Eslaysizmi: "Onangizga oxirgi marta nima sovg`a qilgansiz?"  ( 83911 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 B


Hadija  07 Oktyabr 2010, 13:23:57

Onajonimga ohirgi marotaba, qalbimdagi eng iliq tilaklarimni, kechirimimni, hamda duolarini so'rab yozgan o'zim yasagan xatni sovg'a qilgandim.
Bechora onajonim, har doim sumkalarida olib yuradila, ba'zan yig'larkanlar ham :). Mahtanib qo'yay, ishhonadagi barcha kasbdoshlari buni ko'chirib olishdi, oldiniga hijolat bo'lib, nega bunday qildiz deb hafa bo'ldim. Hozir esa hursand bo'laman. Zato, u kasbdoshlari mani ham duo qilarkanlar. Alhamdulillah  ::)

Qayd etilgan


Habib  08 Oktyabr 2010, 10:19:59

Qayerga yozishni bilmay, shu yerga yoza qoldim.

Alam nima, azob nima, armon nima bilganman,
Sotilgan ishq sharobini bilib-bilmay ichganman.
Allohimning yo’llarida shu kunlarga kelganman,
Jannatlardan onam sizga kelin orzu qilganman.

Mayli, sevsin  meni gullar, mayli, sevsin tongu sabo,
Suyganiga dard beradi, keyin esa berar davo.
Alloh suyib dard berganda, dard neligin bilganman,
Jannatlardan onam sizga kelin orzu qilganman.

Ojizmanu, qancha dilni hursand qilib kelganman,
Bu dunyoning sirlari ko’p, barchasini bilganman.
Menga kelin topmangiz deb takror-takror aytganman,
Jannatlardan onam sizga  kelin orzu qilganman.

Abdulla Qurbonov qo'shig'idan.

Qayd etilgan


Gabriela  10 Oktyabr 2010, 07:11:18

oxirgi marta adashmasam atir sovg'a qilgandim

Qayd etilgan


Bilolchik  26 Oktyabr 2010, 18:54:57

onalar uchun eng kotta sovg'a bu farzandining quvonchiyu shirin so'zlari ekan,bazida shuni ham qizog'onamiz,bir og'iz shirin so'zimizga muhtoj ekanliklarini bilib turib buni aytmeymiz.Baxtimizga onalarimiz doim sog' bo'lishsin.

Qayd etilgan


Saliha  17 Noyabr 2010, 18:07:46

3 oy oldin yonlariga borganimmi o'zi kotta sovga bo'ldiyu :3 lekin juda ko'p sovga olib bordim, birma bir etme qo'ya qolede  :13 oyimlaga sovgami ichidan eng yoqqani taqincho bo'ldi..onalarimizaga qancha hadyalar bersek ham, shuncha kam..

Qayd etilgan


Anjela  26 Noyabr 2010, 07:47:37

Assalomu  alaykum  forumdoshlar.  Man  sovg'a  ulashishni  juda  yoqtiraman.  Ayniqsa  oyijonimga,  bayramlarda,  tug'ilgan  kunlarida  va umuman  olganda  imkonim  bo'lgan  boshqa vaqtlarda sovg'alar  berib  turaman.  Oyijonimga  birinchi  marta  o'z  qo'llarim  bilan  tayyorlagan  otkritka  sovg'a  qilgandim.  O'shanda  oyijonim  xursandligidan  yig'lab  yuborgan  edi.  Keyinchalik  esa  esda  qolarli  sovg'alar  berishga  harakat  qildim.  Oxirgisi  esa  tug'ilgan  kunlarida  Lucia  atiri  edi. 

Qayd etilgan


MaHfiYa  06 Dekabr 2010, 10:43:40

 :as:
ha Qurbon iydida bitta romol sovg'a qilgandm , :3

Qayd etilgan


Ansora  12 Dekabr 2010, 13:37:35

:as:
Bugun ertalab ayam uxlab yotganlarida bozorga chiqib ketdim,bozorlik qilib uyga kirdimda,uyg'onmaslaridan Nonushta tayyorlashga kirishdim,keyin Kutib o'tirdim jimgina uyg'onishlarini.turib ko'rib Hayron bo'b qoldilar,sababi hech qachon man Nonushta tayyorlamagandim.
Onalarimiz uchun bizning etiborimiz ham bir Sovg'adir.
BAXTIMIZGA ONALARIMIZ DOIM SOG' SALOMAT BO'LISHSIN.

 :vslm:

E yashang Sarvarbek, sizgayam bu yarashadi-da:) Ona duosini olavering, kam bo'lmaysiz inshalloh:)

Qayd etilgan


Sayyod91  12 Dekabr 2010, 15:12:22

Man uylanganimdan sung uyda 1 yilcha yashadim va ruzgorimni aloxida qilib domga chiqdim dunyo ishlari bilan bulib uyga bir xaftacha bormabman xatoki uydagilarga tel xam qilmabman xabar topdimki uyga mexmon kelganmish bormasam odobsizlik buladi deb vaqt ajratib bordim. Man uyga kirganimda xamisha tovush chiqarib oila azolarim bilan gaplashib kiraman parda ortida Onajonimni kurdim mani tovshimni eshitb vay deb seskanib manga qaradilar va otilib turib bagrilariga bosdilar va yosh gudak kabi eglab yubordilar ancha bagrlarida sokin turdim upkam tulsada sabir qilib bildirmadim. Onanig kungli bolada bolaning kungli dalada deb bekorga aytishmas ekan bobolarimiz. Man shuni bildimki qachon onamnig xuzurlariga borsam usha onam uchun dunyodagi eng katta sovga ekan va bu sovgani imkon qadar xar kuni berishga xarakat qilaman man bu gapim bilan onamga kichik sovga bermayman demoqchi emasman berib turaman vaqti bilan lekin bu sirligicha qolaqolsin. Manimcha xamma onalar uchun uz farzandini kurish kabi katta mukofot bulmasa kerak. Valoxu alam
:2 :2 :2 :2 :2 :2 :2 :2 :2 :2 :2 :2 :2 :2 :2 :2 :2 :2 :2 :2 :2 :2

Qayd etilgan


Aqoid  12 Dekabr 2010, 19:38:44

Ha, men onamga kasalligimdan boshqa narsa bermadim. Kechirasizlar-u, menimcha ota-onalarga beriladigan narsalarni sovg'a deyishni o'ziyam noto'g'ri bo'lsa kerak. Iloji bo'lsa, har doim ko'nglini olish kerak. Afsuski, shuniyam eplolmaymiz. "Ishimiz" ko'pda bizni

Qayd etilgan