Ro'za haqida hadislar  ( 131232 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 22 B


Muslimaxon  11 Oktyabr 2006, 06:26:41

38-bob.

Ibn Umar va Salama ibn al-Akva’: «Olloh taoloning «Ro‘za tutmoqqa qurbi yetadirgan kishilar ro‘za tutmasalar, bir kunlik ro‘za evaziga bir miskin to‘yadirgan taom bersinlar!» degan oyatini uning keyingi - «Kimki Ramazon oyi kelgach, ro‘za tutmoqqa qodir bo‘lsa, ro‘za tutsin... », degan oyati bekor qilgan»,- deyishadi. Muhammad sallallohu alayhi va sallamning sahobalari - Abu Laylo bunday deydilar: «Ramazon oyida ro‘za tutmoq haqidagi oyat nozil bo‘lganda biz ro‘za tutmoqqa juda qiynaldik, shunda ro‘za tutmoqqa qodir bo‘lmaganlarga bir kunlik ro‘za o‘rniga bir miskin to‘yadirgan miqdorda fidya (to‘lov) bermakka ruxsat etildi. Keyinchalik ersa, «Ro‘za tutganingiz taom berganingizdan afzalroqdir!» degan oyat nozil bo‘lib, avvalgi oyatni bekor qildi va bizga ro‘za tutmoq buyurildi».

Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu: «Ro‘za tutmaganlar har kungi ro‘zasi uchun bir miskin to‘yadirgan taom bersin!» degan oyatni o‘qib, « Bu oyat bekor qilingan»,- dedilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Oktyabr 2006, 06:27:16

39-bob.

Ibn Abbos: «Agar kishi bir necha kun ro‘za tuta olmagan bo‘lsa, Ramazon oyidan so‘ng tutsa ham bo‘lur, uzluksiz bo‘lmog‘i shart ermas. Chunki Olloh taolo: «Tuta olmagan ro‘zalaringizni boshqa kunlarda tutib berg‘aydirsizlar, degan»,-deydilar. Sa’id ibn Musayyab: «Ro‘zaning qazosi Zulhijja oyining o‘ninchi kunigacha tutilgani yaxshiroq, chunki kelgusi Ramazon oyigacha tutilmay qolib ketsa, yaxshi ermas»,- deydilar. Ibrohim: «Kishi Ramazon oyida beparvo bo‘lib, ro‘za tutmasa, keyingi Ramazon oyi kelganda har ikkalasini bir qilib tutishi kerak bo‘ladi, qazo bo‘lgan ro‘za uchun fidya bermoq yaxshi ermas»,- deydilar. Abu Hurayra va Ibn Abbos: «Ramazon oyi kelganda kimki ro‘za tutolmay qolsa, qazo bo‘lgan ro‘zasi evaziga bir miskin (kambag‘al, bechora) to‘ygudek taom bermog‘i kerak»,- deganlar. Imom Buxoriy ersa: «Olloh taolo qazo qilingan ro‘zalar o‘rniga taom bermoqni ermas; balkim ro‘za tutib bermoqni amr qilgan»,- deydilar.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Oktyabr 2006, 06:29:09

Abu Salama rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anho: «Ramazonda tuta olmagan ro‘zalarimning qazosini to Sha’bon oyi kelmaguncha tuta olmas erdim»,-dedilar. Chunkim, Janob Rasululloh ham Sha’bon oyida ro‘za tutar erkanlar. Yahyo: «Ul kishining Sha’bon oyigacha ro‘za tuta olmasliklariga sabab Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan mashg‘ul erkanliklaridadir»,- deydilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Oktyabr 2006, 06:29:59

40-bob. Hayz ko‘rgan ayolning ro‘za va namozni tark qilmog‘i haqida

Abuzzanod rivoyat qiladirlar: «Payg‘ambarning sunnatlari va shar’iy ishlari ko‘pincha kishi fikriga xilof bo‘lur, binobarin musulmon kishi biror shariat hukmini o‘z fikriga, aqliga xilof, deb bilsa, albatta shariat ko‘rsatgan yo‘lga ergashmog‘i shartdir. Shunday ishlardan bittasi hayz ko‘rgan ayolning ro‘za qazosini tutib, namoz qazosini o‘qimasligidir».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Oktyabr 2006, 06:30:40

Abu Sa’id raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Hayz ko‘rgan xotinlarning namoz o‘qimasligi va ro‘za tutmasligi ular e’tiqodidagi nuqs ermasmu?» - deganlar (ya’ni, ayollar Olloh taologa ibodat qilmoq xususida erkaklarga nisbatan ayrim nuqsonlarga egadir)».

Qayd etilgan


Muslimaxon  12 Oktyabr 2006, 06:39:03

41-bob. Vafot qilgan kishi zimmasida qolgan ro‘zaning hukmi

Hasan Basriy: «Vafot qilgan kishi zimmasida o‘ttiz kun ro‘za qolgan bo‘lsa, o‘ttiz kishi bir kundan tutib bersa bo‘lg‘aydir»,- deganlar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki vafot qilsa, uning zimmasida qolgan ro‘zalarini (ya’ni, tuta olmagan ro‘zalarini) vafot qilgan kishining yaqinlari tutib berg‘aydirlar»,-deganlar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi'Nabiy*sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, onam, zimmalarida bir oylik ro‘za bo‘lgan hollarida vafot qildilar, o‘sha zimmalaridagi ro‘zani men ado qilsam bo‘lurmi?» - deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Ha,- bo‘lg‘aydir. Chunki Ollohning qarzini ado etmoq boshqa qarzlarni ado k;ilmoqdan ham zarurroqdir! »- dedilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  12 Oktyabr 2006, 06:42:24

42-bob. Ro‘zador qaysi vaqtda ogaz ochsa, yaxshi bo‘ladir? Abu Sa’id quyosh gardyshi ko‘rinmay qolgaida ogiz ochar erdilar

Umar ibn Xattob raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar qorong‘ulik mashriqdan kela boshlasa, yorug‘lik ersa mag‘ribdan keta boshlasa va quyosh botsa, ro‘zador og‘iz ochg‘aydir»,- dedilar».

Ibn Abu Avfo rivoyat qiladirlar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga safarda erdik, ul kishi ro‘za erdilar. Kun botgandan so‘ng, bir kishiga og‘iz ochmoq uchun sut birlan suvni aralashtirmoqni buyurdilar. U kishi ersa: Og‘iz ochmoqqa hali ertaroq zrmasmikin?» - dedi, Janob Rasululloh buyruqlarini uch bor takrorlaganlaridan so‘ng, u kishi ichimlik suvi tayyorladi. Nabiy sallallohu alayhi a sallam suv ichib: «Agar qorong‘ulik mashriqdan kelayotgan bo‘lsa, ro‘zadorning ro‘zasi ochilgan bo‘lur»,- dedilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  12 Oktyabr 2006, 06:43:01

43-bob. Ro‘zadorning o‘zida mavjud bo‘lgan suv yoki boshqa narsalar bilan
og‘iz ochishi mumkinligi haqida


Ibn Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga yurgan erdik. Ul kishi ro‘za erdilar. Kun brtgandan so‘ng, «Ey Bilol, ulovdan tushib, bizga og‘iz ochmoq uchun sut birlan suvni aralashtirib berg‘il!»- dedilar. Bilol: «Yo Rasululloh, og‘iz ochmoqni bir oz kechiktirsangiz bo‘larmi erdi?»-dedilar. Janob Rasululloh yana: «Suv tayyorlag‘il!» - dedilar. U kishi yana: «Hali yorug‘-ku!»- dedilar. Janob Rasululloh yana: «Suv tayyorlag‘il!» - dedilar. Shundan so‘ng, Bilol suv tayyorlab berdilar. Shunda, Janob Rasululloh: «Agar qorong‘ulik mana bu tomondan (qo‘llari birlan mashriq tomonga ishora qildilar) kelsa, ro‘zador og‘iz ochg‘aydir»,- dedilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  12 Oktyabr 2006, 06:43:47

44-bob, Kun botishi bilanoq iftor qilmoq haqida

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ro‘zadorlar quyosh botishi birlan bir paytda og‘iz ochsalar, doimo yaxshilik ko‘rg‘aydirlar»,— deganlar».

Ibn Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda erdik, Janob Rasululloh kechgacha ro‘za tutdilar. So‘ng, bir kishiga: «Og‘iz ochmoqqa narsa (suv) tayyorlag‘il!» - dedilar. U kishi: «Yana bir oz kech kirishini kutsak yaxshi bo‘larmidi?»-dedi. Janob Rasululloh: «Agar tunning mashriq tomondan kelayotganini ko‘rsang, bo‘ldi, ro‘zador bo‘lsang, og‘iz ochaverg‘il!»-dedilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  12 Oktyabr 2006, 06:46:07

45-bob. Agar Ramazonda og‘iz ochilgandan so‘ng quyosh ko‘rinib qolsa...

Asmo binti Abu Bakr: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam davrlarida havo bulut kuni og‘iz ochdik, biroq og‘iz ochilgandan so‘ng Quyosh chiqib qoldi»,- dedilar. Mazkur hadis roviylaridan biri - Hishomdan: «O’sha kungi ro‘zaning qazosini tutmoqni buyurdilarmi?» - deb so‘rashganda, ul kishi: «Ro‘zaning qazosini albatta tutmoq lozim»,- deb javob qildilar. Ma’mar ersa: «Hishom o‘shanda ro‘za qazosini tutishganmi, yo‘qmi, bilmadim, deb aytgan erdi»,- deydilar.

Qayd etilgan