Eslaysizmi: "Onangizga oxirgi marta nima sovg`a qilgansiz?"  ( 83852 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 14 B

Y_U_R_I_S_T  12 Noyabr 2009, 11:37:21

Yaqinda ayajonimni tug'ilgan kunlari. Nima sovg'a olsam ekan deb boshim qotib turibdi  ???

Qayd etilgan

zuhrahon  20 Yanvar 2010, 20:35:11

Onajonimga  anchadan  beri  eslay  olmayaman  ullarni  hursand  qiladigan  so'vg'a  berganimni.  Oz   kunllardan  keyin 50  yoshni  ham  kutib  oladillar  Hudo  hohlasa  o'sha kuni  intizorlik  bilan  kutmoqdaman  ullar  kutmagan  so'g'a  hadiya  qilish  uchun:)

Qayd etilgan

BecK_Uz  04 Fevral 2010, 20:23:09

Man Ayajonim Uchun Ohirgi martda Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlarining Ruhiy Tarbiya(1) jildini Sovg'a qildim...

Qayd etilgan

uzboy  08 Fevral 2010, 15:32:48

juda yaxshi savol?
tog'ri, ba'zida birovlar, etti yot begonalar uchun sovg'a olishni o'ylaymizu ona doim esdan chiqib qoladi. Necha marta chet el safaridan qaytdim, lekin biror marta onamga bir tayinli sovg'a olib bormabman. Lekin shunda ham onam doim manga hech narsa kerak emas, o'zing eson-omon kelding shuni o'zi manga kifoya deydilar. Inshaallah, bu gal niyat qildim ajoyib sovg'a olib borishlikni.

Kimda nima fikr bor, chet eldan borayotgan farzand onasi uchun qanday sovg'a olib borsa buladi, hursand qiladigan?

Qayd etilgan

Ansora  11 Fevral 2010, 21:53:46

Hadiyani katta-kichigi yo'q. Ayniqsa onalarimiz uchun muhim bo'lgani bizni sog'-salomat yurishimiz va bag'rilariga qaytib borishimiz. Siz ham ta'kidlabsiz buni.

Menimcha siz onangiz uchun kiyadigan narsa olishingiz mumkin. Men ayamga ro'mol, yelkalariga tashlab yuradigan issiqqina sharf sovg'a qilgandim, rosa xursand bo'lganlar. Ham kiyadilar, ham "bolaginam olib berdi", deb qo'ni-qo'shniga ko'rsatib maqtanadilar  : )

Qayd etilgan

uzboy  15 Fevral 2010, 19:39:14

katta rahmat sizga Kapalak

Qayd etilgan

ibrohim  17 Fevral 2010, 02:16:28

Oxirgi marta nima sovg'a qiganim esimda yo'q, chunki hech narsa sovg'a qimaganman.Xatto, yaxshi so'z ham aytmaganman, shunga ishlarim unchalik yurishmidi shekilli. :2

Qayd etilgan

Ansora  17 Fevral 2010, 12:02:20

Oxirgi marta nima sovg'a qiganim esimda yo'q, chunki hech narsa sovg'a qimaganman.Xatto, yaxshi so'z ham aytmaganman, shunga ishlarim unchalik yurishmidi shekilli. :2

A.alaykum. İbrohimjon, hechdan ko'ra kech, deydi xalqimiz. O'zingiz sezibsiz aybingizni. Menimcha enh yaqin paytda shirin gaplardan gapirib, onangizni ko'ngillarini oling. Agar shirin gap aytishdan uyalsangiz, kichkina bir sovg'a oling. İchiga esa "Onajon sizni juda yaxshi ko'raman", deb yozing : )

Qayd etilgan

Habib  17 Fevral 2010, 18:07:29

Assalomu Alaykum.
Juda yahshi mavzuni ko'taribsizlar.
Chindanda ota-onalarimizni qadrlash biz uchun ham qarz ham farz.
Eskilar bekorga "duoda gap ko'p" deyishmagan.
Alloh bizga omonat qilib bergan AZIZLARIMIZga har qancha qilsak oz. Ularga har kuni xush muomala, shirin so'z sov'g'a qilish bo'ynizmizdagi vazifalardan asosiylaridir.
Yoshligimizda bolajonim boshim sovqotmasin deb shapka kiydirgan,oyogimizga qavat-qavat paypoqlarni muzlamaslik uchun kiydirgan, yeb turgan ovqatini ham men to'ydim,sizlar yenglar degan onalarimizni bir eslaylikchi? Esingizdami?
Otajon,onajon umringiz uzoq bo'lsin baxtimizga! Barchalarimizning JONDAN AZIZLARIMIZni umrini ziyoda qil Allohim!

Qayd etilgan

@_Lazizabonu_@  19 Fevral 2010, 20:11:42

man oyijonimlaga oxirgi martta  ::) ::) ::) ::)  mmm romol

Qayd etilgan