Assalomu alaykum!
Internet - ulkan ma'lumotlar, axborotlar ummoni. Undan istalgancha ezgu maqsadlarda foydalansa bo'ladi.
Bu mavzuni ochishdan maqsad mana shu ummonning qa'rida yotgan duru-marvaridlardan bir-birimizni baharamand qilishdir. Bu ummon qa'rida hali necha-necha ochilmagan duru javohirlar mavjud. Ba'zida biror ma'lumotni qidirish bahonasida judayam qiziqarli, boshqa do'stlaringizga ham ilinadigan sahifalar chiqib qoladi. U saytlar mashhur bo'lmasligi mumkin, hech kim bilmasligi mumkin, lekin u yerdagi ma'lumot ko'pchilikni hayratga solishi, ko'pchilikka asqotishi mumkin.
Bu mavzuda ana shunday siz boshqa birodaringizga ravo ko'rgan web-sahifalardan berib boramiz.
Mavzu shartlari:
1. Faqatgina 1 ta web-sahifa keltiring. Sayt nomidan ko'ra o'sha sizga yoqqan sahifa manzilini ko'rsatgan ma'qul.
2. Siz bizga ilingan web-sahifada maqola, she'r, programma, rasm yoxud boshqa manba bo'lishi mumkin.
3. Siz tavsiya etayotgan sahifaga hammaga mashhur saytlarni yozmang. Ularni ko'pchilik yaxshi biladi. Undan ko'ra ko'pchilik bilmaydigan saytlardagi antiqa sahifalarni tavsiya etishga urining.
4. Web -sahifa manzilini yozganingizdan so'ng, shu sahifaga biroz ta'rif berib o'ting.