kechirilmaydi deyilgan bu Alloh kechirmas bo'lgan ish qaysi ish?
Javob: Alloh huzurida eng maqbul o'lim shahidlikdur,shahidni barcha gunohlari kechiriladi lekin birovdan qarzi kechirilmaydi zero qarz bergan kishi kechmagunicha.

643. Orqaga qarab yura olmaydigan jonivor qaysi?
Javob: Kenguru.

644. Qaysi davlatning bayrog'ida 22 marta "Allohu akbar" deb yozilgan?
Javob: Eron.

645. Kishi boshiga hisoblanganda, eng ko'p qahva iste'mol qiladigan xali qaysi?
Javob: Shevdlar.

646. 1980 yillarning ohirlarigacha ham Butan davlatida shu narsa bo'lmagan, bunga ishonish qiyin, lekin bu haqiqat. Bu narsa nima?
Javob: Telefon bo'lmagan.

647. Bu ko’lga 336 ta daryo kelib quyiladi va faqat bir daryo- Angara bu ko’ldan oqib chiqadi? Bu qaysi ko'l?
Javob: Baykal ko'li.

648. Italiyada- qirol, Ispaniyada- qirolning akasi, Germaniyada- protektor (homiy, himoyachi), Shveytsariyada- mediator (vositachi) va Frantsiyada imperator bo’lgan mashxur shaxs kim?
Javob: Napoleon Bonopart.

649. Kembrij universiteti talabalari dastlab bu o'yinni o'ynash uchun sigar qutisi va shampan vinasi qopqoqlaridan foydalanishgan. Bunday antiqa usulda paydo bo'lgan o'yin nomini toping?
Javob: Stol tennisi.

650. Ipak qurtida 4000 dan ziyod, odamda esa 639 ta? Bu nima?
Javob: Mushak.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Noyabr 2007, 21:52:35

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 651-660

651. Yerdan eng uzoq sayyora qaysi?
Javob: Pluton.

652. Rasululohning sav ismlari bir nechta. Buni hammamiz bilamiz. Lekin ularni eng birinchisi va eng mashhuri Muhammad. "Muhammad"ning ma'nosi nima?
Javob: "Muhammad" so'zi arab tilidagi "Hammada" (to'xtovsiz maqtadi) fe'lidan olingan. "Muhammad" - To'xtovsiz maqtaladigan ma'noni anglatadi.

653. Ulamolar Rasulullohning sav amakilari nechta ekanligiga ijmo' qilishgan?
Javob: Ularmolar Rasulullohning sav amakilari 9 ta ekanligiga ijmo' qilishgan. "Ar-Rohiyqul maxtum" kitobidan.
Rasulullohning sav bobolari Abdumutallibning 10ta o'g'li bo'lgan.
1.Horis.
2. Zubayr.
3.Abu Tolib.
4. Abdulloh.
5.Hamza.
6.Abu Lahab.
7.G'aydoq.
8. Miqvam yoki Muqavvim.
9. Safor.
10. Abbos.

654. Rasulullohning sav ammalari nechta bo'lgan?
Javob: 6 ta: Ummu Hakim Bayzo, Barra, Otika, Safiya, Arvo, Umayma.

655. Rasululloh sav yilning qaysi faslida tug'ilganlar?
Javob: Bahor faslida.

656. Ispaniyaning "Barselona" klubi qachon tashkil etilgan?
Javob: 1899 yilda tashkil etilgan.

657. YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan qaysi shahar 2007 yilning dunyo kitob poytaxti sifatida e'tirof etildi?
Javob: Kolumbiya poytaxsti - Bogota.

658. Alloh taolo "Ahzob" surasining 56-oyatida Rasulullohga sav salovat aytishni buyurgan. Rasulullohga sav salovat aytishning ma'nosi nima?
Javob: Bunga ko'chilik ulamolar har xil ta'rif berishgan. Ularning ulamolar ijmo' qilishgan ta'rif,  ulug' tobe'in Abul Oliya aytgan ta'rif: "Sollallohu alauhi vasallam" degani "ALloh taolo O'z payg'ambarini farishtalari huzurida maqtasin va salom yuborsin" deganidir. Imom Buxoriy "Al-jome'us sahih".

659. Rasulullohning sav ismlari Qur'oni karimning necha joyida zikr qilingan? Va qaysi ismlari necha martdan zikr qilingan?
Javob: Rasulullohning sav muborak ismlari Qur'oni Karimda besh marta zikr qilingan. To'rt marta "Muhammad" va bir marta "Ahmad".

660. Bizga ma'lumki, Qur'on oyatlari ikkiga bo'linadi. Madaniy va Makkiy. Rasulullohning sav ismlari qaysi suralarda kelgan? Suralarning nomini ham toping.
Javob: Rasulullohning sav ismlari Madaniy suralarda kelgan. "Oli - Imron", "Ahzob", "Muhammad", "Fath" va "Saf".

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Noyabr 2007, 21:52:52

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 661-670

661. Ulamolar sahihligiga ijmo' qilishgan va "mutavotir" darajasiga yetgan shajaradan Rasulullohning sav nechta ota-bobolari joy olgan?
Javob: Yigirma bitta ota - bobolari joy olgan: Abdulloh, Abdumutallib,Hoshim, Abdumannof,Qusay, Kilob, Murra, Ka'b, Luay, G'olib, Fihr, Molik, Nazr, Kinona, Xuzayma, Mudrika, Ilayos, Muzar, Nizor, Ma'add, Adnon.

662. Muhaqqiq olimlarni tadqiqlariga ko'ra Rasulullohning sav bobolari Adnon bilan Ismoil a.s. ortasida nechta avlod o'tgan?
Javob: O'ttiz to'qqizta.

663. Rasulullohning sav otalari Abdulloh Abdulmutallibning nechanchi o'g'li bo'lgan?
Javob: To'rtinchi.

664. 1996 yili qaysi futbolchi "Ozbekistonning eng yaxshi futbolchisi" deya topilgan?
Javob: Pavel Bugalo.

665. 15-16 asrlardan boshlab qaysi davlatda "Odamlar qo'ylarga yem bo'lyapti" degan gap tarqala boshlagan?
Javob: Angliya.

666. Tekshiruv natijasida dunyoda eng ko'p va baland gapiradiganlar Italiyaliklar hisoblanarkan. Eng kam gapiradiganlar qaysi millat vakillari?
Javob: Finlar.

667. Yer yuzida qaysi orolning atigi 1% da odam yashaydi?
Javob: Karib oroli.

668. Dunyodagi yagona tishlamaydigan it turi qaysi?
Javob: Basenji.

669. Qaysi qushning ko'zlari miyasidan kattaroq bo'ladi?
Javob: Tuyaqush.

670. Qaysi davlatning davlat madhiyasi 158 xil ko'rinishga ega?
Javob: Gretsiya.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Fevral 2008, 07:37:42

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 671-680

671. Erkak kishi hayoti davomida, o'zi bilmagan holda bu mahsulotdan o'rtacha 5 kg iste'mol qilar ekan. Bu qaysi mahsulot?
Javob: Lab bo'yog'i.

672. «Aflotuni zamon» kim?
Javob: Qozizoda Rumiy.

673. Sharq Arastusi kim?
Javob: Forobiy.

674. Sharq Rafeli kim?
Javob: Kamoliddin Behzod.

675. Otasi, onasi, bobosi, buvisi, tog'asi va xolasi tomonidan insonlarning eng sharaflisi bo'lgan ikki aka-uka kim?
Javob: Imom Hasan va Imom Husayn. Otalari - Ali r.a., onalari - Fotima r.a., bobolari - Hazrati Muhammad SAV, buvilari - Hazrati Hadicha r.a., xolallari esa Payg'ambar SAVning qizlari Zaynab r.a.

676. Islomiy tablig' uchun Rasululloh SAV qaysi o'lkalarga elchi jo'natganlar?
Javob: Eron, Rum, Habashiston, Misr, Bahrayn, Ummon.

677. Kitob nozil bo'lmay, sahifa tushirilgan payg'ambarlar qaysi? Ularga necha sahifa tushirilgan?
Javob: Odam a.s.ga 10 sahifa, Shis a.s.ga 50 sahifa, Idris a.s.ga 30 sahifa, Ibrohim a.s.ga 10 sahifa.

678. Uhud jangida payg'ambarimiz S.A.V.ni himoya qilib orqalariga sanchilgan nayza o'qlari tipratikan tikani singari bo'lgan sahobiyni ismi shariflari kim?
Javob: Anas ibn Nazr roziyallohu anhu.

679. Sahobalar tomonidan jihodlarda kamonni o'qidek uchib yurardi degan guvohlik qaysi sahobaga berilgan?
Javob: Qa'qo roziyallohu anhu haqida shunday guvohlik berishgan sahobalar.

680. Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.dan rivoyat qilingan hadisda 70 ming  kishi soroq savolsiz jannatga kiradilar deyilgan.Bu jannat sohiblari ikki kasallikda davolanmak vaqtlarida parhezkor bolganlari sabab soroqsiz jannatga kiradilar.Bu qanday kasalliklar?
Javob: Bu ikki toifa insonlar kasallik vaqtlarida dam soldirmagan va kuydirib davolatmagan insonlardir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Fevral 2008, 07:38:13

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 681-690

681. Jihod maydonida eng birinchi shahid bo'lgan sahoba kim?
Javob: Mihja r.a.

682. Uhud g'azotida ilk shahid bo'lgan sahoba kim?
Javob: Abdulloh ibn Amr r.a.

683. Alloh yo'lida ilk qilich ko'targan sahoba kim?
Javob: Abu Zarr G'iforiy

684. Alloh yo'lida ilk o'q otgan sahoba kim?
Javob: Sa'd ibn Abu Vaqqos r.a.

685. Ansorlardan ilk shahid bo'lgan sahoba kim?
Javob: Horis ibn Suroqa r.a.

686. Rasululloh sav Makkada Bani Hoshim mahallasida tug'ilganlar. Ammo kimning uyida tug'ilganlar?
Javob: Muhammad (saw) Abutolib  xonadonida dunyoga keldilar.

687. Rasululloh sav tug'ilayotganlarida kim doyalik qilgan?
Javob: Abdurahmon ibn Avfning onasi Shaffo  doyalik qildi.

688. Rasulullohga sav kim "Muhammad" deb ism qo'ygan?
Javob: Payg'ambarimiz(saw)ning Bobolari Abdul Muttolib "Muhammad" deb nom qo'ygan.

689. "Shaqqi sadr" voqeasi Rasulullohning sav hayotlari davomida necha marotaba sodir bo'lgan?
Javob: 2 marta: 1-chisi 4 yoshlarida, 2-chisi merojda.

690. Rasululloh sav yetim bo'lib qolganlari u kishiga ulkan mehribonlik ko'rsatgan bobolari Abdumutallib vafot etganlarida bu ulug' zot sav necha yoshda bo'lganlar?
Javob: 8 yoshga kirgandilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Fevral 2008, 07:38:42

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 691-700

691. Rasululloh sav necha yoshlarigacha amakilari Abu Tolibning qaramog'ida bo'lganlar? Va necha yoshlarigacha amakilarini  himoyalarida bo'lganlar?
Javob: Rasululloh sav 25 yoshlarigach amakilari Abu Tolbni qaramog'ida, 50 yoshlarigach himoyalarida bo'ldilar.

692. Rasululloh sav Hadichaga r.a. uylanganlarida mahriga nima berganlar?
Javob: 20 ta urg'ochi bo'taloq. Manba: "Ar-Rahiyqul maxtum', As-Siyratun nabaviya" (Ibn Hishom), "Nurul basar".

693. Rasululloh sav uzukni aynan qaysi barmoqlariga taqar edilar?
Javob: Imom Muslim va Nasoiy rivoyatlariga ko'ra va "Shamoili Muhammadiya" da kelishicha, Rasululloh sav uzukni jimjiloqlariga taqqan ekanlar.

694. Rasululloh sav tashqi ko'rinishda qaysi payg'ambarga o'hshardilar?
Javob: Ibrohim alayhissalomga.

695. Rasulullohga sav ilk vahiy nozil bo'lgan, Hiro g'ori joylashgan tog' kechinchalik qanday nomlangan?
Javob: Nur tog'i deb nomlangan.

696. Ilk vahiy nozil bo'lganida Jabroil a.s. Rasulullohga sav qanday suratda ko'ringanlar?
Javob: Odam suratida.

697. Bizga ma'lumki birinchi vahiy bilan ikkinchi vahiy orasida bir oz uzilish bo'lgan. Ikkinchi vahiyda qaysi suraning, qaysi oyatlari nozil bo'lgan?
Javob: "Mudassir" surasining 1-7-oyatlari.

698. Qullardan kim birinchi bo'lib Islomni qabul qilgan?
Javob: Zayd ibn Horisa r.a.

699. Bizga ma'lumki namoz farz bo'lgunicha musulmonlar ertalab va kechqurun namoz o'qishgan. Rasululloh sav bilan birinchi bo'lib namoz o'qigan inson kim?
Javob: Hadicha r.a.

700. Rasululloh sav oshkor da'vat qilish uchun Alloh taolodan buyruq olganlaridan keyin Safo tepaligida da'vatni boshlaganlar. SHunda amakilari Abu Lahab u kishini qattiq haoqat qiladi va hatto urish uchun qo'liga tosh ham oladi. Shundan keyin "Masad" surasi nozil bo'lgan. Bu hodisa Nubuvvatning nechanchi yili sodir bo'lgan?
Javob: 4-yili.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Fevral 2008, 07:39:29

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 701-710

701. Muhammad (SAW) Hadicha r.a ga  kimni sovchi qilib yuborgan? Va Hadicha binti Xuvaylid r.a  o'sha  paytda  nech yosh bo'lganlar?
Javob: Bu nikohni barpo bo'lishida birinchi bo'lib Hadicha r.a. dugonalari Nafisa ishtirok etgan va sababchi bo'lgan. Rasululloh sav Hadicha r.a. amakilari Abu Tolibni sovchilikka yuboradilar. U payt Hadicha r.a. 40yoshda bo'lganlar.

702. Rasululloh sav qo'shnilarining aziyatlaridan uzoq bo'lish uchun Arqam r.a. uyiga Nubuvvatning nechanchi yili ko'chib o'tganlar?
Javob: Nubuvvatning 5-yili.

703. "Ey Muhammad sav! Biz seni kimligingni, doimo rost so'zlashing, hech qachon yolg'oz gapirmasligingni bilamiz. Biz seni emas, balki sen keltirgan dinni yolg'oz deb hisoblaymiz..." Bu soz'larni Rasulullohga sav Allohning g'azabiga uchragan qaysi shaxs aytgan?
Javob: Abu Jahl

704. Rasulullohga sav juda ko'p ozor bergan qo'shnilaridan qaysi biri keyinchalik Islomni qabul qilgan?
Javob: Hakam ibn Abul Os.

705. Rasululloh sav oshkor da'vat boshlaganlari keyin, har xil bozorlarda, odam gavjum joylarda buni amalga oshirishni boshlaganlar. Shunda u zotni orqalaridan yurib:"Unga quloq solmanglar, u ota-bobolarining yolidan voz kechgan, yolg'onchi der edi. Bu badbaxt kishi kim?
Javob: Abu Lahab

706. Rasululloh sav nubuvvatning 4-yili oshkor da'vatni boshlaganlaridan keyin, quraysh xalqi haj mavsumi kelyotganidan tashvishga tushadilar. Hajga keluvchilarni Islom da'vatiga quloq solishdan to'sish uchun "Dorun-Nadva" maslahatchilari u zot to'g'risida bir bo'xton so'zni tarqatishga kelishib oladilar. U so'z qaysi edi?
Javob: Ular u Zotni sehrgar, deb gap tarqatamiz, deb kelishib olishgan.

707. Rasululloh SAVni boshqa payg'ambarlardan ustun qilgan uchta jihat bor. Bular qaysilar?
Javob: 1. Eng oxirgi payg'ambar bo'lganliklari.
2. Jinlarga ham payg'ambar bo'lganliklari.
3. Shariat va keltirgan yo'lllarining dunyoning so'nggiga qadar davom etmog'i.

708. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam aytgan Alloh taolo Arshning soyasida soyalantiradigan 7 toifa kimlar?
Javob: 1. Odil boshliqni;(podsho).
2. Yoshlikdan Allohning ibodati bilan o'tgan kishini;
3. Yolg'iz holida Allohni eslab ko'z yosh to'kkan kishini;
4. Qalbi doim masjid bilan bog'langan kishini;
5. O'ng qo'li bilan bergan sadaqani chap qo'li bilmagan (ya'ni, maxfiy sadaqa qilgan) kishini;
6. Alloh yo'lida do'stlashgan ikki kishini;
7. Chiroyli ayol fahshga chorlaganda "œAlloh taolodan qo'rqaman", deb bosh tortgan kishini".

709. Otasi, bobosi va katta bososi payg'ambar bo'lgan poayg'ambar kim?
Javob: Ibrohim A.S-Ismoil A.S-Ishoq A.S-Yaqub A.S-Yusuf A.S

710. Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu qancha vaqt halifalik qilganlar?
Javob: 2 yil 3 oyu 8 kun.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Fevral 2008, 07:44:08

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 711-720

711. Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu hijratning nechanchi yili vafot etganlar?
Javob: Hijratning 12 yili Yamanda vafot etganlar.

712. Hazrati Umar roziyallohu anhu hijratning nechanchi yili vafot etganlar?
Javob: Hijratning 23 yilida shahid bo’lganlar.

713. Hazrati Usmon roziyallohu anhu hijratning nechanchi yili vafot etganlar?
Javob: Hijratning 35 yili shahid bo’lganlar.

714. Hazrat Ali karamullohu vajhahu qancha vaqt halifalik qilganlar?
Javob: 5 yil halifa bo’lganlar.

715. Ali karamullohu vajhahuning ikki tig’li, yani ayri qilichlari islom tarixida qanday nom olgan?
Javob: Zulfiqor

716. O'z ichida  eng ibratli qissalardan uchtasini  jamlagan Qur'oni karimdagi sura qaysi? Bu sura mushrikalrni payg'ambarimizni tang holga solish uchun topgan savollariga javob o'laroq nozil bo'lgan. Va bu sura nubuvvatning nechanchi yili nozil bo'lgan.
Javob: Kahf surasi, bu sura ham Makkiy suralardan va 110 oyatdan iborat. «Ashobul-Kahf» qissasi, Muso bilan Xizr (a.s.)larning ibratli qissalari va Zulqarnayn qissalari ham o'z ifodasini topgan. 

717. Islom tarixidagi birinchi shahidlikka erishga Sumayya r.a. kim o'ldirgan?
Javob: Abu Jahl

718. Habashistonga qilingan birinchi hijratda nechta sahobiy, nechta ayol va nechta erkak ishtirok etgan?
Javob: 12 ta erkak va 4 ta ayol hijrat qilishgan. Ularga Usmon r.a. rais bo'lganlar. Manba: "Ar-Rahiyqul maxtum", Ibn Qayyim Javziya, "Zodul ma'od", "Rahmatun lil-olamiyn" 1-kitob.

719. Mushriklarning rahbarlari Abu tolibni oldiga kelib:"Ey Abu Tolib! Yo Muhammadning faoliyatini to'xtatasan yoki uni bizga topshirasan", deb tahdid solishgan. Bu voqea Makka davrining, ya'ni nubuvvatning nechanchi yili sodir bo'lgan?
Javob: Bu voqea nubuvvatning 6-yili bo'lgan.

720. Rasululloh sav oldilariga bir mushrik kelib:"Men Qur'oningga ham, Jaroil farishtangga ham ishonmayman", deb U muborak Zotga qo'l ko'taradi. Ko'ylaklarini yirtadi va yuzlariga tupuradi. Lekin tupuk u Zotning muborak yulariga tegmaydi. Shunda Rasululloh sav:"Ey Alloh! Uning ustiga itlaringdan birini yuborgin", deb uni duoyibad qiladilar. O'sha mal'un kim edi? Va u qanday o'lim topgan?
Javob: Bi mal'un Utayba ibn Abu Lahab. Bu duoyibaddan keyin bu inson bir guruh qurayshlar bilan Shom safariga boradi. U yerda "Zarqo" degan joyga qo'nadi. O'sha kecha ularning atrofida sher aylanib yuradi. Buni ko'rgan Utayba:"Allohga qasamki,Muhammad meni duoyibad qilgandi,shuning uchun shu sher meni yeydi. Men Shomda bo'lsam ham, Muhammad Makkada turib meni o'ldirdi-ya", dedyi....Ertalabga yaqin sher odamlar orasidan aynan unga tashlanib boshini g'ajib tashlaydi.

Qayd etilgan