Qo‘shiqchilar haqida to‘lib-toshib yozamiz. Ularning kuylaganini san’at, deymiz. Aktyorlarning yaratgan qahramonini tomosha qilib, qarsaklar chalamiz. Ularning rol o‘ynaganini san’at, deymiz. Rassomlarning chizgan suratiga boqib, с›ayratlanamiz. San’at, deya ko‘klarga ko‘taramiz. Lekin с›ar kuni dasturxonimizga ziynat bag’ishlab turgan, rizqimiz - nonni ko‘rib, uni iste’mol qilsak-da, с›aqiqiy san’at asari aslida shu ekanligi yodimizga tushavermaydi. Bir e’tibor bering-a, Samarqand nonlari dong’ii yetti iqlimga ketib, yog’li Qo‘qon patirlarining isi Chin-Mochingacha yetgan.