Eslaysizmi: "Onangizga oxirgi marta nima sovg`a qilgansiz?"  ( 83834 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 B


Munavvar Bonu  01 Mart 2010, 08:48:12

    Bir yigitning kundaligidan...
Men ham chiroyli tilaklar tilardim. sevganimga... do'stimga...
Ammo biron marta "Ollohim onajonimni panohingda asra, umrini uzoq qil" deb so'ramagan ekanman...
Bu armon yuragimni toshdek bosib turibdi. O'zimni umrbod kechirolmasligimni bilyabman.
E, voh.! sherlar yozardim hammasi sevgi haqida...
Nihoyat, bir kuni she'r yozdim. Onamga atab. Biroq shu she'rni onajonimga o'qib berishga ham ulgura olmadim. Umrim bo'yi onamga nafim tegmadi. Bittagina she'r yozdimu, uni ham o'qib berishga ulgura olmadim, men noshud...
Men ulgura olmagan ishlarga hech bo'lamasa siz ulguring azizim..
"Olloh barcha onalarni panohida asrasin."                        

Qayd etilgan


munisaxon  28 Mart 2010, 15:19:46

Biz ukam ikkimiz har bayramlarda ayamga birgalikda sovg`a olishga harakat qilamiz ba`zida alohida olishga ham to`g`ri kelib qoladi. Oxirgai marta sumka sovg`a qilgandim ammo biror joyda chiroyli ayamga yoqadigan narsa bo`lsa iloji boricha olib kelishga harakat qilaman

Qayd etilgan


Habib  29 Mart 2010, 09:09:47

Gul oldim Juma kuni onam uchun..
Panohingda asra Onamni, Allohim!

Qayd etilgan


uzboy  03 Aprel 2010, 09:02:47

Kechagina oyim uchun juda ajoyib parfume (CHANEL) sotib oldim, nasib bulsa Vatanga qaytsam sovgá qilaman, hursand bo'lsalar kerak og'lim Parijdan ataylab ob kebdi deb.

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  03 Aprel 2010, 09:44:19

 :as:
Didiz chakki emas ekan :) Narxi ham o'zi ham  :o

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  03 Aprel 2010, 09:53:20

juda yaxshi savol?
tog'ri, ba'zida birovlar, etti yot begonalar uchun sovg'a olishni o'ylaymizu ona doim esdan chiqib qoladi. Necha marta chet el safaridan qaytdim, lekin biror marta onamga bir tayinli sovg'a olib bormabman. Lekin shunda ham onam doim manga hech narsa kerak emas, o'zing eson-omon kelding shuni o'zi manga kifoya deydilar. Inshaallah, bu gal niyat qildim ajoyib sovg'a olib borishlikni.

Kimda nima fikr bor, chet eldan borayotgan farzand onasi uchun qanday sovg'a olib borsa buladi, hursand qiladigan?

Savolizga ko'zim tushib qoldi.Yuqorida atir olibsiz sovg'aga.InshAlloh ayollar uchun bir yoqimli sovg'a deb o'yleman.Man ham ba'zi atirlar tavfsiya qimoqchi edim,agar qo'shimcha olmoqchi bo'sez.Juda yoqimli hidli shular.




Qayd etilgan


Sadulla  04 Aprel 2010, 07:02:44

Assalomu Alaykum Wr Wb.
Juda ham yaxshi mavzu ochilgan ekan.Savolga kelsak menimcha onalar ushun eng katta sovg'a farzandini kamolini ko'rish.Agar farzand onasi oq sutini oqlab yaxshi o'qib,odobini saqlab yurib ota-onasiga gap tekkizmasa ,ular uchun bundanda katta baxt bo'lmasa kerak.Bu dunyo boyliklarni ular oyoqlari ostiga to'kib tashlab,lekin mehr berolmasak bundan yomon ish bo'lmasa kerak.Sovg'a masalasiga kelsak eng yaxshi sovg'a bu gul meni fikrimcha.Chunki gul yolg'iz ayollar uchun atalgan sovg'adir.Lekin men oyimlarga gul sovg'a qilolmayman,chunki bayramlarda juda ko'p gul oladilar.Oxirgi marotaba shirinlik bilan ko'ngillarini olishga harakat qildim.Ollohim ularni o'z panohingda asragin!

Qayd etilgan


BelleQizcha  04 Aprel 2010, 20:07:47

Kechagina oyim uchun juda ajoyib parfume (CHANEL) sotib oldim, nasib bulsa Vatanga qaytsam sovgá qilaman, hursand bo'lsalar kerak og'lim Parijdan ataylab ob kebdi deb.
Zor atir manam so'raman.. Xolam yoqtirishlari aniqq ::)

Qayd etilgan


Ansora  05 Aprel 2010, 12:54:28

Onalarimizga eng yaxshi sovg'alardan yana biri erishgan yutuqlarimizdan xabar berish...
Qilayotgan ishlarimda ayam meni doimo eng ko'p dastaklaganlar.
Har bir yutug'imga yosh boladay sevinib ko'zlariga yosh oladilar.
Buni sezganim uchun ham, dadam-ayamni quvongan yuzlarini ko'z oldimga keltiraman va yana da zavq-shavq bilan ishlarimga kirishaman.

Ularni yorug' dunyoda sog'-salomat yurishlari ham biz farzandlarga juda katta ma'naviy dastak beradi. Rabbim ularni boshimizdan ayirmasin iloyim....

Qayd etilgan


ibrohim  05 Aprel 2010, 15:28:33

....Juda yoqimli hidli shular.
;D ;D arzon -arzon bo'sa kere... ;D ;D

bu gapimi noto'g'ri tushunmen , xazillashdim. ;D
Ona uchun qancha qimmat narsa osez arziydi, chem qizlarga ogandan ko'ra  ;D ;D (tashab ketsa kuyub qolas, pulizga ;D)

Qayd etilgan