Ro'za haqida hadislar  ( 131502 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 22 B


Muslimaxon  06 Oktyabr 2006, 20:32:19

 Oisha raziyallohu anho aytadirlar: «Johiliya davrida (ya’ni, islomdan avval) Quraysh qavmi Muharramning o‘ninchi kuni ro‘za tutar erdi. So‘ng (ya’ni, islom dini barpo bo‘lgandan so‘ng), Janob Rasululloh Ramazonda ro‘za tutmoqni buyurib: «Xohlagan kishi Muharram oyining o‘ninchi kuni ro‘za tutsin, xohlamagan kishi tutmasin»,- dedilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  06 Oktyabr 2006, 20:32:51

2-bob. Ramazon oyi ro‘zasining fazilati haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytganlar: «Ro‘za (tutmoqlik) do‘zax o‘tidan asrovchi vositadir! Binobarin, ro‘za tutgan kishi haqorat so‘zlarini tilga olmasin, so‘zlashganda baqirmasin, birovni masxara qilmasin! Agar biror kishi ro‘zador birlan urishsa yokim uni haqorat qilsa, ro‘zador ikki bor: «Men ro‘zamen», desin! Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, ro‘zadorning og‘zidan kelgan bo‘y, Olloh nazdida mushk-anbar bo‘yidan ham xushbo‘yroqdir, chunkim Olloh taolo: «Ro‘zador meni deb yeb-ichmas va meni deb ro‘za tutar, binobarin uning mukofotini o‘zim berg‘aydirmen va har bir yaxshilig‘i evaziga mendan o‘n barobar mukofot olg‘usidir»,- deydir».

Qayd etilgan


Muslimaxon  06 Oktyabr 2006, 20:33:14

3-bob. Ro‘za tutmoqlik gunohlar uchun kafforat (gunohlarni yuvguvchi
vosita) bo‘lishi haqida


Abu Voil raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Umar raziyallohu anhu: «Kim Nabiy sallallohu alayhi va sallamning fitna to‘g‘risida aytgan hadislaridan birortasini eslay olur?»-deb so‘radilar. «Men shunday hadisni eshitganman, -dedilar Huzayfa, - Janob Rasululloh: «Kishining oilasiga, molu dunyosiga berilib hamda qo‘shnisiga tenglashg‘ayman deb, bandachilik qilib, yo‘l qo‘ygan xatolarini uning o‘qigan namozi, tutgan ro‘zasi va qilgan sadaqasi yuvgaydir, ya’ni kafforat bo‘lg‘aydir»,- deganlar». Hazrat Umar: «Men bunday fitna to‘g‘risida so‘rayotganim yo‘q, men dengiz to‘lqinlaridek mavjlanib keladirgan eng katta fitnalar to‘g‘risida so‘ramakdamen»,- dedilar. «Unday fitna sizning davringizda chiqmag‘aydir, chunkim uning eshigi, ya’ni, chiqadirgan joyi qulflangandir»,-dedilar Huzayfa (Ul kishi «eshik» deganda Hazrat Umarning o‘zlarini nazarda tutdilar, chunkim Hazrat Umar davlatda fitnaga yo‘l qo‘ymovchi shaxs - xalifa erdilar). «Mazkur eshik fitnaga ochib berilg‘aydirmi yoki sindirilg‘aydirmi?»-deb so‘radilar Hazrat Umar.  Huzayfa:   «Sindirilg‘aydir»,- dedilar.  Hazrat Umar: «Fitnani to‘sib qololmagan eshik sindirmoqqa loyiqdir, chunkim ochilsa, uni qiyomatgacha berkitib bo‘lmas»,- dedilar. Biz Masruqqa: «Huzayfadan so‘rag‘il-chi, Hazrat Umar o‘sha fitna eshigini bilg‘aydirlarmi?»-deb aytdik. «Bilg‘aydirlar! Tundan keyin tong kelmog‘ini aniq bilganlaridyok, buni ham aniq bilg‘aydirlar»,-deb javob berdilar Huzayfa».

Qayd etilgan


Muslimaxon  06 Oktyabr 2006, 20:33:42

4-bob. Ro‘za tutuvchilarning jannatga Rayyon nomli maxsus eshik orqali kirishlari xususida

Sahl raziyalloku anhu rivoyat qiladirlar: «Jannatda Rayyon nomli bir eshik bordir,- deydilar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam,- bul eshikdan ro‘zani kanda qilmay tutganlargina kirg‘aydirlar, xolos. Qiyomat kuni «Ro‘zadorlar qani!» deb nido qiling‘aydir. Shunda, ular o‘rinlaridan turib mazkur eshikdan kirishg‘aydir. So‘ng, eshik yopilg‘aydir. Ulardan boshqa birorta odam bu eshikdan kira olmas».

Qayd etilgan


Muslimaxon  06 Oktyabr 2006, 20:34:17

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Olloh yo‘lida nimaiki bo‘lsa ham, bir juftdan (ikki dinor, ikki dirham, ikki ko‘ylak, ikki do‘ppi) ehson qilsa, jannat eshiklaridan «Ey Ollohning bandasi, bu qilgan ishing xayrlik ishdir!» deb ichkariga da’vat qilyng‘aydir. Kimki namozxonlardan bo‘lsa, namozxonlar kiradirgan eshikdan, kimki jihod qilganlardan bo‘lsa, jihod qilganlar kiradirgan eshikdan, kimki ro‘za tutgan bo‘lsa, Rayyon nomli eshikdan, kimki ehson qilganlardan bo‘lsa, ehson qilganlar kiradirgan eshikdan chaqirilg‘aydir»,- dedilar. Abu Bakr raziyallohu anhu so‘radilar: «Otam-onam fidoyingiz bo‘lsin, yo Rasululloh! Bir eshikdan kiradirgan bo‘lganimdan keyin, hamma eshikdan chaqirilmog‘imning ne hojati bordir? Hamma eshiklardan chaqirilg‘aymi?». Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ha»,- deb javob berdilar, so‘ng: «,Men sizni hamma eshikdan chaqiriladigan bandalardan bo‘lmog‘ingizni istag‘aydirmen!» - dedilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  06 Oktyabr 2006, 20:34:44

5-bob. Ramazonmi yo Ramazon oyimi? «Unday desa ham bo‘ladir, bunday desa ham bo‘ladir»,- degan kishi haqida

Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ramazon ro‘zasini Ramazon oyi kelmasdan burun tutmangiz!» - deb aytganlar.

AbuHurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Ramazon oyi kirsa, jannatning eshiklari ochilg‘aydir»,- deb aytganlar»,-deydilar.

Qayd etilgan


Muslimaxon  06 Oktyabr 2006, 20:35:00

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Ramazon kirsa, osmon eshiklari ochilib, do‘zax eshiklari berkitilg‘aydir hamda shaytonlar kishanlang‘aydir»,- deganlar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  06 Oktyabr 2006, 20:35:23

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Men Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Ramazonda osmonda oyni ko‘rganingizdan keyingina ro‘za tutmoqni boshlangiz, Shavvol oyi kirgach, ro‘za tutmoqni bas qilingiz. Agar oyni bulut to‘sib qo‘ygan bo‘lsa-yu, siz uni ko‘ra olmasangiz, unda Sha’bon oyining o‘ttiz kunini to‘la o‘tkazib, so‘ng ro‘za tutingizlar!» - deganlarini eshitganman»,- deydilar.

Qayd etilgan


Muslimaxon  07 Oktyabr 2006, 13:37:13

6-bob. Kimki Ramazon ro‘zasini iymon-e’tiqod bilan, qanoat va ishonch
bilan, yaxshi niyat qilib tutsa...


Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam yaxshilik qilishda hammadan ham saxiyroq erdilar. Xususan, Ramazon oyida, Jabroil alayhissalom birlan uchrashganlarida, yana ham saxovatlari oshib ketg‘ay erdi, chunki Janob Rasululloh to Ramazon tugaguncha, kechalari Jabroil alayhissalom birlan uchrashib, Qur’onni o‘qib berar va o‘zlarini imtihon qildirar erdilar. Hamisha ul Janob, Jabroil alayhissalom ila uchrashsalar, yaxshilik qilishga bo‘lgan saxovatlari kuchli shamoldan ham tezlashib ketar erdi».

Qayd etilgan


Muslimaxon  07 Oktyabr 2006, 13:38:46

7-bob. Kimki ro‘zada yolg‘onchiligini qo‘ymasa va Olloh qaytargan narsalardan qaytmasa...

Kimki yolg‘on so‘zlamoqni tark etmasa va Olloh qaytargan narsalardan qaytmasa, ro‘za tutib, yemay-ichmay qo‘ygani birlan ro‘zasi qabul bo‘lmag‘aydir. Olloh unga rahmat nazarini tashlamag‘aydir.

Qayd etilgan