Qur’on va Islomdan ta’sirlanib…  ( 27619 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:51:04

Bunday turdagi bilimning u zamonlar, ya'ni 1400 yil oldin mavjud bo‘lishini tasavvur qilish qiyin. Balki ba'zi narsalar haqida ular sodda fikrga ega bo‘lgandirlar, ammo bu narsalarni batafsil tasvirlab berishlari juda qiyin. Shu sababli, bu oddiy bir insonning bilimi emasligi aniq Normal bir inson bu hodisani bu qadar batafsil tushuntira olmaydi. Shunday ekan, men ushbu ma'lumotlar g‘ayritabiiy bir manbadan kelgan bo‘lishi kerak, deb tushunaman.
(Professor Dorja Rao, Saudiya Arabistoni, Jidda shahridagi Qirol Abdulaziz universitetining dengiz geologiyasi bo‘yicha professori.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:51:26

... Ishonchim komilki, 1400 yil muqaddam Qur'onda ifoda etilgan har bir narsa haqiqatdir va ular ilmiy yo‘llar bilan isbotlanishi mumkin... Bu barcha bilimlarni bilguvchi zot Allohning ilhomidir. Demak, shuni baralla so‘zlash vaqti keldi, deb o‘ylayman: «Allohdan boshqa iloh yo‘q va Muhammad Uning elchisidir.»
(Professor Tejatat Tejasen, Tailand, Chiang May shahridagi Chiang May universitetining anatomiya va embriologiya bo‘limi boshlig‘i.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:51:59

U (Qur'on) o‘tmishdan, yaqin zamondan va kelajakdan bahs yuritadi. Men Muhammad (s.a.v.) zamonidagi odamlarning madaniy va ilmiy saviyasini bilmayman. Agar bu qadimiy davrda, bizningcha, ilmiy saviya past bo‘lgan bo‘lsa va texnologiya yo‘q bo‘lgan bo‘lsa, unda hozirgi kunda biz o‘qiyotgan Qur'on Allohning nuri ekanligiga hech qanday shubha yo‘q. Alloh uni Muhammad (s.a.v.)ga ilhom etgan. Bundayin mukammal ma'lumot bo‘lganmikin, deya men O'rta Sharqdagi madaniyatning dastlabki tarixini tadqiq qildim. Agar bu qadimiy davrda Qur'on ma'lumotlariga o‘xshash boshqa ma'lumotlar bo‘lmagan ekan, bu Alloh Muhammad (s.a.v.)ni jo‘natgan, degan ishonchni kuchaytiradi; U Muhammad (s.a.v.)ga O'zining behad bilimidan kichik bir qismini yo‘llaganki, biz ularni faqat yaqin-yaqindagina kashf qila oldik, xolos. Biz geologiya sohasi bo‘yicha Qur'on bilan fan mavzusida uzluksiz dialog olib borishga umid qilmoqdamiz.
(Professor Palmar, AQShda geologiya sohasidagi ko‘zga ko‘ringan olimlardan biri.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:52:15

Qur'onda tog‘larning yer yuzini mustahkamlash funktsiyasiga ega ekanligi haqidagi muhokamadan so‘ng: Ishonchim komilki, bu (Qur'onning ma'lumoti) juda-juda g‘alati va deyarli imkonsiz, mening chindan ham ishonchim komilki, agar siz aytayotgan narsa haq bo‘lsa, demak, bu kitob (Qur'on) e'tiborga olish kerak bo‘lgan juda qimmatli kitobdir, men sizning fikringizga qo‘shilaman.
(Professor Syavda, okean geologiyasi sohasida Yaponiyada va butun dunyo miqyosida mashhur yapon olimi.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:56:01

Har bir narsajuda ko‘p ma'noni anglatar edi. Bu Qur'onning go‘zalligi; u sizdan chuqur mulohaza qilish va aql yuritishni talab etadi... Men Qur'onni yana va yana o‘qishni davom ettirganimda, u duo, yaxshilik va ehson haqida so‘zladi. Men musulmon emas edim, ammo men o‘zim uchun yagona javob Qur'on ekanligini va Alloh uni men uchun ham jo‘natganligini angladim.
(Yusuf Islom (Ket Stivens*), sobiq ingliz pop musiqa yulduzi.)

____________
* «What they say about Islaam, the Qur’an and Muhammad» (Ularning Islom haqida bildirgan fikrlari: Qur’on va Muhammad);  www.al-sunnah.com/call_to_islam/articles/what_they_say_about_islaam.html

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:57:26

«Allohga taslim bo‘lgan kishi» sifatida «musulmon» V ekanligimdan umidvor bo‘lsam-da, men odatdagi ma'noda musulmon emasman, ammo ishonchim komilki, Qur'on va boshqa Islomiy tushunchalar qayd etilgan manbalar ilohiy haqiqat joy olgan yirik zaxiradir, undan men va boshqa g‘arbliklar hali ko‘p narsalarni o‘rganishlari darkor va «Islom shubhasiz kelajakdagi yagona dinning tamal toshini qo‘yuvchi eng quvvatli nomzoddir.»
(Islam and Christianity today* (Bugungi kunda islom va nasroniylik) nomli kitobdan.)

___________
* V. Montgomeri Uott, Islam and Christianity Today (Bugungi kunda Islom va nasroniylik), (London: 1983), 9.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:58:24

Islom dinini qabul qilishimda muhim va aniq ahamiyat kasb etgan manba Qur'on edi. Men Islom dinini qabul qilishimdan oldin g‘arbcha tanqidiy fikr yuritish ruhi bilan Qur'onni o‘rgana boshladim... O'n uchdan ortiqasr ilgari vahiy qilingan bu kitobda (Qur'onda) ma'lum oyatlar mavjud bo‘lib, ular eng zamonaviy ilmiy tadqiqotchilar o‘rgatgani kabi aynan bir xil tushunchalardan saboq beradi. Bu shubhasiz, o‘z dinimni o‘zgartirishimga sabab bo‘ldi.
(Ali Selman Benuast, Frantsiya, tibbiyot fanlari doktori.)

____________
* «What they say about Islaam, the Qur’aan and Muhammad» (Ularning Islom haqida bildirgan fikrlari: Qur’on va Muhammad);  www.al-sunnah.com/call_to_islam/articles/what_they_say_about_islaam.html

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 08:59:00

Men har bir dinning muqaddas kitoblarini o‘qib chiqdim. Islomda duch kelganim - mukammallikni hech qaerdan topa olmadim. Muqaddas Qur'on men o‘qigan boshqa har qanday kitoblar bilan taqqoslanganda, xuddi gugurtga taqqoslangan Quyosh kabidir. Men qattiq ishonamanki, haqiqatga tamomila «yopilmagan» aql bilan Allohning so‘zlarini o‘qigan har qanday kishi musulmon bo‘lg‘usidir.
(Sayfuddin Dirk Uolter Mosig.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 09:00:06

Qur'onni kuchli qilgan xususiyatlardan biri shundaki, musulmon yoki har qanday inson Qur'onni qo‘liga olib, har qanday bir sahifani ochib o‘qiganida, hayotning mazmuniga oid bo‘lgan biror xabarni olur.
(Mashhur dinshunos Jon Espozito*.)

___________
* Jon Espozito, Jakelin Blesning «People Want to Know, So Koran is Best Seller» (Odamlar bilishni istaydi, demak, Qur’on juda mashhur kitob) kitobida keltirilgan parcha, USA Today, 27 noyabr, 2001.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2009, 09:01:13

Dunyodagi butun olimlar va ma'lumotli kishilarni birlashtirib, yagona, to‘g‘ri va insonlarni saodatga eltuvchi Qur'onning printsiplariga asoslangan bir tuzum qurajagimga oz fursat qoldi, deb umid qilaman.
(Frantsuz imperatori Napoleon Bonapart*.)

_____________
* Napoleon Bonapart, Kristian Cherfilsning Bonaparte et Islam (Bonapart va Islom) kitobida keltirilganparcha, (Parij, Frantsiya: 1914), 125.

Qayd etilgan