"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 331-340
Adabiyot
331. Shoir: Ravshanning Qoraxon tomonidan qamoqqa olinishiga sabab nima edi? Bu fitnani amalga oshirgan shaxs kim edi?
Javob: Zulxumor Ravshanbekni o'z bog'ida rosa mehmon qiladi. Zulxumorning kanizlaridan Oyqiz ravshanga ko'p iltifot qilsa-da, uning iltifotini qozona olmagach, bu sirdan xonni ogoh etadi. Qoraxonning mirshablari Ravshanni Zulxumor bilan uxlab yotishgan joyidan bandi qiladilar. Feruza 5 ball, Shoir 1 ball.
Adabiyot
332. Shoir: Ravshanbekni Shirvon elida asrab olgan kampirning katta o'g'lining kal shogirdlari kimlar edi va ular qaysi sohalarda mohir edilar?
Javob: Aynoq kal - nonxo'r, polvon;
Jaynoq kal - masxaraboz;
Ersak kal - mergan;
Tersak kal - sinchi; AbdulAziz 5 ball, Shoir 1 ball.
Adabiyot
333. Shoir: Ravshanbekning qamoqdan yozgan maktubini Chambil eliga qaysi qush eltib beradi?
Javob: Mayna. Feruza 5 ball, Shoir 1 ball.
Adabiyot
334. Shoir: "Ravshan" dostoni qachon, kim tomonidan, qaysi baxshi tilidan yozib olingan?
Javob: "Ravshan" dostoni birinchi marta folklorshunos olim Hodi Zarif tomonidan, 1928-yili Ergash Jumanbulbul baxshi og'zidan yozib olingan va 1941-yilda nashr etilgan. AbdulAziz 5 ball, Shoir 1 ball.
Adabiyot
335. Shoir: Ravshanbek Zulxumorni izlab chiqqanda necha yoshda bo'ladi?
Javob: 15-16 yoshda. Feruza 5 ball, Shoir 1 ball.
Tarix
336. Feruza: 1848-1849 yillar Yevropadagi qo'zg'olonlar natijasida iste'foga chiqarilgan va o'z jonini saqlab qolish maqsadida ayollar kiyimida qochib ketgan hukumat boshlig'i kim?
Javob: Avstriya kanzleri Klemens Wenzel Lothar von Metternich. Bekmirzo 5 ball, Feruza 1 ball.
Tarix
337. Feruza: XIX asrda "Yevropa jandarmi" deb atalgan davlat va nima uchun?
Javob: Rossiya. Feruza 3 ball.
Tarix
338. Feruza: 1870-yilda Italiyaning milliy davlar bo'lib birlashishida xizmatlari katta bo'lgan 3 shaxs.
Javob: Giuseppe Garibaldi, Giuseppe Mazzini, Graf Camillo Benso di Cavour. Bekmirzo 5 ball, Feruza 1 ball.
Tarix
339. Feruza: Kim 5 soat ichida konstitutsiya ishlab chiqqan?
Javob: Otto fon Bismark. Assalom 5 ball, Feruza 1 ball.
Matbuot
340. Feruza: Birinchi rus bosma gazetasining nomi nima va qachondan boshlab chiqarila boshlangan?
Javob: Wedomosti, 1703 yildan chiqa boshlagan. Bekmirzo 5 ball, Feruza 1 ball.