Sizga ravo ko'rgan sahifalarim...  ( 86989 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 B


ibnUyayna  03 Iyul 2010, 00:38:40


     www.forsanelhaq.com
Juda muhim va qiziqarli islomiy hujjatli filmlar topish mumkin.

Qayd etilgan


ibnUyayna  03 Iyul 2010, 00:45:50

http://www.alheweny.org/english/#
 Shayx Abu Isxoq Huvayniy saytlari

Qayd etilgan


UzMuslim  17 Avgust 2010, 22:05:33


Qayd etilgan


Robiya  19 Avgust 2010, 13:26:27

 :as:

http://ota-ona.zn.uz/ - Ota-onalar uchun Foydali tavsiyalar sayti

Qayd etilgan


UzMuslim  21 Avgust 2010, 18:28:36

Ko'p yeyish zararlari

1.Ko’p yeyish kishini toshbag’ir qilib qo’yadi, qalbning nurini so’ndiradi. Inson vujudida, qalbning ostidagi oshqozon qaynab turgan qozonga o’xshaydi. Uning bug’I qalbga ko’tariladi. Ko’p yeyish shu bug’ni ko’paytiradi va qalbning qorayishiga, kirlanishiga sabab bo’ladi.
2.Ortiqcha yeyish tana a’zolarining ortiqcha ishlashiga va oqibatda faoliyatining buzilishiga sabab bo’ladi.
3.Ko’p yeydigan kishining bilim va tushunchasi oz bo’ladi.
4.Ko’p eydigan kishining ibodati ozayadi. Chunki badani og’irlashadi, uyqu bosadi, sezgi a’zolari bo’shashib, ibodat qila olmay uxlab qoladi.
5.Ko’p yeyish ibodatdan zavq olishga mone’lik qiladi. Hazrati Abu Bakr (r.a.) shunday deydilar: "Allohga bo’lgan ishtiyoqdan ayrilmaslik uchun musulmon bo’lganimdan keyin to’yib ovqat yemadim, qonib suv ichmadim".
6.Ko’p yeyishga odatlanishda haromga kirib qolish tahlikasi bor.
7.Ko’p yeydigan kishilarda o’lim qiyin kechadi.

Ochlik va to’qlik

Oz yemoq odamiylik ishi. Ko’p yemoqlik uning asl tabiatiga yot. "Sihat tilasang, ko’p yema", "Asalning ham ozi shirin" degan maqollar bejizga aytilmagan. Mana kam yeyish foydalari va ko’p yeyish zararlaridan ayrimlari:

-kam yeganda, yurak tiniq ishlaydi, ko’p yeyish esa, uni qisib qo’yadi, shuningdek, miya faoliyatiga ham salbiy ta’sir korsatadi;
-och qoringa qilingan ibodatning mazasi "xush yoqadi";
-kam yegan odam xotirjam yuradi, ilm va ibodatiga xalal yetmaydi;
-to’q odamning miyasi kamroq, oshqozoni ko’proq ishlaydi, o’ylaganda ham qorni bilan o’ylaydi;
-to’q ochlarni unutadi;
-kam yeyish bilan tana sog’lom bo’ladi;
-kam yeganning sarfi kam.
Tarixdan bir misol. Madinada tabib yo’qligini eshitib, Shomdan bir kishi tabiblik qilgani keldi. Ancha vaqt tursa ham, hech kim sog’lig’idan shikoyat qilmaydi. Qarasa, yurtda kasal yoq. Hayron bo’lib, sahobalarning bittasidan bu holning sirini so’raydi. Sahobiy: "Kam yeymiz, kam uxlaymiz", deb javob beradi. Tabib: "Agar shunday bo’lsa, bu yerga kasallik kirmaydi", deb yurtiga qaytib ketadi. Albatta, bu o’rinda Payg’ambarimizning (s.a.v.) Madina ahliga salomatlik tilab duo qilganlarini ham unutmaslik kerak.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  21 Avgust 2010, 19:02:28

http://fmc.uz/word.php

O'zbekcha-ruscha hamda ruscha-o'zbekcha onlayn lug'at.

Yaxshi ishlar ekan lekin...

Qayd etilgan


Zamiraxon  23 Avgust 2010, 22:26:07


Qayd etilgan


UzMuslim  26 Avgust 2010, 20:23:44

Odamzotning asl dushmani — shaytoni lain bo’lib, u odamlarni yo’ldan ozdirishga qasam ichin ahd qilgandir. Shuning uchun o’z maqsadiga yetish yo’lida hech yo’ldan qaytmaydi. Odamlarning ba’zilarini molu-dunyo va boylik bilan, ba’zilarini tashqi ko’rinish va qudrat bilan va ba’zilarni esa hatto "œdindorlik" tamg’asi orqali yo’ldan uradi.

Ha, taajub qilmang, ba’zi odamlarni "œdindornamolik" yo’li bilan yo’ldan uradi. Hozirda ko’payib ketgan yosh va "œbilag’on" yosh namozxonlaro’zlarining o’qiydigan namozlarini pesh qilib boshqalarni esa (hatto o’z ota-onalarini) mensimay qo’ygan ayrim "œdindorlar" shular jumlasidandir. Shayton har kimning dunyoqarashiga moslashgan holda yo’ldan uradi, aks holda ko’pchilik uning domiga ilinmagan bo’lar edilar. Ammo hamma gap shundaki, biz nima qilsak uning domidan omonda qolamiz? Savolning javobi esa- bu shaytonni yaxshi tanib olishdir. Uning makr — hiylalari, uslubl;arini yaxshi bilib olishimiz kerak..

Qayd etilgan



UzMuslim  25 Sentyabr 2010, 20:47:34


Qayd etilgan