Qur’on va Islomdan ta’sirlanib…  ( 27590 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Robiya  05 Mart 2008, 10:33:01

Qur’onning mazmuniga oshno bo’lmaganlar ham bu ohang go’zalligi ta’sirida ma’noga yaqinlashib qoladilar. "œRahmon" surasini bir o’qing, ma’nosini hech bilmay turib, Alloh san’atining buyukligini darhol his qilasiz. "œVoqea" surasini o’qing, hali hech nima anglamay turib ham qariyb mahsharni boshdan kechirasiz. Qur’ondagi bu mo’jiza oyatlari qisqa bo’lgan so’nggi ikki surada yaqqol ko’zga tashlanadi"¦
  Qur’onning mana shu aql bovar qilmas ohangi uning ilohiy kitob ekanligiga hech taraddudsiz ishontiradigan mo’jizaviy sirlardandir.
  1990 yilda Qur’ondagi bu ohangni qalbi bilan ilg’agan ikki atoqli g’arb sozandasi islom dinini qabul qildi. Ingliz rohibi, musiqa san’atchisi, asli rumlik Ket Stvens Qur’onni tinglab ko’rgandan so’ng gitarasini uloqtirdi. "œMen bunday nag’ma va ohangni umrimda birinchi bor tinglashim. Yo’q. Qur’on — ilohiy kalom! Boshqacha bo’lishi mumkin emas!" deb musulmon bo’ldi, bor-yo’q boyligini islomni yoyish yo’lida sarfladi. O’sha kundan boshlabn, faqat ilohiy kuylar ijod qildi, o’zining ilgari yozgan musiqiy asarlaridan voz kechdi.
  Yana dunyoning eng mashhur xoreografi va raqs muallimi Moris Bejard Qur’on ohangidagi mo’jizaga maftun bo’lib, musulmonlikni qabul qildi, o’z kasbini tark etib, keyingi hayotini Qur’onni Yevropaga yoyishga bag’ishlashga bel bog’ladi.
Musulmonlar taqvimi, 2004 yil, I  son.


Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 07:46:34

"Biz arablarning yurishlari va g'alabalari haqida bahs yuritganimizda Qur'oni karimning tarqalishida kuch ishlatish omil bo'lmaganligini o'quvchi anglab oladi. Arablar yengilgan xalqlarni o'z dinlarida erkin qo'yganlar. ba'zi bir masihiy xalqlar Islomni o'ziga din qilib, arabchani til qilib olgan bo'lsalar, g'olib arablarning adolati, Islomning boshqa dinlardan ko'ra yengilroq ekanligi sababidandir.

Dastlabki g'alabalardan so'ng arablarning ko'ziga parda tortilib, odatda g'oliblar mag'lublarga ishlatadigan zulm, yomon muomala va dinga kuch bilan kiritish kabi ishlarni qilishlari mumkin edi. Agar ular shunday qilganlarida, xuddi salbchilarga qarshi birlashgandek, barcha xalqlar arablarga qarshi birlashgan bo'lar edi. Lekin nodir dahoga ega bo'lgan avvalgi halifalar turli tuzum va dinlar qo'pollik bilan majbur qilinadigan narsa emasligini tushunib yetganlar. Suriya, Misr, Ispaniya va boshqa joylarda aholiga ajoyib lutf-marhamat bilan muomala qildilar. Ularning aqidalari, tuzmlari, qonunlariga tegmadilar. Ozginagina jizya solig'i solishdan nariga o'tmadilar. Doimo tinchlik hukm surdi.

Haqiqatni aytganda, dunyo xalqlari arablar kabi shafqatli, mehribon fotihlarni ko'rmagan. Ularning mehribonchiligi va ochiq ko'ngilligi ko'plab diyorlarni ochishga, ko'plab xalqlarni arablarning dini, tuzumini, tilini xursandlik bilan qabul qilishga olib keldi. Bu narsalar hatto arablar o'zlari chiqib ketganlaridan so'ng ham yo'qolmadi. Bunga Misr yaqqol misol bo'la oladi. Misrliklar arablar olib kelgan barcha narsalarni qabul qildilar va mahkam tutib qoldilar. Arablardan oldin kelgan Fors, Rim, Yunon va boshqa fathlardan hech narsa qolgan emas".


Professor Gustav Lubon, "Arab sivilizatsiyasi" kitobidan

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 07:55:05

Makkaliklar hamon undan mo‘jiza talab qilar edilar va Muhammad ajoyib qat'iyat va ishonch bilan, o‘z missiyasining oliy tasdig‘i sifatida Qur'onning o‘ziga murojaat qildi. Xuddi boshqa arablar kabi, ular lison va notiqlik san'atida ustomon edilar. Agar Qur'on o‘shanda uning o‘z asari bo‘lganida edi, boshqa odamlar u bilan raqobat qilgan bo‘lar edilar. Mayli, ular uning kabi o‘n oyat yozsinlar. Agar yoza olmasalar (va aniqki, ular yoza olmaslar), unda Qur'onni aniq bir mo‘jiza, deb qabul etsinlar.
(Oksford universitetining mashhur arabshunosi Hamilton Gibb*.)

Adabiy bir yodgorlik bo‘lgan Qur'on o‘z holicha turmoqdadir; u arab adabiyotida tengi yo‘q bir mahsuldir, undagi uslubning na salafi (o‘tmishdoshi) va na xalafi (vorisi) bordir. Barcha davrlar musulmonlari nafaqat uning mazmunan, balki usluban ham taqlid etilmasligini hammaga bildirishda birlashmishdirlar...
(Hamilton Gibb.)

Qur'onning arab adabiyoti taraqqiyotiga va ko‘plab yo‘nalishlarga ko‘rsatgan ta'siri behisobdir. Uning g‘oyasi, tili, qofiyasi keyingi barcha adabiy asarlarda oz yoki ko‘p miqdorda nufuzga ega bo‘ldi. Uning o‘ziga xos lingvistik xususiyatlari na undan keyingi yuz yil ichida yozilgan nasrlarda va na so‘nggi nasriy yozma asarlarda taqlid etildi. Biroq Qur'onning qisman bo‘lsa ham oliy martabali arab tiliga qayishganligi sabab, u juda tez rivojlantirila olindi va imperatorlik hukumati hamda kengayib borayotgan jamiyatning yangidan-yangi ehtiyojlariga moslashtirila olindi.
(Hamilton Gibb.)

______________
*H. A. P. Gibb, Islam-A Historical Survey (Islom - tarixiy izlanish) (Oxford University Press: 1980)

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:02:03

O'z missiyasining haqiqiyligini isbotlash uchun Muhammad (s.a.v.)dan bir mo‘‘jiza ko‘rsatish so‘ralganda, u Qur'onning kelib chiqishi ilohiy ekanligining isboti sifatida Qur'onning kalimalarini va uning beqiyos ustunligini dalil qilib keltirdi. Aslida, hatto musulmon bo‘lmagan kishilar uchun ham uning tushunarli va jarangdor tilidan ko‘ra hech bir narsa maftunkorroq emas... Uning ajoyib vaznli va go‘zal ohangli bo‘g‘inlarining mukammalligi g‘anim va imonsizlarning bu dinni I qabul qilishlarida katta ahamiyat kasb etib keldi.
(Pol Kasanovaning L'Enseignement de l'Arabe au Voolege de France* (Frantsuz kollejida arab tili ta'limi) nomli maqolasidan.)

__________________
* Pol Kasanova, «L’Enseignement de I’Arabe au College de France» (Frantsiya kollejida arab tili ta’limi), Lecon d’overture, 26 aprel, 1909.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:04:40

Qur'on Jabroil tarafidan Muhammad (s.a.v.)ga aytib turilgan Allohning so‘zma-so‘z bir vahiysidir. U o‘zining hamda Allohning Payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ning rostligidan guvohlik beruvchi bir mo‘‘jizadir. Uning mo‘‘jizaviy xususiyati qisman uning uslubida yotadi - u shu qadar mukammal va yuksakki, na insonlar va na jinlar ularning eng qisqa bir surasiga teng bir sura yoza olmaslar va qisman undagi o‘gitlar mazmuni, kelajak haqidagi bashoratlar va Muhammad (s.a.v.) hech qachon o‘z xohishicha to‘plashi mumkin bo‘lmagan hayratlanarli darajadagi aniq ma'lumotlarda yotadi.
(Harri Geylord Dormanning Towards Understanding Islam* (Islomni anglamoq sari) nomli kitobidan.)

________________
* Harri Geylord Dorman, Towards Understanding Islam (Islomni anglamoq sari) (Nyu-York: 1948), 3.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:06:04

Arab tilidagi Qur'on bilan tanishib chiqqan har bir kishi bu diniy kitobning go‘zalligiga tasannolar aytishda hamfikrdir; uning shaklan savlati shu qadar ulug‘vorki, har qanday Yevropa tiliga tarjima qilinmasin, baribir uni aslidagi kabi anglab yeta olmaymiz.
(Eduard Montetning Traduction Francaise du Coran* (Qur'onning frantsuzcha tarjimasi) nomli kitobidan.)

_____________
* Eduard Montet, Traduction Francaise du Coran (Qur’onning frantsuzcha tarjimasi), Kirish (Parij: 1929), 53.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:07:59

Asl arab tilidagi Qur'on o‘ziga xos bir go‘zallik va joziba sohibidir. Uning lo‘nda va muhtasham uslubi, ko‘pincha qofiyalangan va ma'nodor qisqa jumlalari ta'sirli bir kuch va portlovchi energiyaga ega bo‘lib, ularni so‘zma-so‘z tarjimada ifoda etish o‘ta darajada murakkabdir.
(Jon Naishning The Wisdom of the Qur'an* (Qur'onning hikmati) nomli kitobidan.)

______________
* Jon Naish, M. A. (Okson), D. D. , The Wisdom of the Qur’an (Qur’onning hikmatlari) (Oksford: 1937), so‘zboshi 8.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:10:32

Qur'on universal tarzda, arablarning eng asli va kibori bo‘lgan Quraysh lahjasida, eng go‘zal va sof bir tilda yozilgandir... Qur'onning uslubi go‘zal va ravon... va bir qancha joylarda, xususan, Allohning mahobati va sifatlari ta'rif etilgan paytda ulug‘vor va ko‘rkamlidir... U juda yaxshi muvaffaqiyatga erishar va o‘z tinglovchilarini shu qadar hayratga solar ediki, uning ba'zi muxoliflari buni bir afsun va sehrning ta'siri deb tushunar edilar.
(Jorj Seylning The Koran: The Preliminary Discourse* (Qur'on: Dastlabki va'z) nomli kitobidan.)

__________________
* Jorj Seyl, The Koran: The Preliminary Discourse (Qur’on: Dastlabki va’z) (London va Nyu-York: 1891), 47-48.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:14:27

Qur'on o‘ziga xos go‘zallikning ajib bir vazni va dilni mahliyo qiladigan bir ohangga egadir. Ko‘plab nasroniy arablar Qur'onning uslubi haqida iliq bir zavq bilan so‘z yuritadilar va ko‘pchilik arabshunoslar uning mukammalligini e'tirof etadilar... Haqiqatda, ham nazm, ham nasrda keng va boy bo‘lgan arab adabiyoti ichra u bilan qiyoslana oladigan hech bir narsa yo‘qdir.
(Alfred Guillaumning Islam* (Islomiyat) nomli kitobidan.)

__________________
* Alfred Guillaum, Islam (Islomiyat) (Penguin Books: 1990 [qayta nashri]), 73-74.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:17:02

Umuman olganda, Qur'onda eng zukko insonlar, eng buyuk faylasuflar va eng yetuk siyosatdonlar e'tirof etadigan donolikning bir to‘plamiga duch kelamiz... Ammo Qur'onning ilohiy ekanligiga boshqa bir dalil ham bordir; vahiy kelgan kundan boshlab to bugungi kunga qadar o‘tgan butun davr mobaynida uning buzilmasdan saqlanib qolganligi ayni haqiqatdir... Musulmon dunyosi tomonidan takror va takror o‘qiladigan bu kitob imon keltirgan kishida hech qanday horg‘inlikni yuzaga keltirmaydi, aksincha, takrorlash orqali har kun yanada ko‘proq sevib boriladi. Uni tinglagan yoki o‘qigan kishida chuqur bir hayrat va hurmat hissi uyg‘onadi... Shu sababdan, Islomning buyuk va tezkor bir tarzda yoyilishiga sabab bo‘lgan narsa, birinchi navbatda, bu kitobning Allohning kitobi ekanligidadir...
(Laura Vektsiya Vaglerining Apologie de l'Islamisme* nomli kitobidan.)

_______________
* Lauri Vektsiya Vagleri, Apologie de I’Islamisme, 57-59.

Qayd etilgan