Toshkentliklar yo'qmi?  ( 201536 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 39 B


Ansora  25 Sentyabr 2009, 18:49:45

V.Alaykum Assalom. Hush kelibsiz. Men Toshkentlik emasman, lekin umrimning 11 yili Toshkenti Azim'da o'tgan:)

Qayd etilgan


Hadija  25 Sentyabr 2009, 18:51:29

Hush ko'rdik... A'zo bo'lganingiz bilan Tabriklaymiz...

Qayd etilgan


ikbaljohn  29 Sentyabr 2009, 02:53:40

Chilonzorga salom,24 va 11 kvartallarga :(

Qayd etilgan


Munavvara  03 Oktyabr 2009, 13:25:41

Chilonzorga salom,


Va alaykum assalam :)

Qayd etilgan


Ziyovuddin  03 Oktyabr 2009, 13:45:24

Toshkentga "jon" kirib qoptimi! :) Yozip turilade shunaqa, okmi?! ;)

Qayd etilgan


Ansora  03 Oktyabr 2009, 13:58:22

Toshkentga o'qishga kirish uchun Nizomiyga yaqin mahallada 1 oy dugonalarim bilan ijarada turgandik. Shu bilan mening Toshkent Mojarom boshlandi...
Rosa qiziq xotiralar qolgan. Hovli ancha katta, qaynona, o'qli kelini va bir nabiralari bor edi. Biz ham 2 alohida xonada 8 bazan esa 10 qiz qolganmiz 1 oy bo'yicha. Bazan kechki ovqatdan keyin uzundan uzun duo qilardik, nimagadir (sergapligimdan bo'lsa kerak) doim sen duo qil, deyishardi:)
Yana bir kun duo qilar ekanman, hovlini egasi holajon o'tib qoldilar, ertasi kuni o'rtog'larimga: shu qiz duolari bilan inshalloh o'qishga kirib ketadi, degan ekanlar.
Nasib, kirdik ham, bitirdik ham...

Bir ashula bor edi-ku, Toshkentni donini yegan chumchuq qaytib kelar Makkadan, hech bilib bo'lmaydi, balki ho'jayinimni Toshkentga ishga jo'natishar:)

Qayd etilgan


Ansora  03 Oktyabr 2009, 14:02:09

Toshkentdan uyga borganimda, ayamga voydooo-d deb yopishib yig'laganman. Nima qilay shu kungacha hech ajramagandim onamdan. Dadam 1-2 marta bizni ziyoratga kelgan edilar, qalay tayyorgarliklar yaxshi ketyabdimi, deb. Lekin ayam kelmagandilar. Ayam bo'lsai meni yupatib, voy bolam shunchalik ekan, kelmaysanmi orada, deb ovutgandilar:) Uyimizni ham hech bunchalik uzoq vaqt ko'rmagandim, 1 oy ichida hamma narsa o'zgarganday. Uyga kiraverishda shu sentyabrga qarab ochiladigan siyohrang mayda-mayda gul bo'lardi, haligacha ko'z oldimda...Uyalmasam, o'tirib gulni ham o'pib yig'lardim...

Qayd etilgan


Ansora  03 Oktyabr 2009, 14:05:54

Tohskentda yana ijarada ekanmiz, qizlar bilan uydan Nizomiyga yurib kelardik. Yo'qolib qolmaylik, deb doimo 3-4 kishi birga yurardik:) Keyin Nizomiy (Glinka ko'chasi, haliyam o'zgarmagan bo'lsa Bobur parki bor)dan pastga qarab yurardik, gul bozori bor edi, shuning yonida muzqaymoq sotadigan yer bor edi, orada muzqaymoq yerdik:)

Ko'chalarda yurar ekanman, o'zimcha o'ylab ichim-ichimga sig'masdi, "voy zamir, sen o'qishga kiryabsan-a", Toshkentdasan qara:)
Keyinchalik o'qishga kirgandan keyin ham tosh ko'chlardan qadam tashlar ekanman, qara o'qishga ham kirding, derdim. Ro'yoday o'tdi- ketdi talabalik yillarim Toshkentda...

Qayd etilgan


Ansora  03 Oktyabr 2009, 14:13:22

Toshkentni ancha muncha Toshkentlikdan yaxshi bilaman, desam maqtanchoqlik bo'lmas, insholloh. Chunki "Demir" Turk- O'zbek firmasida ishlar ekanman, 2 yilga yaqin firmaga olinishi kerak bo'lgan mollar bilan bog'liq narh surishtirardim marketlarga, minimarketlarga, bozorlarga borib. Undan oldin esa "Barakat Com'da "Colgate-Palmoliv" mahsulotlarini magazinlarga tarqatish, reklama berishda ishlaganman. Ayni paytda o'qiganim uchun, firma mashinasi bilan vaqtimiz  to'g'ri kelmagani uchun, o'zim yurishga majbur edim. Bir marta noto'g'ri avtobusga o'tirib, qishloqqa o'hsagan joyda borib qolgandim. Ramazon edi, iftor soati kelyabdi. Qo'rqdim, kech bo'ldi, deb. Lekin hech narsa bo'lmaganday, ohirgi bekatdagi kichkinagina do'kondan pechenye bilan suv olib, kelgan avtobusim bilan orqaga qatgandim:) Ziyovuddin, yetarlimi:)

Qayd etilgan


Ziyovuddin  03 Oktyabr 2009, 14:22:48

Hozircha YETMIDI!!! :)
Toshkent bilan bog'liq xotiralariz ko'pga o'xshidi. Qoganlariniyam kutib qolamiz.
p/s: Pishirvotgan narsez tegiga omayapgan bo'sa bo'ldi :D

Qayd etilgan