Eslaysizmi: "Onangizga oxirgi marta nima sovg`a qilgansiz?"  ( 83792 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 B


Ansora  10 Iyul 2010, 20:21:38

Onajonimga ohirgi marta nabiralarining 8 chisini hadiya etishda Rabbim meni vasila qildi alhamdulillah...

Onajonim, ona bo'ldim qadringizni yana ham yaxshiroq bildim...

Qayd etilgan


elnura  12 Iyul 2010, 16:56:03

Assalomu aleykum! Man oyijonimga oxirgi bergan sovg'am 1 hafta oldin edi. Ulaga oyog' kiyim sovg'a qildim. O'shanda judayam hursand bo'ganla :) :)

Qayd etilgan


MISS_independent  21 Iyul 2010, 11:08:06

Sovg'aniku ko'p marta berganmanu lekin eng esda qolarlisi o'z qo'lim bn chizgan buvijonim uylaridagi rasm bo'lgan haliyam esimdan chiqmagan Oyijonimni hursand bo'lib duo qilganlari bunaqasi boshqa qaytarilmasa ham kerak  :7

Qayd etilgan


Xolms  27 Iyul 2010, 21:28:12

         Men oxirgi marta ayajonimga tug'ilgan kunlarida nima olishni bilme rossa boshim qotgandi. Keyin o'ylab o'ylab "qurug'i"ni berib qo'yganman...  O'zini biror kamchiligi bo'lsa ovolar deb....

Qayd etilgan


Dilafruza  27 Iyul 2010, 23:27:32

 :bsm: Man ham onajonim ko'p marta turli sovg'alar bilan hursand qilganman ,lekin o'zim eslasam judayam kulgim keladi onajonimlani tug'ilgan kunlarida  manimcha hali maktabga ham bormas edim. O'sha paytlada onamlaga adamladan pul so'rab 1 kilo picheni sovg'a qilgan edim!

Qayd etilgan


yoqutxon  24 Avgust 2010, 08:44:23

Men ohirgi marta onamlarga ayollar uchun mo'ljallangan sumka sovg'a qilgandim. Lekin bunga ham ancha bo'libdi. Hozir mana shu mavzuni o'qib erta indin onamlarga yaxshi bir sovg'a berishni dilimga tugib qo'ydim.

Qayd etilgan


Shukrona  31 Avgust 2010, 07:24:25

Assalomu alaykum.Man oxirgi marta (2-3 oy bo'ldi )onajonimga kitob sovg'a qilgandim.Xar safar kitobni o'qiganlarida raxmat etib duo qiladilar.Inshaalloh Hayit ayyomiga ham sanoqli kunlar qoldi,hammamizga yaqinlarimiz uchun hayitlila berishni nasib etsin :amn:

Qayd etilgan


yoqutxon  12 Sentyabr 2010, 23:22:45

Onajonimga Hayit ayyomiga bir chiroylikkina ro'mol hadya qildim. Biram yarashdiki!! Sovg'a ulashgan paytta Mehribonlarimizni ko'zidagi quvonchni ko'rish qanday baht...

Qayd etilgan


ibrohim  18 Sentyabr 2010, 12:02:57

Nega doim onalarga sovg'alar beriladi..?

Otalar esa chekkada qolib ketadilar... otalar haqida she'rlar , qo'shiqlar ham judayam oz...

Qayd etilgan


Ansora  18 Sentyabr 2010, 13:09:14

Nega doim onalarga sovg'alar beriladi..?

Otalar esa chekkada qolib ketadilar... otalar haqida she'rlar , qo'shiqlar ham judayam oz...

Payg'ambarimizni (S.A.V)onalar haqidagi Hadislarini bilsangiz kerak mullo.
Qolaversa otalar chetda qolmaydi, ularni ko'ngli onalarday nozik emas. Mana o'zim ham ona bo'ldim, endigina 3 oy bo'lishiga qaramay onalikni qanchalik qiyinligini his qildim.

Qayd etilgan