Umumiy bo'lim > Ro'za

Ro'za haqida hadislar

<< < (43/44) > >>

saltanat:
Imom Muslim Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh S.A.W.:"Ramazondan keyingi eng afzal ro'za Muharram oyi ro'zasidir, farz namozidan keyingi eng afzal namoz tungi namozdur" dedilar.

Muharram oyining 10-kuni -Ashuro kuni deyiladi.Bu kuni ro'za tutmoq sunnatdir,Rasuli Akram S.A.W. bu kunda ro'za tutganlar,Madinai Munavvaraga tashrif buyurganlarida yahudiylarning ham bu kunni ro'za tutganlarini ko'rganlaridan so'ng sahobalarga yahudiylar kabi bo'lmaslik uchun Muharram oyining 9 va 10-kunlari yoki 10 va 11-kunlari ro'za tutishlikni buyurganlar.
         manba "Muqaddas oylar va mustajob duolar" kitobi
                   "Movaraunnahr" nashriyoti 2003.


Tungi namoz - tahajjud Rosululloh S.A.W.targ'b qilgan va Alloh taolo bu amal egalarini maqtab ularga katta mukofotlar va'da qilgan ibodatdir.Chunki hamma ham kechasi shirin uyqudan voz kechib Allohning zikri bilan qoim bo'lishga mavaffaq bo'lavermaydi.
         manba:"Masjid va honadonlarda o'qiladigan kundalik darslar". 1-kitob.
                   D.Roshid Xusayn al-Abdulkarim.

saltanat:
Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Anas r.a.shunday deydilar:Rosululloh S.A.W. Fitr (Ramazon hayiti) kuni bir nechta hurmo yemagunlaricha (hayit namoziga) chiqmas edilar.Bir rivoyatda "hurmolarni toq yerdilar" ziyoda qilingan.

Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda Burayda r.a.shunday dedilar:Rosululloh S.A.W.Fitr (Ramazon hayiti) kuni biron narsa tanovvul qilmasdan namozga chiqmas edilar, ammo Qurbon hayiti kuni iyd namozini o'qimagunlaricha biron narsa yemasdilar.

Hadija:
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday deb marhamat qildilar:
""Kimda kim Ramazonda ro'za tutib, uning ketidan Shavvolda 6 kun ro'za tutsa, bir yillik ro'zadek bo'ladi (ya'ni bir yillik ro'za tutganlik savobini oladi) "."
[Sahih Muslim]

Sadulla:
Assalomu alaykum.

"Sizlarga muborak ramazan oyi keldi. Alloh uning ro‘zasini sizlarga farz qildi Bu oyda jannat darvozalari ochilib, jahannam darvozalari yopiladi, shaytonlar zanjirband qilinadi Bu oyda bir kecha borki, u ming oydan yaxshiroqdir. Kim u kechaning yaxshiligidan mahrum qolsa, (ko‘p narsadan) mahrum bo‘libdi."
Imom Ahmad va Imom Nasoiy rivoyatlari.

Sadulla:
Assalomu alaykum.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Ro'za qalqon bo'lib banda uning vositasida do'zaxdan satrlanadi".Imom Ahmad rivoyati.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version