Folbinlar va folbinlik haqida  ( 30302 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Foniy  03 Yanvar 2008, 14:52:49

Assalomu alaykum!
Folbinlar kimlar, ular nimalarga asoslanishadi, ularga ishonish mumkin emasligi va h.o.lar haqida yetarli bilimga ega bo'lmagan birodarlarimiz uchun Islom bo'limida ushbu mavzu haqida ham ma'lumotlar kiritilib borilsa inshaolloh yaxshi bo'lardi va umid qilamizki forumdoshlarimiz bu haqda ham aniq hujjatlarga asoslangan ma'lumotlar qoldirishadi.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  03 Yanvar 2008, 15:31:43

                                                 Folbinlarga borish.



Folbinlarga borish va ularning g`aybdan bergan xabarlarini tasdiqlash - kichik kufrdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Folbinga borgan va uning aytgan so`zlarini tasdiqlagan kimsa Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) ga nozil bo`lgan narsaga kofir bo`libdi" ("Sahihu Sunani Abi Dovud").

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  03 Yanvar 2008, 15:35:54

: Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, odamlar Rasulullohdan (s.a.v.) folbinlar haqida so‘rashadi. U janob (s.a.v.):
"Folbinlar haq emaslar", deydilar. Shunda odamlar ayni sizu bizni qiziqtirgan savolni berishadi:
"Yo Rasululloh, ahyon-axyonda ularning gaplari to‘g‘ri chiqadi-ku?". Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bunga javoban: "Jin bir haq gapni eshitib, o‘g‘irlab oladi-da, uni o‘zining "odami" qulog‘iga quyadi. Ular esa, unga yuzdan ortiq yolg‘onni aralashtirib yuborishadi", deganlar (Buxoriy, Muslim rivoyati).
Bu o‘rinda hech qanday ajablanarli, g‘ayrioddiy hodisa yo‘q. Kofir yo osiy jinlar (jinlarning ham insonlar kabi mo‘mini, kofiri, taqvodori va osiyi bo‘ladi) osmonga chiqib, yashirinib, farishtalarning suhbatidan u-bu narsani eshitib oladilar-da, kelib folbinlarning qulog‘iga quyadilar. Ular esa, unga yuzdan ortiq yolg‘onni aralashtirib, go‘l, laqma odamlarni chuv tushirishadi. Folbinlikning butun mohiyati, siri shu, xolos.
Hazrati Ali (r.a.) ular haqida: "Folbin sehrgardir, sehrgar esa, kofirdir", deganlar.
Dinimizda fol ochish xarom ekan, fol ochtirish ham xarom ekani aytilgan.
Paygambarimiz (s.a.v.) deydilarki: "Kim bashoratchi-folbinning huzuriga borib, biror narsa haqida so‘rasa, uning qirq kechalik namozi qabul qilinmaydi" (Muslim, Ahmad rivoyati).
Imom Axmad Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilgan sahih hadisda esa, bunday deyiladi: "Kimda-kim bashoratchi yoki folbinning oldiga borib uning gapini tasdilasa, Muhammadga nozil qilingan narsalarga kofir bo‘libdi".
Bu dunyo imtihon dunyosi, imtihondan yaxshi o‘tishning bir yo‘li esa, hadislardan tushunilganidek, folchilarga ishonmaslik, garchi rost gapirayotgan bo‘lsalar-da, aytganlarini yolg‘onga chiqarishdir.

www.islom.ziyouz.com  dan olindi.

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Yanvar 2008, 16:00:06

Assalomu-alaykum hozirda nafaqat folbinga borish balki turli gazetalarda berib borilayotgan munajjimlarning turfa bashoratlari ham folbinlikning bir ko'rinishidir.Demak bu bashoratlarga ishonch ,va undagi fikrlarga qarshi bo'lmaslik ham folbinlikni tasdiqlashdan bir ko'rinishdir.

Qayd etilgan



Muzayyana  05 Yanvar 2008, 11:50:07

Assalomu alekum!
Folbinlar- kimlar? MAnnimcha ular astag'firulloyu, Alloxni oldiga tushaman digan insonlar. Bu dunyoda Robbimizdan boshqa xech kim kelajakda bizlarni nimalar kutayotganligini bilamiydi. Ular bo'sa allaqanday, bo'lmag'ur narsalarni bashorat qilishadi. Folbinga ishonish uyog'da tursin, unga atigi 1 matragina borish xam gunoxi azim. Agar folbinga ketayotgan odamga folbinni uyini ko'rsatib bergan odam xam gunohga botadi -- diyishgan Payg'ambarimiz Muxammad (s.a.v.). Shunday ekan, Bu dunyoda xamma narsani bilguvchi va ko'rguvchi Sarvari Olamga va uning payg'ambarlariga xamdu sanolar bo'lsin!


Qayd etilgan


gayrat17  11 Yanvar 2008, 16:51:31

uyda bir kitob bor edi, qo'lyozma. Shuni to'grisi sotish uchun Musulmonalr idorasiga olib bordim. Kitobni idora boshlig'i oq'ib chiqdi. Va ayrim joylarini menga tarjima qilib berdi.

Folbinlar, va shunga oxshaganlar xarom deb, ularni  taqiqlabdi. Shunda bir folbin kelib. Mening duolarim orqali ilondan zaharlanganlar tuzalyaptiku. debdi.
Agar odamlarga foydang tegayotgan bo'lsa, mayli ishingni qilaver degan ekan.

HAmma narsani alternativi bo'lishi kerak deb o'ylayman

Qayd etilgan


mutaallimah  13 Yanvar 2008, 02:46:50

uyda bir kitob bor edi, qo'lyozma. Shuni to'grisi sotish uchun Musulmonalr idorasiga olib bordim. Kitobni idora boshlig'i oq'ib chiqdi. Va ayrim joylarini menga tarjima qilib berdi.

Folbinlar, va shunga oxshaganlar xarom deb, ularni  taqiqlabdi. Shunda bir folbin kelib. Mening duolarim orqali ilondan zaharlanganlar tuzalyaptiku. debdi.
Agar odamlarga foydang tegayotgan bo'lsa, mayli ishingni qilaver degan ekan.

HAmma narsani alternativi bo'lishi kerak deb o'ylayman

Assalomu alaykum.
Folbinning vahiysi SHAYTON.
Ustoz Abdulvaliy qori.
Ho'sh kim bu gaplarga qarshilik qila oladi? Yoki Allohdan emas shayton elchilaridan shifo so'raladimi?!?!

Qayd etilgan


Shukurulloh  13 Yanvar 2008, 12:31:18

Assalomu alaykum forumdoshlar folbinlikni qoralayman. Olloh o'zi insof bersin ularga.Qalblarini to'g'ri yo'lga boshlasin.

Qayd etilgan