Ro'za haqida hadislar  ( 131831 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 22 B


Muslimaxon  13 Oktyabr 2006, 05:58:26

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning, hech qaysi biringiz jum’a kuni (nafl) ro‘za tutmangiz, agar tutadirgan bo‘lsangiz, jum’adan oldingi bir kunni yokim jum’adan keyingi bir kunni qo‘shib tutingiz, deganlarini eshitganman»,- deydilar.

Abu Ayyub rivoyat qiladirlar: «Jum’a kuni Nabiy sallallohu alayhi va sallam Juvayra binti Hars raziyallohu anhoning uylariga kiribdirlar. Ul kishi ro‘za erkanlar. Janob Rasululloh: «Kecha ham ro‘zamiding?» - deb so‘rabdirlar. Juvayra: «Yo‘q»,- debdirlar. Keyin, Janob Rasululloh: «Ertaga ham ro‘za tutg‘aymisen?» -deb so‘rabdilar. Ul kishi: «Yo‘q» - debdirlar. Shunda, Janob Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, ro‘zangni ochgil!» - debdirlar. Juvayra og‘iz.ochibdirlar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  13 Oktyabr 2006, 06:01:48

62-bob. Kishi o‘zi uchun ro‘za tutadirgan kunlariny belgilab olsa,
bo‘ladirmi?


Alqama rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anhodan: «Janob Rasululloh o‘zlari uchun ro‘za tutadirgan kunlarni belgilab olganmi erdilar?» - deb so‘radim. Ul kishi: «Janob Rasululloh doimo ro‘za tutar erdilar, sizlarning qaysi biringiz ul kishi qilgan ibodatga chiday olursiz?!» - dedilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  13 Oktyabr 2006, 06:02:09

63-bob. Arafa kuni ro‘za tutmoq haqida

Ummulfazl rivoyat qiladirlar: «Arafa kuni mening huzurimda o‘tirgan odamlar Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ro‘za yokim ro‘za ermasliklari to‘g‘risida tortishib qolishdi. Ayrimlar: «Janob ro‘zalar»,- desa, ba’zilar: «Ro‘za ermaslar»,- dedi. Shunda men Janobga bir idishda sut yubordim. Janob tuya minib Arafotda turgan erdilar, sutni ichdilar».

Maymuna raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Odamlar Nabiy sallallohu alayhi va sallamning arafa kuni ro‘za tutganlari to‘g‘risida shubha qilib qolishdi. Shunda men Janobga sut yubordim. Janob Arafotda turgan erdilar, odamlar ko‘z oldida sutni ichdilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  13 Oktyabr 2006, 06:02:30

65-bob. Qurbon hayiti kuni ro‘za tutmaslik haqida

Ato raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Ikki ro‘za va ikki savdo-sotiq, ya’ni Ramazon va Qurbon hayitlari kuni ro‘za tutmak, molni ko‘rmasdan yokim ko‘rsatmasdan bor baraka qilmak hamda sotilgan narsani qaytib olmak yokim qaytarib olmak man’ qilingandir»,- deydirlar».

Ziyod ibn Jubayr rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhuning huzuriga kelib: «Bir odam har doim ma’lum bir kunda ro‘za tutmoqqa ahd qilgan erkan, o‘shal kun - dushanba kuni bo‘lib, hayit kuniga to‘g‘ri kelib qolibdir, endi ul ne qilg‘aydir?» - deb so‘radi. «Olloh: «Ahd qilsangizlar, unga vafo qilingiz! » - deydir. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa, hayit kuni ro‘za tutmakni man’ qilganlar»,- debdirlar (ulamolar: «Hayit kuniga to‘g‘ri kelgan ro‘zani qazo qilib, boshqa kuni tutsa, oyatga ham, hadisga ham amal qilgan bo‘lur»,- deyishadir)».

Qayd etilgan


Muslimaxon  13 Oktyabr 2006, 06:03:15

Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘n ikkita g‘azavotda ishtirok etgan Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan meni g‘oyat taajjubga solgan quyidagi to‘rt hikmatni. eshitdim»,- deydirlar: 1)yonida mahrami bo‘lmagan ayol ikki kunlik yo‘lga yolg‘iz o‘zi chiqmasin! 2)ikki kun -Ramazon va Qurbon hayitlari kuni ro‘za tutilmasin! 3)Bomdoddan so‘ng, to kun chiqquncha va asrdan so‘ng, to kun botguncha namoz o‘qilmasin! 4)Uchta masjid - Masjid ul-Harom, Masjid ul-Aqso va mening masjidlarimdan (ya’ni, Masjid un-Nabiydan) o‘zga masjidlarga tavof qilmak niyatida safar qilinmasin!

Qayd etilgan


Muslimaxon  13 Oktyabr 2006, 06:03:59

66-bob. Tashriq kunlari ro‘za tutmoq haqida

Hishom raziyallohu anhu: «Oisha raziyallohu anho ham, otalari (Abu Bakr) ham Tashriq kunlari ro‘za tutmak qurbonlikka jonliq so‘ymakka qurbi yetmaganlargagina ruxsat etildi»,- deydilar.

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Bir yo‘la haj va umra qilmakni niyat aylab, ehrom bog‘laganlar, arafa kunigacha umra qilgan bo‘lsalar-u, lekin qurbonlikka jonliq so‘ymakka qurbilari yetmagan bo‘lsa, hamda ro‘zani hayit kunigacha tutishmagan bo‘lsa, Tashriq kunlari ro‘za tutmaklari kerak bo‘lg‘aydir»,- deydirlar.

Qayd etilgan


Muslimaxon  13 Oktyabr 2006, 06:04:27

67-bob. Ashuro kuni ro‘za tutmoq qaqida

Solim raziyallohu anhuning otalari: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam, kimki Ashuro kuni ro‘za tutmakni istasa, tutsin! deb aytganlar»,- deydilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Ramazon oyining ro‘zasi farz qilingunga qadar, Ashuro kuni ro‘za tutmakni buyurgan erdilar. Ramazonda ro‘za tutmak farz bo‘lganidan keyin ersa, Ashuro kuni istaganlar ro‘za tutdi, istamaganlar tutmadi».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Islomdan avyul, johiliya davrida quraysh ahli Ashuro kuni ro‘za tutar erdi. Janob Rasululloh Madinaga kelganlaridan keyin ham Ashuro kuni ro‘za tutdilar, boshqalarni ham tutmakka buyurdilar. Ramazon oyida ro‘za tutmak farz qilinib, Janob Rasululloh Ashuro kuni ro‘za tutmakni tark etganlaridan keyin, Ashuro kuni ro‘za tutmak ixtiyoriy bo‘lib qoldi».

Qayd etilgan


Muslimaxon  13 Oktyabr 2006, 06:05:08

Humayd ibn Abdurrahmon rivoyat qiladirlar: «Muoviya ibn Abu Sufyon haj qilgan yillari Ashuro kuni minbarga chiqib: «Ey Madina ahli, ulamolaringiz eshitib qo‘ysinlar! Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Ashuro kuni ro‘za tutmak farz qilinmagan ersa ham, men ro‘zadirman, ammo sizlarga bu ixtiyoriydir», deb aytganlarini eshitganman»,- dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida, qarasalar, yahudiylar Ashuro kuni ro‘za tutishar erkanlar. Shunda, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu nechuk ro‘zadir?» - deb so‘radilar. Yahudiylar: «Bu yaxshi kundir, shu kuni Muso, Olloh taolo Baniy Isroilni dushmanlaridan xalos qilgani uchun ro‘za tutganlar»,-deyishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biz Musoga sizlardan ko‘ra haqliroqdirmiz»,- deb shu kuni o‘zlari ham ro‘za tutdilar, boshqalarga ham ro‘za tutmakni amr qildilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  13 Oktyabr 2006, 06:05:33

Abu Muso raziyallohu anhu: «Yahudiylar Ashuro kunini bayram, deb hisoblashar erdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Sizlar ham shul kuni ro‘za .tutingiz!» -deb aytdilar»,- deydilar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Ashuro kunini boshqa kunlardan ortiq bilib va Ramazon oyini boshqa oylardan ortiq bilib, ro‘za tutmakka qasd qilganlarini ko‘rmaganman»,- deydilar.

Salama ibn Akva’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Aslam qabilasidan bir kishiga: «Kimki bugun ovqat yegan bo‘lsa, kunning qolgan qismida ro‘za tutsin, kimki ovqat yemagan bo‘lsa, sahargacha ovqat yemasin, chunkim bul kun Ashuro kunidir!»-deb e’lon qilmakni buyurdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  13 Oktyabr 2006, 07:24:50

Ro'za - sabrning yarmidir (Termiziy rivoyati),
Sabr - iymonning yarmi. (Abu Na'im va Bag'dodiy rivoyati).


Jonim qo'lida bo'lgan Zotga qasamki, ro'zador og'zining hidi Alloh nazdida mushk hididan hushbo'yroqdir. Alloh azza va jalla aytadi: "Shaxvatingni, taomingni, sharobingni Mening uchun tark et. Ro'za Men uchun va uning mukofotini O'zim beraman".
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Qayd etilgan