Yoshligimda ko`chada bekor yursek ko`chadgi katta otaxonlar, yoshi ulug`lar tanbeh berar bekor yurishdan foyda yo`qligini uhtirar, undan ko`ra kirib dars tayyorlash yoki kitob o`qish kerakligini uhtirar edi, shunda buvamlarning oldiga borib meni so`kdi deb aytib berardim, to`g`ri qilibdi seni urmabdiyam rahmat nasihatlariz uchun demadingmi derdi, yosh bolaga yetti mahalla ota -ona deyishdi degan gaplari hali ham qulog`imda.
Hozirda farzand tarbiyasini yetti mahalla tugil, ota -onalarining o`zlari ham eplay ololmayapti, chunki farzandlari ota -onaga bo`y sunmay qo`yishyapti