Ro'za haqida hadislar  ( 131468 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 B


Munira xonim  15 Oktyabr 2006, 15:24:44

Anas r.a.dan:"Ro'zadorlarning og'zidan mushk ufuradi va ular uchun Arshning ostiga dasturhon tuzaladi. Odamlar qiyomatda hisob berar ekanlar, ro'zadorlar ziyofatda bo'ladilar. ALlohning ko'z ko'rib, quloq eshitmagan va insonlar hayoliga ham kelmagan dasturhoni bor. Uning atrofiga ro'zadorlargina o'tiradilar".

Ibn Abu Dunyo rivoyati.

Qayd etilgan


Muslimaxon  16 Oktyabr 2006, 06:57:03

BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

7-bob. E’tikof haqidagi boblar

Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikof qilinadir. Hamma masjidlarda ham e’tikof qilmoq mumkin. Olloh taoloning quyidagi kalomi bunga dalil: «Masjidlarda e’tikofda o‘tirgan kunlaringizda ayollarga yaqinlik qilmangiz! Bu Olloh belgilagan chegaralardir. Binobarin, alarga yaqinlik qilmangiz! Shul tariqa Olloh taolo o‘z hukmlarini bandalariga tushuntirg‘aydir, shoyad ular Ollohning aytganini qilib, qaytarganidan qaytsalar!»

Abdulloh ibn Umar: «Rasululloh Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirar erdilar»,- deydilar.

Qayd etilgan


Muslimaxon  16 Oktyabr 2006, 06:57:47

Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam to Ollohtaolo omonatini olguncha Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirmakni kanda qilmadilar. Janobdan so‘ng, ul kishining ayollari ham shundoq e’tikof qilishadigan bo‘ldi»,- deydilar.

Abu Sa’id Hudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysi bir yili Ramazonning ikkinchi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirdilar. Yigirmanchi kuni ertalab e’tikofni tugatib, tashqariga chiqdilar-da, bunday dedilar: «Kimki men birlan birga e’tikof qilgan bo‘lsa, oxirgi o‘n kunlikda ham e’tikofni davom ettirsin! Shul kecha menga Laylat ul-Qadr o‘tadigan kun tayin qilingan edi, ammo yodimdan ko‘tarilibdir. Tushimda loy yerda sajda qilayotgan ermishman, Laylat ul-Qadrni oxirgi o‘n kunlikning toq kunlarida kutingiz!» Shu kechasi yomg‘ir yog‘di. Masjid tomi xurmo shoxlari birlan yopilgan erdi, yomg‘ir o‘tib ketdi. Rasulullohning peshonalariga loy tekkanini yigirma birinchi kuni ertalab o‘z ko‘zim birlan ko‘rdim».

Qayd etilgan


Muslimaxon  16 Oktyabr 2006, 06:58:12

8-bob. Hayz ko‘rgan xotin e’tikofda o‘tirgay erining sochini tarashi
mumkin


Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam masjidda e’tikofda o‘tirgan kunlari muborak boshlarini darchadan chiqarar erdilar, men hayz ko‘rgan bo‘lsam ham, sochlarini tarab qo‘yardim»,- deydilar.

Qayd etilgan


Muslimaxon  16 Oktyabr 2006, 06:59:21

9-bob. E’tikofda o‘tirgan kishi uyiga juda zarur bo‘lganda kiradir

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjiddan chiqmay boshlarini darchadan chiqarar erdilar, men sochlarini tarab qo‘yardim. E’tikofda bo‘lsalar, uyga hech kirmas erdilar, faqat zarur bo‘lsagina kirar erdilar»,- deydilar.

Qayd etilgan


Muslimaxon  16 Oktyabr 2006, 07:00:14

10-bob. E’tikofda o‘tirgan kishining yuvinmog‘i haqida

Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam hayz ko‘rgan bo‘lsam ham meni quchoqlar erdilar. E’tikofda o‘tirgan kunlari boshlarini darchadan chiqarar erdilar, men hayz ko‘rgan bo‘lsam ham yuvib qo‘yardim»,- deydilar.

Qayd etilgan


Muslimaxon  16 Oktyabr 2006, 07:00:37

11-bob. Kechasi e’tikofda o‘tirmoq haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Hazrat Umar Nabiy sallallohu alayhi va sallamga: «Men johiliya davrida bir kecha Masjid ul-Haromda e’tikof qilurmen, deb niyat aylagan erdim» ,— dedilar. Janob Rasululloh: «Niyatingga vafo qilg‘il!»-dedilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  16 Oktyabr 2006, 07:01:58

12-bob. Ayollarning e’tikofda o‘tirmogi haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikofda o‘tirar erdilar. Janob Rasululloh mening uchun masjid sahnida chodir tutib bergan erdilar, bomdoddan so‘ng oldimga kirardilar. Janob Rasulullohning boshqa zaifalari - Hafsa mendan o‘ziga chodir tutib olmoqqa ruxsat so‘rab erdi, ruxsat berdim, chodir tutib oldi. Buni ko‘rgan Zaynab binti Jahsh (Rasulullohning xotinlaridan biri) ham o‘ziga chodir qurib oldi. Ertasiga ertalab Janob Rasululloh chodirlarni ko‘rib: «Bu nesidir?»-dedilar. «Xotinlaringizning chodiri»,- deyishdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ular yaxshi ish qilishibdir, deb o‘ylaysizlarmi?»- dedilar. Shundan so‘ng, Janob Rasululloh o‘sha oydagi e’tikofni tark etdilar. Buning evaziga Shavvol oyida o‘n kun e’tikof qildilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  18 Oktyabr 2006, 19:42:57

13-bob. Masjidga chodir tikmoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: Nabiy sallallohu alayhi va sallam e’tikof qilmoq niyatida masjidga chiqib erdilar, men, Hafsa va Zaynabning chodirlarimizni ko‘rib qoldilar. Shunda: «Bular yaxshi ish qilishibdir, deb o‘ylaysizlarmi?»- dedilar-da, e’tikofga o‘tirmay, chiqib ketdilar. Keyin, Shavvol oyida o‘n kun e’tikof qildilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  18 Oktyabr 2006, 19:43:19

14-bob. E’tikofda o‘tirgan kishi biror hojat birlan masjid eshigi oldigacha boradirmi?

Safiyya raziyallohu anho: «Men Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamni Ramazonning oxirgi o‘n kunligida masjidda e’tikofda o‘tirganlarida ko‘rgani bordim»,- deydilar. Keyin, Safiyya Janob Rasululloh huzurlarida bir oz suhbatlashib o‘tirganlaridan so‘ng qaytish uchun o‘rinlaridan turibdirlar, Janob Rasululloh ham ul kishi birlan birga turib, masjidning eshigi oldigacha birga boribdirlar. Shunda, ansorlardan ikki kishi o‘tib ketayotib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga salom berishibdi. Janob Rasululloh ularga: «Shoshmangiz, bul Safiyya binti Huyay (ya’ni, «Ko‘nglingizga bir narsa kelmasin, bu - mening xotinim» demoqchilar)»,- debdirlar. Boyagi ikki kishiga bu gap og‘ir botib: «Subhonalloh»,-  deyishibdi.   Nabiy   sallallohu  alayhi   va   sallam:   «Shayton insonning qon tomirlarida yurib, vasvasa qilg‘aydir, shul boisdan sizlarni ham shayton vasvasa qilib, xayolingizga bo‘lmag‘ur fikrni keltirmadimikan, deb xavotir oldim»,- debdirlar.

Qayd etilgan