Darhaqiqat, ota-onalarimizga qancha bo'lsa, qiymatini qanday bo'lishidan qat'iy nazar ko'p-ko'p hadyalar, esdaliklar bersak ham kam. Chunki, ular bizni yoshligimizdan ulg'aygunimizcha o'zlari emagan-kiymagan narsalarni ham bizlarga berishni afzal ko'rishib, avaylashga harakat qilishgan.
Man doimo bo'lmasa ham, lekin ilojini topdim deguncha ko'proq onamga keyin albatta otamga ham hadyalar berishga harakat qilib kelganman. Masalan onamga doim yangi chiqqan dinimizga bog'liq bo'lgan kitoblarni olib berardim. Keyin o'zlaridan gap orasida nimaga ehtiyojlari borligini sekin-asta bilib olib, ozgina fursat o'tkazib, ya'ni shu narsa haqida gaplashgnimizni unut bo'lganini bilganimdan keyin sotib olib kelib berardim. Va albatta sajdalarimda ham doimo duo qilaman. Oxirgi marta electron Quran player sovg'a qilganim esimda.(6 ta Qorilar tilovati, Hadis, Tafseer, Duo, Namoz vaqtlari va yana bir qancha imkoniyatlari boridi.)
Mana hozir vatandan uzoqda yurib, ota-onamni kam ko'rganim sabablimi, ko'proq qadrilariga etmagan ekanman deb eslab o'tiraman gohida. Alloh S.W.T. qaytib borgunimcha ularni yoki mani ajalim yetishini taqdir qilmagan bo'lsa, ya'ni yana ko'rishishni nasib qilsa InshaAlloh ko'proq yaxshilik qilishga va hech qachon hafa bo'lmasliklarini harakatini qilaman.