"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1141-1150
1141. Asosan kompyuter mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bu kompaniya butun dunyoda yuqori sifat ramzi deb tan olingan. 2007 yili kompaniya nomidan «computer» (kompyuter) atamasi olib tashlandi. Buni muassasa faoliyat ko‘lamini kengaytirib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga kirishgani bilan izohlash mumkin. Bu qaysi kompaniya?
Javob: IBM
1142. Bir rivoyatga ko'ra, xoqon ovga chiqdi va odamlarga vahshiy hayvonlarni Ila daryosi tomon quvishni buyurdi, bu juda katta suv. Odamlar ov qilib hayvonlarni suv tomon hayday boshladilar, shunda .... nechta hayvon suvdan o‘tdi va ular nimani atab berishdi?
Javob: Muchal, 12 ta hayvon suvdan o'tgan.
1143. Sahroi Kabir cho‘llarida yiliga 160 ming muqim, vertikal va gorizontal nimalar kuzatiladi?
Javob: Sarob
1144. Uylarni raqamlash ilk marta XVIII asrda Londonla paydo bo‘lgan. Ungacha nima bilan aniqlanardi?
Javob: Ungacha uy egasining ismi bilan atalgan. Masalan, Janob Smit xonadoni....
1145. Benjamin Franklin uni shunday ta’riflagan: "œU — o‘choqqa o‘tin, qozonga - go‘sht, dasturxonga — non, davlatga — daromad, hamyonga — pul, tanaga — kuch, ustga — kiyim-bosh, miyaga — aql, oilaga — farovonlik baxsh etadi". Bu ta’rif insonning irodasiga bog‘liq qaysi xislatga tegishli?
Izoh: buni zamonaviy muammolarning oldini olishdagi eng yaxshi xislat deb atash ham mumkin. Yana bir yordam: musulmonlarga bu xislatning keragi yo‘q.
Javob: Hushyorlik (mast emaslik)
1146. XVIII asrda yashagan Rossiya malikasi Yekaterina II o‘zini tanqid qilgani uchun o‘sha davrdagi mashhur rus tarixchisi Nikolay Novikovni 1792 yil 1 avgustda 15 yilga qamoqqa hukm qildi. Ammo bir tabiiy sababga ko‘ra, Novikov 4 yildan keyin ozodlikka chiqdi. Bu qanday sabab edi?
Javob: Yekaterina II 1796 yil vafot etgan. O’rniga imperator Pavel I kelgan. Keyin u Novikovni ozod qilgan.
1147. Gi de Mopassan, Aleksandr Dyuma, Sharl Gunolar unga qarshi edi. Hattoki Mopassan uning "œbadbashara" qomatini ko‘rmaslik uchun Eyfel minorasining doimiy mijoziga aylandi. Chunki u Eyfel minorasidan ko‘rinmas edi. U nima?
Javob: Eyfel
1148. "œU ahmoq uchun og‘ir yuk, johil uchun qish, ilm ahli uchun ayni hosil davridir". Fransua Volter inson hayotining qaysi davrini shunday ta’riflagan?
Javob: Keksalik davrini
1149. 1856-1860 yillarda AQShning 15-prezidenti bo‘lgan Jeyms Byukenen shu kungacha bo‘lgan barcha 44 prezident ichida nimasi bilan farq qilgan? Ushbu farq uning shaxsiy hayotiga tegishli bo‘lgan.
Izoh: Shaxsiy hayotiga tegishli farq uning oilaviy holati bilan bog‘liq bo‘lgan.
Javob: Bu yerda gap shundaki, u bir umr bo'ydoq o'tgan yagona prezident sanaladi, ya'ni uylanmagan.
1150. Qur'oni karimni tafsir qilishni qaysi sahoba boshlab berganlar?
Javob: Abdulloh ibn Abbos