Qur’on va Islomdan ta’sirlanib…  ( 27585 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:18:27

Qur'on ko‘plab mukammal axloqiy tavsiyalar va o‘gitlarni o‘z ichiga olgan. U shunday parchalardan tuzilganki, unda barcha insonlar ma'qullashi shart bo‘lgan hikmatli gaplarsiz biror sahifani topa olmasmiz. Qur'onning bunday parcha-parcha bo‘lib qurilishi hayotdagi har qanday holatlarda barcha insonlarga muvofiq keladigan o‘zaro bir butun matnlar, shiorlar va qoidalarni maydonga keltiradi.
(Jon Uilyam Dreyperning A History of The Intellectual Development in Europe (Yevropada intellektual taraqqiyot tarixi) nomli kitobidan.)

______________
* Jon Uilyam Dreyper, A History of the Intellectual Development of Europe (Yevropada intellektual taraqqiyot tarixi) (London: 1875), 343-344.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:21:31

Qur'on o‘zining kuch, bilim va universal ilohiy taqdir va birlik (ko‘klarning va Yerning sohibi Yagona Allohga bo‘lgan ishonch va e'tiqod) kabi sifatlarga boy Ilohiy tabiat to‘g‘risidagi tushunchalari tufayli, eng yuksak va teran axloqiy qadriyatlar, ibratli dohiyona hikmatlarni o‘zida mujassam etganligi va kuchli millatlar hamda buyuk imperatorliklarning qurilajagini isbotlaydigan bo‘limlarni o‘z ichiga olganligi sababdan uning eng yuqori darajadagi maqtovga loyiq ekanligini tan olmoq lozim.
(Hazrat J. M. Rodvellning arabchadan tarjima qilingan ingliz tilidagi Qur'on*ning so‘z boshisidan.)

________________
* Hazrat J. M. Rodvell, Qur’on (London: 1918), 15.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:27:03

Bu yerda, shu sababdan, Qur'onning adabiy mahsul sifatidagi ustunligi sub'ektiv va estetik zavqning ba'zi taxminlarga asoslangan tamoyillari bilan emas, balki uning Muhammad (s.a.v.)ning zamondoshlari va vatandoshlariga ko‘rsatgan ta'siri bilan o‘lchanishi kerakdir. Agar u o‘z tinglov-chilarining qalbiga bu qadar kuchli va ishonchli yo‘l topa olgan bo‘lsa, ziddiyatli elementlarni bir vujudga birlashtira olgan bo‘lsa, o‘sha paytga qadar arablarning tafakkuriga hukmron bo‘lib kelgan g‘oyalardan ancha yiroq bo‘lgan g‘oyalar bilan jonlantirilgan bo‘lsa, unda uning notiqligi mukammal bo‘lgan, chunki u yovvoyi qabilalardan madaniyatli bir millatni yaratdi...
(T. P. Hyugning Dictionary of Islam (Islomiyat lug‘ati) nomli kitobidan joy olgan Doktor Steyngassning so‘zi.)

__________________
* T. P. Hyugaing Dictionary of Islam (Islomiyat lug‘ati) nomli kitobidan joy olgan Doktor Steyngassning so‘zi, 528.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:29:55

Arabcha Qur'onning ulug‘vor ritorikasini zaifroq bo‘lsa-da, aks ettiradi, deyish mumkin bo‘lgan bir narsani yaratish uchun kilgan urinishimda men chigal va umuman xilma-xil ritmlarni o‘rganishga ko‘p harakat qildim. Bunga Qur'onning (o‘z xabarlaridan tashqari) insoniyat yaratgan eng buyuk adabiy asarlar orasidan o‘rin olishga bo‘lgan rad etib bo‘lmas talabi ham kiradi. Mazkur juda xarakterli xususiyat oldingi tarjimonlar tomonidan deyarli butunlay nazardan chetda qoldirilgan. Shu sababdan ham ular tayyorlagan narsa ajoyib sayqal berilgan asliga nisbatan zerikarli va maroqsiz bo‘lib tuyulsa ajab emas.
(Artur J. Arberrining The Koran Interpreted* (Qur'on tafsiri) nomli kitobidan.)

_________________
* Artur J. Arberri, The Koran Interpreted (Qur’on tafsiri) (London: Oxford University Press: 1964), 10.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:31:02

Zamonaviy bilimlar asosida u (Qur'on) butunlay ob'ektiv ravishda yaxshilab o‘rganib chiqilganda, takroriy holatlarda allaqachon qayd etilgani kabi, bu ikkisi o‘rtasidagi muvofiqlikni bilib olish mumkin. Muhammad (s.a.v.) zamonidagi biror kishi, o‘sha davrning bilim darajasi hisobga olinganda, bunday xabarlarni yoza olishi mumkin emas, degan xulosaga kelamiz. Bunday mulohazalar Qur'onning nozil etilishida uning yagona o‘rnini ko‘rsatuvchi va faqatgina materialistik fikr yuritishga chorlaydigan biror tushuntirish keltirishga betaraf olim o‘zining qodir emasligini tan olishga majbur qiluvchi dalillarning bir qismidir.
(Doktor Moris Bukell*, Parij universiteti, Jarrohlik klinikasining sobiq mudiri.)

______________
* Moris Bukell, The Qur’an and Modern Science (Qur’on va zamonaviy fan), 1981, 18.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:38:30

.. boshlang‘ich nuqtasi sifatida Qur'on o‘z o‘rnini hamisha o‘zgartirmasdan saqlab kelgan... Har kimning anglay olishiga shunchalik aniq, shunchalik tushunarli tilni o‘zida jo etgan bu din chindan-da insonlarning vijdonlariga yo‘l topa oladigan qudratli kuch sohibidir.
(Eduard Montet, frantsuz olimi.)

________________
* Eduard Montet, Parij, 1890; Quoted by T. W. Arnold in The Preaching of Islam (Islomning xutbasi) (London: 1913), 413-414.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:39:35

... ham kelib chiqishi, ham o‘zining saqlanishi jihatdan mutlaqo yagona, ... hech kimsa jiddiy bir shubha nazarini tashlashga qodir bo‘lmagan Buyuk qudrat to‘g‘risidagi kitobimiz bor.
(Hazrat Bosvort Smitning Mohammed and Mohammedanism* (Muhammad Payg‘ambar va Muhammadchilik) nomli kitobidan.)

_______________
* Hazrat R. Bosvort Smit, Mohammed and Mohammadanism (Muhammad Payg‘ambar va Muhammadchilik), (London: 1874).

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:40:52

Adolat tuyg‘usi Islomning eng ajoyib oliy maqsadlaridan biridir, chunki Qur'onni o‘qiganimda hayotning bu dinamik printsiplarini ko‘raman; bular tasavvuf emas, aksinchaunda insonlarning kundalik hayoti uchun butun dunyoga mos amaliy-axloqiy tizimni ko‘raman.
(Speeching and writings of Sarojini Naidu* (Sarojini Naiduning nutqlari va yozuvlari) nomli kitobdan joy olgan The Ideals of Islam (Islomiyatning oliy maqsadlari) mavzusidagi lektsiyadan.)

______________
* Lectures on «The Ideals of Islam» (Islomiyatning oliy maqsadlari), Speeches and Writings of Sarojini Naidu (Sarojini Navduning nutelari va yozuvlari mavzusvdaga lektsiyadan) (Madras: 1918), 167.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:42:25

Tan olish kerakki, Qur'on dunyoning eng buyuk ilohiy kitoblari orasida muhim bir o‘rinni egallaydi. Adabiyotning bu sinfiga oid jahonshumul ahamiyatga ega bo‘lgan asarlarning eng yoshi bo‘lsa-da, juda ko‘p insonlarga samarali ta'sir o‘tkazishda unga teng keladigani yo‘q. U inson tafakkurida yangi bir davr va yangi bir xarakterni yaratdi. U dastlab Arabiston yarim orolining bir necha turli cho‘l qabilalarini qahramonlar millatiga aylantirdi va so‘ngra butun Yevropa va Sharq eng buyuk kuchlardan biri sifatida e'tiborga olishi kerak bo‘lgan Muhammad (s.a.v.) dunyosining yirik siyosiy-diniy tashkilotlarini yaratishni davom ettirdi.
(Hazrat J. M. Rodvellning arabchadan inglizchaga tarjima qilingan Qur'on* kitobida G. Margoliut tarafidan yozilgan so‘z boshidan.)

____________
* G. Margoliug, Hazrat J. M. Rodvellning Qur’on kitobiga so‘z boshidan) (Nyu-York: Everyman’s Library: 1977), 7

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:45:11

Biz uning (Qur'onning) sahifalarini har safar ochganimizda..., u tezda maftun etadi, hayratda qoldiradi va pirovardida bizning hurmatimizni qozonadi ... Uning uslubi, uning mazmuni va maqsadga muvofiq ravishda..., har doim va chindan-da muhtashamdir... Bu kitob butun davrlar davomida eng kuchli ta'sirga ega kitob bo‘lib qolajak.
(T. P. Hyug muallifligidagi Dictionary of Islam* (Islomiyat lug‘ati) nomli kitobdan joy olgan Gyotening so‘zi.)

______________
* T. P. Hyug muallifligidagi Dictionary of Islam (Islomiyat lug‘ati) nomli kitobdan joy olgan Gyotening so‘zi, 526.

Qayd etilgan