Ko`zimga mil tortar, savob-gunohim,
Har gul titrog`ida qaltirar ohim,
Ey ishq deb topngan buyuk panoxim,
Sendan tilaganim armonlarmidi???
Mahzun ko`zlarimga to`kilgan dunyo,
Kuylagi dardlardan tikilgan dunyo,
Bag`riga stamlar ekilgan dunyo,
Sendan tilaganim yolg`onlarmidi???
Itlar galasidan talanib o`tib,
Ming bor qonlar yutib, zardoblar yutib,
Pajmurda yuragim hovuchlab tutib,
Yaxshi deb topganim yomonlarmidi???
Men yig`lay yoshlarim toshlarga tomsin,
Jon tig`lay ohimdan yo`llaring yonsin,
Men tondim bas, dunyo mendan ham tonsin,
Ayt, sendanm topganim hijronlarmidi/??