Ro'za haqida hadislar  ( 131736 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 22 B


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:26:29

Rasululloh sollalohu alayhi vasallam aytadilar: "œRamazon ro‘zasini tutgan va uning hududlarini bilgan hamda saqlanish kerak bo‘lgan narsalardan saqlangan odam(ning bu ibodatlari) o‘tgan gunohlariga kafforat bo‘ladi".
Imom Ahmad va Imom Bayhaqiy rivoyatlari

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:26:58

Abu Hurayra roziyallouu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
«Uchta duo rad qilinmas: ro‘zadorning og‘zini ochish paytidagi duosi.. .», dedilar».
Imom Ahmad va Imom Termiziy rivoyatlari

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:27:37

"œPaygambarimizdan (sollallohu alayhi va sallam) so’radilar:
-   Ey Allohning Rasuli, qanday sadaqa afzalroqdir?
U zot (sollallohu alayhi va sallam):
-   Sadaqaning afzali Ramazon oyida berilganidir, dedilar"

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:28:15

Bir kishi Nabiyning huzurlariga kelib: "Meni jannatga olib kiradigan amalga buyuring", dedi. Nabiy alayhissalom: "Ro`za tut, chunki uning tengi yo`qdir", dedilar. Haligi kishi yana savolini qaytardi. Rasululloh tag`in: "Ro`za tut!" deb javob berdilar.
(Imom Ahmad, Imom Nasoiy rivoyatlari)

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:29:38

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar:
"Kimda-kim ro‘zadorga iftor qilib bersa, ro‘zadorning savobidan zarracha kamaytirilmagan holda ro‘zador ega bo‘lgan savobga ega bo‘ladi"
(Imom Termiziy rivoyati).

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:30:19

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yana shunday marhamat qilganlar:
"Jannatda tashqarisidan ichkarisini va ichkarisidan tashqarisini ko‘rish mumkin bo‘lgan uylar bor. Alloh taolo bu uylarni miskinlarga taom yediruvchilar, muloyim gapiruvchilar, uzluksiz (davomli) ro‘za tuguvchilar va kechasi boshqalar uxlayotgan vaqtda namoz o‘quvchilar uchun tayyorlab qo‘ygan"
(Imom Ahmad rivoyati)

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:32:47

«Odamlar iftorni ertaroq qilar ekanlar, mudom yaxshilik ustida bo‘ladilar»
(Muttafaqun alayh)

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:33:22

Anas (r.a.) aytadilar:
«Payg‘ambar alayhissalom suv bilan bo‘lsa ham, og‘iz ochmagunlaricha shom namozini o‘qimas edilar»
(Termiziy rivoyati).

Qayd etilgan


Muslimaxon  06 Oktyabr 2006, 20:28:51

RO’ZA KITOBI
Imom Ismoil al-Buxoriy — Al-jome’ as-sahihdan

1-bob. Ramazonda ro‘za tutmoqning farz ekanligi haqida

Bu xususda Olloh taolo bunday deydir: «Ey mo‘minlar! Sizlardan avval o‘tgan bandalarga farz qilingani yanglig‘, sizlarga ham ro‘za tutmoq farz qiling‘aydir. Shoyadki, sizlar taqvo qilsangizlar!»

Talha ibn Ubaydulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir badaviy sochlari to‘zigan holda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib dedi: «Yo Rasululloh! Menga xabar beringiz, Olloh menga qaysi namozlarni farz qilgan?» Janob Rasululloh: «Bir kecha-kunduzda besh vaqt namozni farz qilgan, biroq bunga qo‘shimcha tarzda xohlaganingcha nafl (ixtyyoriy namoz) o‘qimog‘ing mumkin».- deb javob berdilar. Badaviy: «Xabar beringiz, Olloh menga qaysi ro‘zani farz qilgan?»- deb so‘radi. «Ramazon oyining ro‘zasini tutmoqni, biroq bunga qo‘shimcha tarzda bir oz nafl ro‘za tutmog‘ing mumkin»,- dedilar Janob Rasululloh. U yana so‘radi: «Xabar beringiz, Olloh menga nimalar uchun zakot bermoqni farz qilgan?» Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga islomda zakot biriladirgan mollar qaysilar va ular qaysi miqdorga yetganda qanchadan va kimlarga berilishi haqida xabar berdilar. Badaviy: «Sizni mukarram qilgan xudo haqqi-hurmati, qasam ichib ayturmenkim, Olloh menga farz qilgan amali solihlarni ko‘paytirmasman ham, kamaytirmasman ham»,- dedi. «Agar bul kishi qavlida mustahkam bo‘lsa, najot topg‘usidir (yokim «jannatga kirgaydir» ,— dedilar shekilli)» ,— dedilar Janob Rasululloh».

Qayd etilgan


Muslimaxon  06 Oktyabr 2006, 20:31:47

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu aytadirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Muharram oyining o‘ninchi kuni ro‘za tutar erdilar va boshqalarni ham shul kuni ro‘za tutmoqqa buyurar erdilar. Ramazon oyining ro‘zasi farz qilingandan so‘ng, Muharram oyida tutadirgan ro‘zani tark etdilar».

Abdulloh ibn Umarning o‘zlari ham Ramazonda ro‘za tutmoq farz qilingandan keyin Muharram oyida ro‘za tutmoqni tark etdilar. Ammo, nafl ro‘za Muharramning o‘shgachi kuniga to‘g‘ri kelsa, tutar erdilar.

Qayd etilgan