Ixlos va Riyo  ( 8118 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Salmoni Forsiy  04 Yanvar 2008, 23:29:08

Hukamolarning ba’zilaridan: "œMuxlis, ya’ni ixlosli kishi kim?" deb so‘raldi. Aytishdi: "œYomonliklarini bekitgandek yaxshiliklarini ham bekitgan kishilar muxlislar".

Yana ba’zilaridan: "œIxlosning ma’nosi nima?" deb so‘ralganda: "œAlbatta, odamlar seni maqtashlarini sevmasligingdir", deb javob berishdi.

Zunnun Misriyga aytildi: "œAlloh taolo bir kishini tanlaganligi qachon bilinadi?". Aytdi: "œTo‘rt narsada bilinadi: qachonki rohatni tark qilsa, oz bo‘lsa ham, bor narsadan bersa, qadr-qimmati tushib ketishini xohlasa va maqtov ham, yomonlash ham uning nazdida bir xil bo‘lsa".

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  04 Yanvar 2008, 23:29:29

Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan Adiy ibn Hotam Toiy bunday rivoyat qiladi:
"œQiyomat kuni bir toifa odamlarga jannatga borishlik buyuriladi. Ular jannatga yaqinlashib, hidini hidlab, jannatdagi qasrlarni va Alloh taolo jannat ahliga tayyorlab qo‘ygan narsalarni ko‘rganlaridan so‘ng: "œUlarni olib ketinglar, jannatda nasiba yo‘qdir!" deb nido qilinadi. Ular shunday hasrat-nadomat bilan qaytadilarki, ulardan oldin ham, keyin ham hech kim bunchalik hasrat-nadomat qilmagandir. Ular aytadilar: "œYo Alloh, do‘stlaringga tayyorlab qo‘ygan ne’matlaringni ko‘rsatmay turib, bizlarni do‘zaxga kirgizganingda bunchalik hasrat-nadomat qilmasdik". Shunda Alloh taolo: "œMen shunday qilmoqliknni xohladim, chunki sizlar katta-katta gunohlar bilan insonlardan yashirincha Menga qarshi chiqdingiz, insonlar ko‘zida esa pokiza, viqorli ko‘rinar edingiz, qalblaringizda yo‘q narsani riyo qilar edingiz. Odamlardan qo‘rqar edingiz mendan qo‘rqmas edingiz insonlarnni ulug‘lar edingiz. Meni ulug‘lamasdingiz. Insonlar uchun ba’zi narsalardan qaytar edingiz. Men uchun qaytmasdingiz. Endi bugun savobimdan ayirganim barobarida qattiq azobga mahkum etgayman", deydi.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  04 Yanvar 2008, 23:30:15

Ibn Abbos Payg‘ambar sallallolhu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: "œAlloh taolo Adn jannatini yaratgan vaqtda ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va insoniyatning ko‘ngliga kelmagan narsalarni yaratdi. So‘ng Alloh taolo unga, gapir dedi. "œAlbatta, mo‘minlar najot topdi", dedi uch bor. So‘ng "œMen baxilga, munofiqqa, riyokorga haromman", dedi jannat".

Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilinadi: «Riyokornning alomatlari to‘rttadir: o‘zi qolgan vaqtda yalqovlik, insonlar bilan birga bo‘lsa tirishqoqlik qiladi. Uni maqtashsa, amalni ko‘paytiradi; yomonlashgan vaqtda noqis qiladi».

Zohid Shaqiq ibn Ibrohimdan rivoyat qilinadi: "œAmalning qo‘rg‘oni uch narsadir:
1. Amaldagi tavfiqni Alloh taolodan deb bilmoq — u bilan manmanlik sinishi uchun.
2. Amalni Allohning roziligi bilan boshlamoq ­ u bilan havoyi nafsi sinishi uchun.
3. Amalning savobini Alloh taolodan umid qilish — unda tama’, riyo bo‘lmasligi uchun. Bu narsalar bilan amallar xolis bo‘ladi".

Amaldagi tavfiqni Alloh taolodan deb bilish,  degan so‘zda, albatta Alloh bu amalni unga muvaffaq qilgani bilinadi. Agar Alloh muvaffaq qilganini bilsa, u shukr qilganda, unda manmanlik, kibr bo‘lmaydi. Amalni Allohning roziligi bilan boshlash o‘sha amalga qarash, agar amal Alloh uchun bo‘lsa, shu amalni qilish tushuniladi. Agar unda Allohning roziligi yo‘qligini bilsa, havoi nafsi bilan amal qilmaydi. Chunki Alloh taolo aytadiki:

"œAlbatta nafs, agar Parvardigorimning o‘zi rahm qilmasa, barcha yomonliklarga buyurguvchilar" (Yusuf, 53). Ya’ni, nafs yomonlikka va shahvoniyatga buyuradi... Amalning savobini Alloh taolodan umid qilish, deganda, insonlarning gaplariga parvo qilmasdan, amalni Alloh taolo uchun xolis qilish tushuniladi.

Ba’zi hukamolardan rivoyat qilinadi: "œAmal qilguvchi amalida qo‘y boquvchidan o‘rnak olishligi lozim bo‘ladi. Albatta, qo‘y boquvchi agar namoz o‘qisa, qo‘ylardan namoziga maqtov olishni o‘ylamaydi. Shuningdek, amal qilguvchi insonlar unga qarashlarini ko‘ngliga keltirmasligi lozim. Alloh taolo uchun insonlar oldida va yolg‘iz qolganda ham bir xil tarzda amal qiladi. Insonlarning maqtovini talab etmaydi".

Hukamolardan ba’zisi aytadi: "œAmal durust bo‘lishi uchun to‘rt narsa kerak bo‘ladi. Avvalo, amalni boshlashdan oldin ilm lozim. Chunki amal faqat ilm bilan yaxshi bo‘ladi. Agar amal ilmsiz bo‘lsa, amalni yaxshi qiladigan narsadan buzadigan narsa ko‘proq bo‘ladi. Keyin amalning boshida niyat lozim. Chunki amal niyat bilan solih bo‘ladi.
   

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  04 Yanvar 2008, 23:32:26

TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy  kitobidan foydalanildi.

Qayd etilgan