Ro'za haqida hadislar  ( 131402 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 B


Muslimaxon  18 Oktyabr 2006, 19:43:42

15-bob. E’tikofda o‘tirmoq va Nabiy sallallohu alayhi va sallamning yigirma kun bo‘ldi, deganda e’tikofni tugatib, tashqariga chiqishlari haqida

Abu Saloma ibn Abdurrahmon Abu Sa’id Xudriydan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Laylat ul-Qadr to‘g‘risida gapirganlarini eshitganmisiz?»-deb so‘radilar. Ul kishi: «Ha»,- dedilar-da, quyidagilarni rivoyat qilib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Ramazonning ikkinchi o‘n kunligidz e’tikofga o‘tirdik, yigirma kun bo‘ldi, deganda ertalab e’tikofni tugatib chiqdik. Shunda, Janob Rasululloh bizga va’z aytdilar-da: «Laylat ul-Qadr kuni menga tayyn qilinib .erdi, ammo ul yodimdan ko‘tarilib qoldi. Uni Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligida, toq kunlarda kutingiz. Tushimda men loy yerda sajda qilayotgan ermishman. Kimki men birlan birga e’tikof qilgan bo‘lsa, masjidga qaytsin!»-dedilar. Odamlar masjidga qaytib kirishdi. Shu paytda osmonda bir parcha ham bulut yo‘q erdi, birdan qaerdandir bulut paydo bo‘lib, yomg‘ir yog‘di. So‘ng, bomdodga takbir aytildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam loy yerda sajda qildilar, hattoki men Janob Rasulullohning muborak peshonalari va burunlariga loy tekkanini ko‘rdim».

Qayd etilgan


Muslimaxon  18 Oktyabr 2006, 19:44:00

16-bob. Mustahozaning (ichidan muttasil qon ketadirgan ayolning) e’tikof kilmogi haqida

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga xotinlaridan biri mustahoza holida e’tikofga o‘tirdi. Uning ichidan qizil va sariq suyuqlik kelib turardi, biz ostiga tog‘ora qo‘yib qo‘ygandik»,- deydilar.

Qayd etilgan


Muslimaxon  18 Oktyabr 2006, 19:44:16

17-bob. Ayolning e’tikofda o‘tirgan erini ko‘rgani bormog‘i haqida

Ali ibn Husayn rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam masjidda (e’tikofda) erdilar. Ul kishini ko‘rgani kelgan) ayollari uylariga qaytmoqchi bo‘lib, o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Shunda, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safiyyaga: «Shoshmag‘il, kuzatib qo‘yg‘aymen!» - dedilar. Safiyyaning uyi Usomaning hovlisida erdi. Janob Rasululloh Safiyya birlan birga chiqdilar. Ittifoqo, ikki ansoriy yo‘liqib, Janob Rasulullohga bir nigoh tashlashdi-da, yo‘lda davom etishdi. Janob Rasululloh ularni chaqirib: «Bu - Safiyya binti Huyay (ya’ni, «Bu - mening xotinim» demoqchilar)»,- dedilar. Ular taajjublanib: «Subhonalloh, yo Rasululloh!»-deyishdi. Janob Rasululloh: «Shayton insonning qon tomirlarida yurg‘aydir, shul boisdan shayton vasvasa qilib, yomon xayolga bormangiz, deb xavotir oldim»,- dedilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  18 Oktyabr 2006, 19:44:32

18-bob. E’tikofda o‘tirgan kishi shubhani o‘zidan soqit qiladirmi?

Ali ibn Husayn rivoyat qiladirlar: «Safiyya raziyallohu anho Rasululloh sallallohu alayhi va sallam e’tikofda o‘tirganlarida huzurlariga keldilar, so‘ng qaytishlarida Janob Rasululloh ham birgalashib yo‘lga tushdilar. Yo‘lda ansorlardan biri ularni ko‘rdi. Janob Rasululloh ansorni chaqirib: «Bu -Safiyya (ya’ni, mening xotinim), tag‘in xayolingga har xil fikr kelib yurmasin, chunkim shayton odam bolasining qon tomirlarida yurg‘aydir»,- dedilar».

Zuhriy Sufyondan: «Safiyya kechasi kelganmidi?»-deb so‘raganlaryda, ul kishi: «Ha, kechasi»,- deb javob bergan erkanlar.

Qayd etilgan


Muslimaxon  18 Oktyabr 2006, 19:45:18

19-bob. Ertalab e’tikofni tugatib chiqsa...

Abu Sa’id Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Ramazonning ikkinchi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirdik. Yigirmanchi kuni ertalab narsalarimizni ko‘tarib, Rasulullohning xuzurlariga keldik. Shunda, Janob Rasululloh: «Kimki men birlan birga e’tikof qilgan bo‘lsa, yana joyiga qaytsin (e’tikofni davom ettirsin), chunkim shul kecha menga Laylat ul-Qadr o‘tadirgan kun ayon qilindi. Tushimda men loy yerda sajda qilayotgan ermishman»,- dedilar. Janob Rasululloh joylariga qaytdilar hamki, yomg‘ir yog‘a boshladi, Ollohga qasam ichib ayturmenkim, o‘shal kuni kechgacha yomg‘ir yog‘ib, shox-shabba tashlangan masjid tomidan chakka o‘tib ketdi. Keyin, men Janob Rasululloh (sajda qilayotganlarida) burunlariga loy tekkanini ko‘rdim».

Qayd etilgan


Muslimaxon  18 Oktyabr 2006, 19:45:32

20-bob. Shavvol oyida e’tikofga o‘tirmoq haqida

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har Ramazonda e’tikofga o‘tirar erdilar. Bomdod vaqti bo‘lgach, turib namoz o‘qirdilar-da, yana qaytib e’tikofga o‘tirardilar»,- deydilar. Oisha onamiz Janob Rasulullohdan e’tikofga o‘tirmoqqa ruxsat so‘raganlarida, unga ijozat berdilar. Shunda, Oisha raziyallohu anho o‘zlariga chodir qurib oldilar. Buni eshitib, Hafsa ham o‘zlariga chodir qurib oldilar. Keyin, Zaynab ham eshitib, chodir qurib oldilar.. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdoddan so‘yg kelib, to‘rtta chodir turganini ko‘rib, . «Bu nesidir?»-dedilar. Janob Rasulullohga chodirlar ayollariniki ekanligini aytishdi. Janob Rasululloh: «Ne sababdan bundoq qilishdi, yaxshi niyatdami? Olib tashlangiz, men ikkinchi ko‘rmayin!»-deganlaridan so‘ng, chodirlarni olib tashlashdi. Shundan keyin, Janob Rasululloh Ramazon oyidagi e’tikoflarini to‘xtatib, Shavvol oyining oxirgi o‘n kunligida uni davom ettirdilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  18 Oktyabr 2006, 19:45:49

21-bob. E’tikofda o‘tirgan kishi ro‘za tutmasa ham bo‘ladir

Umar ibn Xattob raziyallohu anhu: «Yo Rasululloh, men johiliya davrida, Masjid ul-Haromda bir kecha e’tikof qilg‘aymen, deb ahd etgan erdim»,- dedilar. Shunda, Janob Rasululloh: «Ahdingga vafo qilg‘il!»-dedilar (biroq ro‘za tutmok, haqida indamadilar). Keyin, Hazrat Umar bir kecha e’tikofga o‘tirdilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  18 Oktyabr 2006, 19:46:07

22-bob. Johiliya davrida e’tikof qilishga ahd qilib, so‘ng musulmon bo‘lsa...

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Johiliya davrida Hazrat Umar raziyallohu anhu Masjid ul-Haromda (nazarimda, bir kecha) e’tikofga o‘tirmoqqa ahd qilgan erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ul kishiga: «Ahdingga vafo qilg‘il!»-deb aytdilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  18 Oktyabr 2006, 19:46:23

23-bob. Ramazonning ikkinchi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirmoq haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va' sallam har Ramazonda o‘n kun e’tikofga o‘tirar erdilar. Vafot qiladirgan yillari ersa, yigirma kun e’tikof qildilar»,- deydilar.

Qayd etilgan


Muslimaxon  18 Oktyabr 2006, 19:46:42

24-bob. E’tikofga o‘tirgan kishi e’tikofni to‘xtatmoqchi bo‘lsa...

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirg‘ayman, deb odamlarga aytdilar» ,— deydilar.

O’shanda Oisha ham e’tikofga o‘tirmakka Janobdan ruxsat so‘radilar, ul kishi ijozat berdilar. Hafsa Oishaga: ' «Menga ham ruxsat so‘rab beringiz»,- dedilar. Oisha ul kishiga ruxsat so‘rab berdilar. Buni ko‘rgan Zaynab ham o‘zlariga masjiddan e’tikof uchun joy tayyorladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qiganlaridan so‘ng, e’tikofda o‘tiradirgan joylariga qaytganlarida, ul yerdagi e’tikofga tayyorlab qo‘yilgan joylarni ko‘rib: «Bu nesidir?»-dedilar. «Oisha, Hafsa va Zaynabning joylari»,- deb aytishdi. Janob Rasululloh: «Yaxshi ish qilishmabdir, men e’tikofimni to‘xtatg‘aymen»,- deb ro‘zalarini buzdilar. Keyin, Shavvol oyida o‘n kun e’tikof qildilar».

Qayd etilgan